Odam tanasining rivojlanishi - ontogenezi Yosh antropologiyasi odamning shaxsiy taraqqiyoti evolyutsiyasini ya’ni tuxum hujayraning urug’lanishidan tortib to tabiiy o’limigacha bo’lgan davr maboynidagi anatomik tuzilishi, fiziologik funksiyalarini o’rganadi.
Organizmning o’sishi va rivojlanishi
Odamning o’sishini tadqiq qilish ikki turda olib boriladi. Bo’yiga va eniga o’sishni bilish uchun bir necha yil mobaynida odam bo’yi o’lchanadi. Eniga o’sishda qisqa vaqt ichida har xil yoshdagi odamlar tadqiq qilinadi. Eniga o’sish, o’sish dinamikasini ochib beraolmaydi. Bo’yiga o’sishni tekshirish orqali morfologik, funksional ko’rsatkichlarining o’zaro aloqasini va o’sishga ta’sir etuvchi endogen va ekzogen omillar aniqlanadi. Organizmning o’sishi va rivojlanishi tubandagi qonuniyatlar bilan tavsiflanadi.
Fileo - ontogenezda odam tanasining turli qismlarining funksiyalarini tabaqalanishi va rivojlanishi avtominatsiyalanishi.
Rivojlanish uzluksiz va uzlukli, asta sekinlik va davriylikning dialektik birligi. Odam tanasi asta - sekin tug’ilgandan keyin o’sadi keyinchalik sakrash (tez o’sish faqat odamga emas balki antropoidlar, xususan shimpanzelarga ham hos) bilan amalga oshadi. Odamning o’sish tezligida
tug’ilgandan keyin 10 - 13 yoshgacha o’sish tezligi doimiy kamaya boradi
sakrash davri v) sakrash davriga qaraganda o’sish tezligi kamayishi va to’xtashi
Geteroxroniya - organizmning har xil organlar sistemasini va to’qimalarini yoki bir sistemadagi belgilarni har xil yetilishi. Anoxin konseptsiyasiga binoan organizm uchun rivojlanishning turli bosqichlari nihoyatda zarur funksiyalarni, organizmning muxit bilan aloqasini ta’minlagan taqdirda tez rivojlanadi va yetiladi.
Odamdagi rivojlanish bo’yicha tafovutlar ma’lum darajada uning irsiyat dasturi bilan belgilanadi.
Ontogenez davrlari
Ontogenez davrlarini farqlash nihoyatda mushkul. Bunda faqat morfologik, fiziologik, bioximik belgilargina emas, balki kompleks yondashuv talab etiladi. Bundan tashqari ontogenezni davrlarga ajratishda biologik omillar emas, balki ijtimoiy omillarni hisobga olish muximdir. Chunki bolalarni o’qitish yoki qari odamlarni parvarishlashni e’tiborga olinishi lozim. Odam ontogenezini davrlarga ajratish 1965 - yili V.V. Dunes tomonidan amalga oshirilgan. U odam ontogenezini uch stadiya progressiv, stabil va regressivlarga ajratadi. Ularni farqlash uchun tubandagi ko’rsatkichlar tavsiya qilinadi.
Progressiv stadiyada tanani eniga o’sishini, uni to’xtashi esa stadiya tomomlanganligini bildiradi.
Stabil stadiya uchun yog’ qavati ortishi, vazn ortishi, funksiya ko’rsatkichlari turg’inlashuvi hosdir.
Regressiv stadiya uchun vazn kamayishi, funksiyasi ko’rsatkichlarini kamayishi, qoplag’ich to’qimani o’zgarishi harakatlanishi sekinlashuvi hosdir.
Ontogenezning bosqichlarini sxemasi
Stadiya
|
Davr
|
Yosh
|
Jins
|
Erkak
|
Ayol
|
Qorin ichidagi tsikl
|
Embrion yetilishi Homilalik
|
Ertangi
O’rta
Kechki
|
0-8 hafta 8-16 hafta 4 - 6 oy
- 8 oy
- 10 oy
|
|
Qorindan tashqaridagi tsikl
|
|
CHaqaloqlik
|
Boshlang’ich
|
1-6 oy
|
|
Go’daklik
|
O’rta
|
7 -9 oy
|
|
|
|
Oxirgi
|
10 -12 oy
|
|
|
Birinchi bolalik
|
Boshlanish
|
1 -4 yosh
|
|
|
|
Oxiri
|
5 -7 yosh
|
|
|
Ikkinchi bolalik
|
Boshlanish
|
8-10yosh
|
8-9yosh
|
|
|
Etilish
|
11-13yosh 1012yosh
|
|
O’smirlik
|
|
14- 17
|
18 -21
|
|
O’spirinlik
|
|
12- 16
|
17 -20
|
Stabil
|
Katta
|
Birinchi
|
22-28
|
21-26
|
|
|
Ikkinchi
|
29-35
|
27-32
|
|
Etuk yosh
|
Birinchi
|
36-45
|
33-40
|
|
|
Ikkinchi
|
46-56
|
41-50
|
|
Keksa yosh
|
Birinchi
|
56-63
|
51-57
|
|
|
Ikkinchi
|
64-70
|
55-63
|
|
Kari
|
Birinchi
|
71-77
|
64-70
|
|
Kechki
|
Ikkinchi
|
78-83
|
70-77
|
|
|
|
84
|
78
|
Odam ontogenezini yosh bo’yicha davr sxemasi.
Yangi tug’ilgan
|
1 - 10 kun
|
Ko’krak yoshi
|
10 kundan - 1 yilgacha
|
Ertangi bolalik
|
1 - 3 yosh
|
Birlamchi bolalik
|
4 -7 yosh
|
Iikilamchi bolalik
|
8- 12 o’g’il bolalar 8 -11 qizlar
|
O’smirlik yosh
|
13- 16 o’g’il bolalar 12 -15 qizlar
|
O’spirinlik yosh
|
17 -21 o’g’il bolalar 16 -20 qizlar
|
Balog’at yosh
|
22 -35 erkaklar
|
Birinchi davr
|
21 -35 ayollar
|
Ikkinchi davr
|
36 -60 erkaklar 36- 55ayollar
|
Keksalik davri
|
61- 74 erkaklar 56- 74ayollar
|
Qarilik davri
|
75 - 90 erkaklar Ayollar
|
Uzoq umr ko’rganlar
|
90 yosh va undan ortig’i
|
Biologik yosh
Odam turli yoshidagi morfologik xususiyatlarini tasvirlanganda odamdagi o’rtacha ko’rsatkichlar diqqat markazda bo’ladi. Lekin har bir odamning o’sishi va rivojlanishi bir biridan keng ko’lamda farqlanishi mumkin. Odamlar orasidagi bunday tafovut ayniqsa jinsiy yetilish davridagi odam marfologik va funksional jihatdan qayta qurilish jarayoni kuchli bo’ladi. Shu sababli biologik yosh degan tushunchalar fanga kiritilgan. Biologik yosh juda katta ahamiyat kasb etadi. Chunki ko’pincha bolalarni guruxlash va ularning kalendar yoshiga qarab emas balki ularni yetilish darajasiga binoan amalga oshiriladi. Biologik yoshni mezoni bo’lib 1) balog’atga yetganlik ikkinchi darajali jinsiy begilar 2) suyaklanish bo’yicha balog’atga yetish (skeletni suyaklanish tartibi va muddati bo’yicha) 3)tish bo’yicha balog’atga yetish sut va doimiy tishlarning rivojlanish vaqti bilan belgilanadi. Biologik yoshni baholash standart (shu yoshga hos tavsiflar) bo’yicha aniqlanadi.
Akseleratsiya tufayli har bir bosqichda sifat standarti o’zgartirib turiladi. Tovushni o’zgarishi, sut bezlarining kattalashishi, klinik oyi, qo’ltiq osti va jinsiy organlarda tuklarni rivojlanishi. Shu belgilar bo’yicha o’g’il bolalar va qiz bolalar orasida juda katta tafovut bo’ladi.
Skelet yosh
Biologik yosh mezonlari ichida sklet yoshi universal hisoblanadi. U chaqaloqlik davridan boshlab to qarilik davrigacha aniqlanadi. Skelet yoshi skeletning har qanday bo’lagi orqali aniqlash mumkin. Lekin amaliyotda ko’pincha qo’l panjasiga qarab bilishadi. Chunki unda suyaklar soni nihoyatda ko’p bo’lib 27 taga bo’ladi. U kaft usti va kaft suyaklaridan tashkil topadi. Tabiydirki bu mezondagi axborat ham nisbiy sanaladi. Chunki u tananing boshqa skeletiga nisbatin ozchilikni tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda suyaklanish bu yerda juda yuqori bo’lib axborat yo’qolmaganligini ko’rsatadi. Bundagi asosiy usul standart rentgenogramma atlasiga qarab har bir suyakni suyaklanish vaqti, izchilligi va darajasini har xil yoshda aniqlashga qaratilgan. Olingan ma’lumotlarni guvohlik berishicha barmoq suyaklanishi jinsiy yetilish bilan bog’liq. Erkaklar jinsiy yetilganda barmoq suyaklarini “pishib” yetilishi erta, jinsiy yetilish kech bo’lsa suyaklami “pishib” yetilishi kech bo’ladi.
Tishni voyaga yetishi
Tish yetilishi tish chiqishini sanash va mavjud standart bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi. Sut tishlari bolada 6 oyligidan 2 yoshgacha bo’lgan muddatda, doimiy tishlar esa 6 yoshdan 13 yoshgacha bo’lgan vaqtda chiqadi. Tishlar chiqishi tabiiy ravshda bolani umumiy taraqqiyotiga bog’liq. Tishlarni chiqishi bolani jismoniy rivojlanishi jinsiy yetilishi va skelet rivojlanishi bilan aloqador. Keyingi vaqtda tish yetilishi pastki jag’dagi rentgenogramma qilinayotgan tishni suyaklanishini aniqlash orqali uni kalassifikatsiyalanishi tish yetilishini bildiradi degan fikr bor. Fiziologik va bioximiyaviy mezonlar ontogenegik o’zgarishlar asosini yoshga qarab metabolizimni o’zgarishi va uni neyroendokrin sistema orqali boshqarishini tashkil etadi. Yosh bilan bog’liq moddalar almashinuvi pasayishi 18 - 20 yoshgacha bo’lib u metabolizm qatnashadigan (yurak, jigar, miya) hajmini nisbatan pasayishi, aksincha skelet muskul apparatini ortishi bilan tushuntiriladi.
Biologik yoshni aniqlashning fiziologik mezonlariga uglevod, lipid va ba’zi bir ferment almashinish ko’rsatgichlari kiradi. Biologik yosh to’g’risidagi axborot uchun ko’p gormonlar ularning o’zaro nisbati yotadi. Bioligik yoshni bilish yurak qon tomir, nafas olish sistemasini yoshga qarab o’zgarishi EKG, arterial bosim, yurak urishi tezligi, arterial ossillografiya, o’pkani tiriklik sig’imi, qon, siydik ko’rsatgichlari xususan eritrotsitlar soni, gemoglobin, qondagi albumin, glo- bulinlarni bilish muxim hisoblanadi.
Ruxiy rivojlanish
Odamning ruxiy (tuyg’uni ifodalashi, aqliy rivojlanishi) va jismoniy rivojlanish odamning yosh biologiyasi va antropologiyada, pedagogikada muxim ahamiyat kasb etadi. U ayniqsa akseleratsiya bilan dolzarb sanaladi. Ruxiy rivojlanish mezonlariga iqlim uning tuzilishi va muxim bioximik parametrlarni o’rganishga asoslanadi. Miya va nerv sistemasini rivojlanishi bir butun holat bo’lib sistemali yo’nalishga ega va ontogenizning ilk davridan boshlanadi. Odam miyasini harakterli tomoni boshqa tana organlariga nisbatan tez o’sishidir. Yangi tug’ilgan o’g’il va qiz bolalarda miya og’irligi 353 va 347gr, 6 oyda esa u ikki xissa ortadi 600 va 534gr, 3 yoshda esa 1076 va 1012grammga teng bo’ladi.
Miyaning balog’atga yetishi yoki kattalarnikiga o’xshash bo’lishi 7-8 yoshga yetganda amalga oshadi. Miyaning balog’atga yetish mezonlari bo’lib neyronlar, ularning o’lchami, qalinligi, joylanishi, aksonlar uzunligi
mielinizatsiyalanish darajasi, DNK miqdori, qariganligi, gipofunksiyasi, perikarion neyronlar, dendritlar atrofiyasi, dendrit o’siqlarini yo’qolishi va boshqalar hisoblanadi.
Odamning aqliy faoliyatini miyaning vazniga qarab o’lchash noto’g’ri.
Markaziy nerv sistemasi bilan endokrin sistemasi orasida rivojlanish bo’yicha bog’lanish borligini ko’rsatuvchi aniq ma’lumotlar juda oz. Yoshga qarab odam temperamenti, energetitk darajasining tezligi, turg’unligi, harakatchanligi o’zgaradi. Biologik yoshda odamning aqliy rivoshlanishi juda oz miqdorda o’zgaradi.
Organizmning qarishi
Qarilik - bu tana organlari va organlar sistemalarini yosh ulg’ayishi bilan aloqador ravishda biologik jarayonlar imkoniyatlarini kamayishidir. Qarishni aniq chegarasi yo’q. Unig davomiylik vaqti organizm o’sish va differentsiyasiga bog’liq. Har - holda qarishning dastlabki davri 30 yoshdan boshlanadi. Adabiyot- larda fiziologik va patalogik qarish muhokamalarga sababchi bo’lgan. Seneka qarish bu tuzalmaydigan kasallik degan bo’lsa, Galen qarilik bu kasallik emas, balki uning sog’lik bilan kasallik orasidagi alohida holati deb ta’riflaydi.
Gerantologiyaga asos solgan I. I. Mechnikov qarilik bu patologik jarayondir deb ta’riflagan. Hozirda ko’pchilik olimlarning fikricha qarilik bu kasallik emas ba’zi xolatlarda u kasallik zaminida rivojlanadi degan fikirni quvvatlaydilar. I.V.Davidovskiy oldindan qarish bo’lmaydi. Har bir organizm o’zining hayot sikliga ega deydi. Qarilik molekulalardan boshlanib organizmning o’z - o’zini boshqarish tezligini qamrab oladi. Uning tashqi ko’rinishi, vazni kamayishi, bo’yni pasayishi har 5 yilda 0.5 - 1sm (60 yoshdan keyin) tanani shakli va tarkibi, engayib yurish, yuzni kichiklashishi, tishlaming to’kilib ketishi, bosh miya qutisi qattiqligi, burnn va og’izni kengayishi, lablami kattalashishi bilan amalga oshadi.
Markaziy nerv sistemasining yoshga qarab o’zgarishi (og’irligi, x
hajmi, neyron qalinligini kamayishi) funktsional parametrlari ham o’zgaradi. Nerv hujayralarining ishchanlik qobiliyati va bioelektrik faolligi ham pasayadi) ko’z o’tkirligi, quloq funksiyasi, ba’zan terining sezish qobiliyati ham susayadi. Umuman olgandi odam o’rtasida shaxsiy farq bo’lsada moddalar almashinuvi 100 yoshda 30 yoshdagilarining moddalar almashinuvining 50% iga to’g’ri keladi. Oqsil biosintezi ham kamayib, turli to’qimalarda, qonda yog’ ortadi. Hujayra va molekula darajasida ham o’zgarish kuzatiladi. Xususan hujayralarning funksional faolligi, genlar faolligi kamayadi, xromosomalar abberatsiyasi bilan bog’liq mutasiyalarning tarqalishi ortadi.
Turning hayot davomiyligi
Primatlarda hayotning davomiyligi qarilik bilan uzviy bog’liq. Chunki makaka maymunlarning suyak - muskul sistemasini qarishi odamga nisbatan uch xissa tez bo’ladi. XVIII asrda yashagan fransuz tabiatshunosi J.Byuffon har bir organizmni umr uzunligi o’sish faoliyatiga nisbatan 6 - 7 martadan ortiq bo’ladi degan. Odam gavdasi 20 - 25 yoshgacha o’sadi, madomiki shunday bo’lsa odamning umr uzunligi 120 - 170 yilga cho’zilishi mumkin. Ayollarning umr uzunligi erkaklarnikiga nisbatan ko’proq bo’ladi. Ko’p umr ko’rganlar Shimoliy Kavkaz, Yakutiya, Janubiy - Markaziy Amerika, Xindiston, Pekin, AQSHda ko’p uchraydi. O’rta, yuqori tosh davrida shuningdek mezolit va poleolitda 50 yoshga kirgan odam aholinini atiga 2,5 - 4,5% ini tashkil etgan. Kechki temir davrida qari odamlar 10 - 11 % iborat bo’lgan.
Odamdagi organizmni qarishi keksalik sabablari to’g’risida 200ga yaqin farazlar mavjud. Ular orasida ikki gurux faraz to’g’risida to’xtash joiz. Birinchi gurux konseptsiyaga ko’ra - keksalik bu organizmga jarohatlangan molekulalarni to’planishidan iborat. Ular tasodifan yoki tartibsiz yosh ortgan sari orta boradi. Bu o’z navbatida organizmning funksional imkoniyatlarni pasayishiga olib keladi. Ikkinchi gurux konsepsiyaga muvofiq - keksalik genetik dasturda mavjud bo’lgan
jarayon. U organizmning tabaqalanishi yoshi va rivojlanishi haqida ko’pchilik gipotezalar bo’yicha - keksalik hujayraning dastlabki genetik apparatini o’zgarishi, genetik dastur irsiylanishida xatoliklarning ko’payishi va uni nasldan - naslga berishi bilan aloqador.
Do'stlaringiz bilan baham: |