Odam va maymunlar gavda tuzilishidagi farqlar va o’xshashliklari
Odam tos suyagini maymunlarning tos suyagi bilan solishtirish.
Odam tos suyagi maymunlarning tos suyagidan katta o’yiqli yonbosh suyagi borligi bilan farq qiladi. Tik yurishga o’tish bilan bog’liq ravishda odamning eng yaqin ajdodlarida tos suyagi juda kengaygan. Yonbosh suyagining qirrasi qisman qorin, tos va oyoq muskullarining kuchli o’sib ketishi munosabati bilan faqatgina odamda shakllangan. Bo’g’im chuqurchalari odamda bir - biridan ancha uzoqroq joylashgan.
Odamda quymich suyagining do’mbog’i kuchli rivojlangan. Quyimichning kichkina o’sig’i deyarli rivojlanmagan. Orangutan bo’g’im chuqurchasi quymichi- ning uncha katta bo’lmasligi, unda son suyagi doira payining yo’qligi bilan bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |