1 - g‘oya
. Murakkab ob’ektni o‘rganayotganda asosiy e’tiborni
uning ichki qismlarining tuzilishiga emas balki, obektni boshqa
57
tizimlardagi tashqi aloqalariga ajratish lozim, garchi oxirgisi istisno
qilinmaydi. Misollar bilan aniqlaymiz.
Firmada biror bir muammo paydo bo‘ldi, masalan, sotuv
hajmining kamayib ketishi, daromadning pasayib ketishi va h.k.
Muammoning oddiy yechishni yo‘li bu muammoni firmaning ichidan
qidirishdan iborat: oldindan yozib qo‘yilgan texnologik yozuvlar
tartibining buzilishi, noto‘g‘ri boshqaruv va h.k. Ammo omadsizlik
firmaning ichida bo‘lmasligi ham mumkin. Tizimli yondashuv ushbu
tizimning (firmaning) yechimini ko‘rib chiqarib beradi.
Bu holatda bozorni korib chiqish haqiqatga yaqinroq hisoblanadi,
ya’ni, iste’molchilar talabini ko‘rib chiqishga kiritish, raqobatchi –
firmalar va h.k., balkim, bu tizimning yangi kengaytirilishini talab
qiladi, masalan, barcha iqtisodiy tizimlarni ko‘rib chiqish, bu
muvofaqiyatsizlikning sababi moliyaviy holatlarning barqaror emasligi,
mamlakatning noto‘g‘ri moliya siyosati va h.k.lar bo‘lishi mumkin.
Bu sharoitda firmaning ichidagi muvofaqiyatsizlikning sababini
izlash qoniqarli natija bermaydi, yoki oxirigacha doimiy ravishda qayta
ko‘rib chiqish va yangilashga to‘g‘ri keladigan xususiy qaror qabul
qilishga olib keladi.
2-g‘oya.
Murakkab ob’ektni o‘rganilayotganda ustunlik undan
chiqariladigan strukturaning maqsadi va funksiyalariga beriladi, ya’ni
tizimli taxlil bu – funksional yondashuvdir.
Bu g‘oyani izoxlaymiz. Hayotda ko‘pincha teskari xolat bilan
to‘qnashishga to‘g‘ri keladi, ya’ni ob’ektning strukturasi mavjud, u
qandaydir funksiyaga ega, lekin shunga qaramay undan kelib
chiqadigan natijani bashorat qilish qiyin. Vazifasi oldindan ma’lum
bo‘lgan texnik tizimlar haqida gap borganda bunday yondashuv jiddiy
xatolikka olib kelmaydi. Inson yoki jamiyatdek murakkab tizimlar
bilan ish olib borilganda an’anviy yondashuv katta xatoliklarga olib
kelishi mumkin. Gap shundaki, bunday tizimlarning vazifasi oldindan
ma’lum emas va bunday noaniqliklar ularni boshqarishda qo‘shimcha
qiyinchiliklar tug‘diradi. Tizimli taxlil boshqacha yondashuvni taklif
qiladi, ya’ni bunda maqsad (funksiya) mavjud, unga erishish uchun esa
qanday struktura kerakligini aniqlash funksional yondashuv orqali
amalga oshiriladi. Bunday yondashuv funksiyalar qaytarilishi va
ularning takrorlanishini istisno etib, optimal yechimlarni ishlab chiqish
imkonini beradi.
58
Do'stlaringiz bilan baham: |