ҚАРОР ҚИЛАДИ:
1. Зафаробод туман Ахоли бандлигига кўмаклашиш маркази ходимлари масъулиятини ошириш бўйича ўтказилган йиғилиш баёни қарори рахбарлик ва ижро учун қабул қилинсин.
2. Туман (ҚФЙ, ШФЙ ва МФЙ)лари томонидан хорижда ишлаш истагини билдирган фуқароларни бўлиб ўтиши режалаштирилган танловларда хавфсиз, тартибли қатнашишларини таъминлаш.
3. Йиғилиш иштирокчиларига одам савдосига қарши курашиш, ноқонуний меҳнат миграциясини олдини олиш мақсадида туман Ахоли бандлигига кўмаклашиш маркази билан ўзаро узвий хамкорликда ишларни ташкиллаштирилганлиги инобатга олинсин.
Йиғилиш котиби: И.Кубаев
“T А S D I Q L А Y M А N”
Tashqi mehnat migratsiyasi
agentligi Jizzax filiali boshligʼi
___________ S.Аbdusaidov
2022 yil “07” aprel
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Jizzax filiali raxbari S.Аbdusaidovning Jizzax viloyati hududida keng qamrovli amalga oshirish, noqonuniy migratsiyaning salbiy oqibatlari va “Odam savdosi”ga qarshi kurashish boʼyicha oʼtkazilgan sayyor yigʼilish
B А Y О N I
2022 yil “07” aprel Zafarobod tumani
Raislik qiluvchi: S.Аbdusaidov – Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Jizzax filiali rahbari.
Qatnashdilar: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Jizzax filiali xodimlari Zafarobod tumanining Buston, Samarkand, Uzun KFY rais va xodimlari shunendek maxalla faollari va fuqarolari
K U N T А R T I B I
1.Noqonuniy migratsiyaning salbiy oqibatlari
2. “Odam savdosi”ga qarshi kurashish
_________________________________________________________________
(Аbdusaidov, Kubaev, Butaev, Noraliev….Аbdusaidov)
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Jizzax filiali rahbari soʼzga chiqib, “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4829-sonli qaroriga asosan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolarini chet elga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda yuborish hajmini oshirish, xorijga ishlashga ketishdan oldin Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolarini kasb-hunarga va xorijiy tillarga oʼqitish amaliyotini samarali yoʼlga qoʼyish, ularga kasbiy malakani tasdiqlovchi xalqaro tan olinadigan sertifikatlarni berish tizimini joriy qilish, kabi qator vazifalar belgilanganligi toʼgʼrisida tushuntirildi.
Xorijiy Ish beruvchilar tomonidan taqdim etilgan boʼsh ish oʼrinlari va ularning talabnomalar boʼyicha xorijga ishlash istagini bildirgan fuqarolar roʼyxati shakllantirish va fuqarolar oʼrtasida tushuntirishlar hamda targʼibot ishlari oʼtkazish muhimligini hamda loyixa doirasida Jizzax viloyatida ish beruvchi va fuqaro oʼrtasida tanlovlar tashkil etilishi, ushbu tanlovlarda tuman(shahar)lardan ishsiz fuqarolarni, jumladan xorijga ishlash istagini bildirgan va xorijga chiqish pasportiga ega boʼlgan fuqarolarni jalb qilish kerakligini tushuntirdi.
Noqonuniy migratsiya tufayli insonlar chet elda noqonuniy ishga borganliklari va noqonuniy mehnat faoliyati bilan shugʼullanganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi, shu tufayli noqonuniy migratsiya bilan emas, balki qonuniy yoʼl bilan ishga borish maqsadga muvofiq ekanligi, qonuniy yoʼl bilan ishga borgan kishilar davlatimiz va oʼsha ishga borgan fuqaro ishga borgan davlatning qonun hujjatlari bilan kafolatlanadi. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chet ellarga ishga borgan kishilar oʼsha davlat fuqarolari bilan bir xil mehnat huquqlariga ega boʼlishlari tushuntirib oʼtildi.
Oʼzbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi Qonuni doirasida odam savdosi qarshi kurashish, noqonuniy mehnat migratsiyasini oldini olish maqsadida qilinayotgan ishlar, odam savdosi haqida toʼliq tushuncha, odamsavdosi qaerda yuz berishi undan qanday ogoh boʼlish mumkinligi haqida toʼliq tushuncha va malumotlar berildi.
Yoshlarga Xorijiy davlatlar tomonidan ishlash uchun berilgan boʼsh ish oʼrinlari va xavfsiz tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi amalga oshirish jarayonlari haqida batafsil tushunchalar berib hamda fuqarolar bergan maʼlumotlari Аgentlikning xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʼlgan fuqarolar ish izlovchilar bazasining tegishli sahifasida roʼyxatga olindi. Xorijiy ish beruvchilar tomonidan oʼtkaziladigan tanlov va mehnat yarmarkalari vaqti maʼlum boʼlganidan soʼng oʼrnatilgan tartibda taklif etilishi maʼlum qilindi.
Bundan tashqari, Аgentlik rahbariyati tomonidan berilayotgan topshiriqlar ijrosini oʼz vaqtida sifatli bajarilishini taʼminlash filialning muhim vazifalaridan biri ekanligini, filialning har bir xodimi tomonidan vazifalar taqsimoti boʼyicha belgilangan vazifalar ijrosiga vijdonan yondashishlarini aytib oʼtdi.
Koʼrib chiqilgan masalalar yuzasidan muhokama etilib yigʼilish
Do'stlaringiz bilan baham: |