1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARGONA POLITEXNIKA INSTITUTI
“T A S D I Q L A Y M A N”
“ICHB” fakulteti dekani
___________dots. I. Yormatov
«___»_____________2019 yil
«
IQTISODIYOT NAZARIYASI»
fanidan
B A H O L A S H M E Z O N L A R I
Bilim sohasi:
200000
- Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
Ta’lim sohasi:
230000
- Iqtisod
Ta’lim yo‘nalishi:
5230100
-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha )
5230200
- Menejment (tarmoqlar va sohalar)
(tarmoqlar bo‘yicha)
Tuzuvchi: E. Muminova
Farg‘ona – 2019 yil
Mashg’ulotlar turi
Umumiy soat
1-semestr
Ma’ruza
64 soat
Amaliy mashg’ulot
64 soat
Mustaqil ta’lim
100 soat
JAMI:
228 soat
2-semestr
Ma’ruza
32 soat
Amaliy mashg’ulot
32 soat
Mustaqil ta’lim
50 soat
JAMI:
114 soat
2
KIRISH
Iqtisodiyot nazariyasi fanining ishchi-o’quv dasturi iqtisodiy taraqqiyotning umumiy
asoslari va bozor iqtisodiyoti nazariyasiga tegishli mavzularni qamrab oladi. Mazkur dastur
bakalavriat yo’nalishlariga mo’ljallangan bo’lib bo’lg’usi mutahasis kasb- korining qanday
bo’lishidan qat’iy nazar, u o’z faoliyatining iqtisodiy natijalarini bilishi, iqtisodiy hodisalar
mohiyatini tushunib yetishi, iqtisodiyotning sir asrorlarini idrok etishi talab qilinadi.
Dasturda talabalar mustaqil ishlab qo’shimcha bilim olishlari, yozma ishlar
tayyorlashlarini hisobga olib bir qator nazariy masalalar kengroq berildi.
Talabalarning iqtisodiy tafakkurini shakllantirishda iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy
fanlarning karvonboshisi hisoblanadi. Iqtisodiyot nazariyasi - iqtisodiyot qonun-qoidalarini va
rivojlanish prinsiplarini o`rganuvchi umum-iqtisodiy fanlar turkumiga kiruvchi nazariy fandir.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fanining mazkur ishchi o’quv dasturi O’zbekiston
Respublikasining Ta’lim to’g’risidagi qonuni asosida va kadrlar tayyorlashning milliy dasturi
talablaridan kelib chiqib, davlat standartlari bo’yicha bakalavriat darajasidagi malakali iqtisodchi
mutaxassislar tayyorlashni maqsad qilib qo’ygan.
Shu maqsaddan kelib chiqib, fanni o’qitishda quyidagi vazifalarni hal qilish ko’zda
tutiladi:
- talabalarni iqtisodiy bilimlarining nazariy asoslari bilan qurollantirish;
- ularning iqtisodiyot qonun-qoidalarini, iqtisodiy hodisa va jarayonlar mazmunini
yanada teran va chuqur mantiqiy mushohada qilish uchun zarur bo’lgan uslubiy
yondashuvlarni yegallashiga ko’maklashish;
- iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar to’g’risidagi amaliy ko’nikmalarni hosil qilish;
- talabalar ongiga milliy mustaqillik va iqtisodiyotni yerkinlashtirish, islohotlarni
yanada chuqurlashtirish hamda milliy mafkura g’oyalarini singdirish.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani bo’yicha talabalar bilimiga qo’yiladigan umumiy talablar
dasturga kiritilgan har bir mavzudagi muammolarni o’zlashtirish va ular bo’yicha mustaqil fikr
yuritish darajasi bilan belgilanadi. Bu darslik va o’quv qo’llanmalar xarakteridagi adabiyotlarni
o’zlashtirish bilan birga, Prezidentimiz I.Karimov asarlari va ma’ruzalarini, Respublika Oliy
Majlisi tomonidan qabul qilingan iqtisodiyotga tegishli qonunlar va Vazirlar Mahkamasi
chiqargan me’yoriy hujjatlarni o’rganishini ham taqozo qiladi.
Talabalar «iqtisodiyot nazariyasi» fanining vujudga kelishi va uning rivojlanishining asosiy
yo’nalishlari haqida hamda ularning asosiy g’oyalari to’g’risida yaxshi tasavvurga ega bo’lishi
kerak. Iqtisodiy hodisalar va jarayonlarning o’zaro aloqa va bog’liqligini, resurslarning
cheklanganligini va aholi farovonligini oshirish maqsadida ulardan muqobil foydalanish
usullarini bilishi lozim. Talabalar ongiga milliy mustaqillik va iqtisodiyotni yerkinlashtirish,
islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda milliy mafkura g’oyalarini singdirish.
Bakalavrlar mazkur fanni o’rganish jarayonida olgan bilimlarini umumlashtirish, undan to’g’ri
xulosa chiqarish va kelajakda amaliyotda undan foydalana oladigan bo’lishi kerak.
«Iqtisodiyot nazariyasi» davlat standartlari bo’yicha bakalavrlar darajasidagi iqtisodchi
mutaxassislar tayyorlash o’quv rejasiga kiritilgan barcha iqtisodiy fanlar bilan bog’liq bo’lib,
ularning nazariy va uslubiy asosini tashkil qiladi. Bundan tashqari iqtisodiyot nazariyasi
funktsional iqtisodiy fanlar (moliya-kredit, bank ishi, soliq va soliqqa tortish, buxgalteriya hisobi
va audit, sug’urta va bojxona ishi va h.k.) bilan ham chambarchas bog’liqdir. Iqtisodiyot
nazariyasi tadqiqot usullari bo’yicha boshqa ijtimoiy (falsafa, tarix, siyosatshunoslik) va aniq
fanlar (iqtisodiy statistika, iqtisodiy matematika) bilan ham mustahkam bog’liq fanlar
hisoblanadi.
Iqtisodchi mutaxassislar bu fanni o’rganib olsalar, iqtisodiyotning turli: mikro, mezo,
makro, mega darajasida optimal qaror qabul qilish, iqtisodiyotni boshqarish, makroiqtisodiyotda
muvozanatga yerishish, barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash va boshqa muammolarni hal
qilishning yeng oqilona yo’llarini topa oladilar.
3
Talabalarga iqtisodiy tafakkurni shakllantirishda va iqtisodiyot sirlarini o’zlashtirishda
o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik
texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga yega. Iqtisodiyot nazariyasini o’zlashtirishda
darslik o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallardan foydalaniladi.
Fanni o’qitishda komp’yuter, audio-video jihozlari, dioproektor, kadoskop va boshqa
informatsion texnik vositalaridan foydalanish ham hisobga olinadi.
Komp’yuter xonalaridan va o’qitishning boshqa texnik vositalaridan foydalanib
o’tkaziladigan darslar institut va kafedra moddiy-texnika imkoniyatlaridan kelib chiqib
belgilanadi.
www.tfi
.uz
Mazkur namunaviy dastur asosida fanning ishchi (o’quv) dasturi ishlab chiqiladi. Ishchi
o’quv dasturida ma’ruza va seminar darslariga ajratilgan soatlar yuklamasi mavzular bo’yicha
taqsimlab chiqiladi. Har bir mavzuga tegishli asosiy va qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati
keltirilishi lozim.
Mustaqil ta’lim uchun fanga ajratilgan soatlar miqdori ham alohida mavzularga taqsimlab
ko’rsatish tavsiya yetiladi.