T. A. Ochilov, B. B. Axmedov, S. U. Patxullayev, F. R. Taniberdiev, sh. S. Mengnarov



Download 14,46 Mb.
bet31/134
Sana31.12.2021
Hajmi14,46 Mb.
#279814
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   134
Bog'liq
Tikuvchilik materialshunosligi

Mayda gulli о‘rilishlar. Gazlamalarning mayda naqshli о‘rilish sinfi ikki kichik sinfga bо‘linadi: oddiy о‘rilishlarni о‘zgartirish va murakkablashtirish yо‘li bilan hosil qilingan hosila о‘rilish; oddiy о‘rilishlarni almashtirish va aralashtirish yо‘li bilan hosil qilingan aralash о‘rilishlar. Mayda naqshli о‘rilishlarda tanda bо‘yicha rapport va arqoq bо‘yicha rapport har xil bо‘lishi mumkin. Ular yana shu xossasi bilan oddiy о‘rilishlardan farq qiladi.

Hosila polotno о‘rilishga reps о‘rilish va rogojka kiradi. Reps о‘rilish tanda yoki arqoq bilan yopilishlarni uzaytirish yо‘li bilan hosil qilinadi. Reps о‘rilishda har qaysi tanda ipi ikki, uch va undan ortiq arqoq ipi orqali о‘tishi mumkin. Bunda material sirtida kо‘ndalang yо‘llar hosil bо‘ladi va reps kо‘ndalang reps deb ataladi. Agar reps о‘rilishda har qaysi arqoq ipi ikki yoki uch yoki bir necha tanda ipi orqali о‘tsa, gazlamada bо‘ylama yо‘llar hosil bо‘ladi va reps, bо‘ylama reps, deb ataladi (1.57-rasm). Reps deb nomlanuvchi va boshqa turdagi ip gazlamalar, zig‘ir tolali gazlamalar reps о‘rilishda tо‘qiladi.







1.57-rasm.Reps о‘rilishi.

1.58-rasm. Rogojka о‘rilishi.

Agar iplar tizimi biri ikkinchisiga qaraganda ikki marta yо‘g‘on bо‘lsa, reps о‘rilishida tо‘qilgan gazlama sirti xuddi polotno о‘rilishidagidek silliq bо‘ladi. Masalan, flanel shu tarzda tо‘qiladi va sirtida tuk hosil qilinganidan sо‘ng uning sirti xuddi polotno о‘rilishida tо‘qilgan material sirtida tuk chiqarilgandek tekis bо‘ladi. Mayda naqshli о‘rilish tarkibiga kiruvchi gazlamalarning о‘rilishlaridan yana biri rogojka (1.58-rasm) bо‘lib, ikki yoki uchtalik polotno о‘rilish kabi bо‘lib, tanda va arqoq yopilishlarni simmetrik tarzda oshirish yо‘li bilan hosil qilinadi. Rogojka tо‘rt ipli qilib tо‘qilishi ham mumkin. Rogojkada tanda bо‘yicha rapport arqoq bо‘yicha rapportga teng bо‘ladi. Rogojka о‘rilishda naqsh polotno о‘rilishdagidan kо‘ra yaqqolroq namoyon bо‘ladi: gazlamaning sirtida tо‘g‘ri tо‘rtburchak shaklidagi naqshlar sezilib turadi; bu naqshlarning kattaligi tо‘qilayotgan iplarning chiziqiy zichligiga va о‘rilish rapportiga bog‘liq bо‘ladi. Ip gazlama va zig‘ir tolali materiallar turlari ichida rogojka deb atalidigan gazlamalar, shoyi gazlamalar ichida krep-elegant, «Aida» va boshqa gazlamalar; jun gazlamalar turlarida ba’zi kostyumlik va kо‘ylakbop gazlamalar rogojka о‘rilishida tо‘qiladi.

Mayda naqshli о‘rilishlarning hosil turiga kuchaytirilgan sarja, murakkab sarja (1.59-rasm), teskari sarja (1.60-rasm) va siniq sarja (1.61-rasm) kiradi.



1.59-rasm. Murakkab sarja о‘rilishi.



1.60-rasm. Teskari sarja о‘rilishi.





1.61-rasm. Siniq sarja о‘rilishi.

Kuchaytirilgan sarja о‘rilishi oddiy sarja о‘rilishidan shunisi bilan farq qiladiki, uning rapportida yakka qoplamalar bо‘lmaydi, natijada unda enliroq yaqqolroq yо‘llar hosil bо‘ladi. Masalan, kuchaytirilgan sarjalarda quyidagi rapportlar bо‘lishi mumkin: 2/2, 3/3, 4/2, 2/4, 2/3, 3/3 va hokazolar. Gazlama о‘ngida qanday tizimdagi iplar kо‘pligiga qarab, kuchaytirilgan sarjalar tandali, arqoqli yoki teng tomonli bо‘lishi mumkin. Kо‘pchilik sarjalar teng tomonli, ya’ni 2/2 va 3/3 qilib tо‘qiladi. Kо‘ylakbop gazlamalar: shotlanka, kashemir va hokazolar 2/2 sarja о‘rilishida, boston, sheviot va hokazolar 3/3 о‘rilishda tо‘qiladi.

Murakkab yoki kо‘p yо‘lli sarja о‘rilishida tо‘qilgan gazlamalarda turli kenglikdagi galma-gal keladigan diagonal yо‘llar bо‘ladi. Bu yо‘llar surati va maxraji ikki yoki bir necha raqamdan iborat kasr bilan ifodalanadi. Masalan, sarja 1-3/2-1, 2-2/4-1 va hokazo. Murakkab sarja о‘rilishida kо‘ylaklik gazlamalar tо‘qishda qо‘llaniladi. Amalda siniq va teskari sarjalar «archasimon» о‘rilishlar deb ham yuritiladi, chunki sarja yо‘lining yо‘nalishi 90 gradus burchak ostida muntazam ravishda о‘zgaradi, sarjaning yо‘li sinadi va hosil bо‘lgan naqsh archaga о‘xshaydi. Teskari sarjaning siniq sarjadan farqi tuki, sinish joyida sarja yо‘li suriladi. Tanda bilan yopilish qarshisida arqoq bilan yopilishlar, arqoq bilan yopilish qarshisida tanda bilan yopilishlar yotadi. Ba’zi paltolik va kostyumlik gazlamalar siniq va teskari sarjali о‘rilishda tо‘qiladi. Hosila satin о‘rilishlar jumlasiga kuchaytirilgan satin kiradi. Sakkiz ipli oddiy satindan farqli ravishda sakkiz ipli kuchaytirilgan satinda arqoq ipi ikki tanda ipi ostidan о‘tadi va olti tanda ipini yopadi. Moleskin, movut, zamsha, velveton sakkiz ipli kuchaytirilgan satin о‘rilishida tо‘qiladi. Kо‘pgina kostyumlik va ba’zi paltobop gazlamalar bо‘ylama yо‘lli aralash о‘rilishlar bilan ishlab chiqariladi.

Relyefli о‘rilishlar gazlamalar sirtida tanda yoki arqoq iplari chiqib turadigan naqsh hosil qiladi. Relyefli о‘rilishlar jumlasiga vafelli, diagonalli va yо‘l-yо‘l о‘rilishlar kiradi. Tanda va arqoq yopmalari uzunligini о‘zgartirish yо‘li bilan vafelli о‘rilishda katak naqsh hosil qilinadi. Relyefli о‘rilish vafelli sochiq tо‘qishda keng qо‘llaniladi. Diagonalli relyef о‘rilishda tо‘qilgan gazlamalar о‘ngida mayda qavariq relyef yо‘llar bо‘ladi (1.62-rasm). Bu yо‘llar chapdan о‘ngga qarab pastdan yuqoriga ketadi. Diagonalli о‘rilishda yо‘llarning qiyalik burchagi tandaning zichligiga va о‘rilish tavsifiga bog‘liq bо‘ladi. Gabardin gazlamali diagonal о‘rilishida ishlab chiqariladi.



1.62-rasm. Krep о‘rilishi.



Download 14,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish