T. A. Ochilov, B. B. Axmedov, S. U. Patxullayev, F. R. Taniberdiev, sh. S. Mengnarov



Download 14,46 Mb.
bet4/134
Sana31.12.2021
Hajmi14,46 Mb.
#279814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134
Bog'liq
Tikuvchilik materialshunosligi

Materialshunoslik - tо‘qimachilik materiallarining, ya’ni; tola, ip, eshilgan mahsulot, gazlama, trikotaj va notо‘qima matolarining olinishi, tuzilish xossalarini va shu xossalarini о‘rganishda ishlatiladigan uslub va asbob-uskunalardan foydalanishni о‘rgatadigan fandir.

Tikuvchilik materiallarini tayyorlash uchun turli xil materiallardan foydalaniladi:

1. Asosiy materiallar - mahsulotning yuzasi va asosiy qismlari uchun. Bunda trikotaj, notо‘qima matolar, tо‘da (kompleks), sun’iy va tabiiy poyabzal, mо‘yna kabi gazlamalar kiradi.

2. Qо‘shimcha materiallar - miyona (qistirma) materiallar - bortovka, tukli gazlama, kolenkor, flizelin va hokazo; issiq tutuvchi materiallar - momiq paxta, vatin, vatilin, porolon, mо‘yna; kiyim qismlarini biriktirish materiallari - tikuv g‘altak iplari va yelim; kiyim furniturasi - tugmalar, pistonlar, ilgaklar va hakoza; pardoz materiallari - uqalar, shnurlar, tо‘rlar va hokazo.

Tikuvchilik materiallaridan samarali foydalanish va yuqori sifatli buyumlar ishlab chiqarish uchun tikuvchilik sanoati xodimlari bu materiallarning xossalari va assortimentini yaxshi bilishlari lozim. Turli tо‘qimachilik materiallarining xossalari ular qanday tolalar va iplardan tayyorlanganligiga, materiallarning tuzilishi va ularga qanday pardoz berilganligiga bog‘liq.

Tikuvchilik sanoati aholini sifatli va bejirim kiyim-kechak bilan ta’minlashi lozim. Tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarishni kо‘paytirish va assortimentini kengaytirish tо‘qimachilik sanoatining rivojlanishiga bog‘liq, chunki asosiy tikuvchilik materiallari bо‘lmish ip-gazlama, jun, ipak va zig‘ir tolali gazlamalarni ana shu sanoat yetkazib beradi. Sun’iy va sintetik tolalar ishlab chiqarish gurkirab о‘sayotganligi tufayli tо‘qimachilik sanoatining xom ashyo bazasi uzluksiz kengaymoqda.

Hajmdor sintetik va sun’iy g‘altak iplar, shtapel tola bog‘lamlari, yaxlit bо‘yalgan kimyoviy tolalar ishlab chiqarish ancha kо‘paydi.

Tikuvchilik materialshunosligi fani faqatgina gazlamalarning tuzilishi bilan chegaralanibgina qolmay, balkim ularni tayyorlanish jarayoni va tikuvchilik buyumlarini ekspluatatsiyalash vaqtida unga ta’sir qiluvchi omillarni ham о‘rganadi. Undan tashqari tikuvchilik mahsulotlarining assortimenti bilan ham yaqindan tanishtiradi.

Tikuvchilik buyumlariga ma’lum gigiyenik, texnikaviy, estetik va iqtisodiy talablar qо‘yildi.

Gigiyenik talablar - insonning sog‘ligini saqlashga qaratilgan talablar. Kiyimning asosiy gigiyenik kо‘rsatkichlari - havo о‘tkazuvchanligi, gigroskopligi, issiqdan himoya qilish xossalari, kirchilligi, suv о‘tkazmasligi va hokazo. Gigiyenik talablar buyumning nimaga mо‘ljallanganligiga bog‘liq. Ichki kiyim va yozgi kiyimlarning havo о‘tkazuvchanligi va gigroskopligi yaxshi bо‘lishi, ularni kiyib yurish qulay bо‘lib, osonlikcha yuvilishi kerak. Qishki kiyimlar issiq bо‘lishi, plashlar suv о‘tkazmasligi kerak.

Texnikaviy talablar - tikuvchilik materiallarining sifatiga va kiyimlar tayyorlashga qо‘yiladigan talablar. Tikuvchilik materiallari va tayyor tikuvchilik buyumlari Davlat standartiga mos kelishi shart.

Estetik talablar esa moda bilan bog‘liq.




Download 14,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish