Shishasimon iplar-shisha tolalar olish uchun selikat shisha parchalari elektr pechlarda 1370°S haroratda suyuqlantiriladi. Havoda soviganda ingichka (1-20 mkm) shisha iplar hosil bо‘ladi. Shisha iplar pishiq, egiluvchan, yorug‘likni yaxshi о‘tkazadi, olov ta’siriga yaxshi chidaydi, elektr, issiklik, tovushni izolyasiyalash xossalari yuqori. Tolalarning gigroskopikligi past-0,2 %. Shisha tolalarni bо‘yash uchun suyuq shisha massasiga xrom, kobalt, marganets, temir, oltin va boshka birikmalar qо‘shiladi. Shisha tolalar texnik maqsadlarda, bezak gazlamalar olish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |