Сўзсиз қўшиқ



Download 6,15 Mb.
Sana09.02.2022
Hajmi6,15 Mb.
#438897
Bog'liq
Metodik tavsiya Jo\'raboyeva D





G.G‘ofurova”Инсонни гўзаллик ва нафосат оламига етакловчи-рақс санъатидир”.


Mavzu: “Raqs- insonni go‘zallik olamiga yetaklovchi san’atdir”.”Инсонни гўзаллик ва нафосат оламига етакловчи-рақс санъатидир”.



Rishton-2021

Metodik tavsiya musiqa sohasida ish olib borayotgan mutaxassislar, musiqa rahbarlari, bolalar musiqa va san’at maktablari, musiqa madaniyati fani o‘kituvchilarining, musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirishda ko‘makchi vazifasini bajaradi.


Tuzdi: Gulnoza G‘ofurova- Rishton tumani XTB tasarufidagi
18-umumta’lim maktabi Musiqa madaniyati fani o‘qituvchisi.

KIRISH



Kishilik jamiyati taraqqiyoti davomida san’at turlaridan adabiyot, rassomchilik, xalq amaliy san’ati, xaykaltaroshlik, qo‘shiq, kino, teatr, musiqa va boshqa san’at turlari vujudga keldi.San’atning ana shu turlaridan biri raqs san’atidir.
Raqs san’ati kishilarni go‘zallik va nafosat olamiga etaklaydi,yosh avlodning ma’naviy dunyosini har tomonlama boyitadi, olijanob fazilatlarni takomilashtirishiga ko‘mak beradi. Raqs musiqa bilan uzviy bog‘liq, musiqa mazmunini obrazlar vositasida ochib beradi.
Raqs aynan nima ekanligi ijtimoiy, madaniy, estetik, artistik va ma’naviy cheklovlarga bog‘liq va funksional harakatlardan (xalq raqslari) tortib vertuoz texnikagacha (balet) bo‘ladi.Raqs ommaviy (toy-bazimlarda), ijtimoiy (vals), ijroiy (sahnada), tantanali (hind raqslari), musobaqa (badiiy gimnastika) va erotik turlarga ajratiladi. Raqs harakatlari orqali fikrlar va hissiyotlarni etkazish, hikoyanavislik qilish mumkin. Raqs evolyutsiyasi natijasida turfa uslublar kelib chiqadi. Masalan, nisbatan yaqinda paydo bo‘lgan brekdanse hip hop madaniyatiga xosdir, afrikacha raqs esa izohlanishlidir, balet va vals klassik raqs bo‘lsa, step zamonaviydir. Raqs ijrosi san’ati xoreografiya deyiladi.Raqs yaratuvchi shaxs esa xoreograf deb ataladi.
Har bir xalqning raqs an’analari, ijro uslubi, plastik tasviriy vositalari bo‘lib, ular tarixiy, ijtimoiy va geografik sharoitlar ta’sirida tarkib topib rivojlangan. Raqs xalq marosimlari, bayramlarning tarkibiy qismidir.Ular bilan bog‘liq holda xorovod va marosim o‘yinlari paydo bo‘lgan. Xorovodlar asta-sekin marosim o‘yinlaridan xalos bo‘lib xalq turmushining ayrim tomonlarini aks etira boshlagan. Xalq raqsida ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik va hunarmandchilik bilan bog‘liq mavzular, shunindek, xalqning bosqinchilariga qarshi kurashi va lirik kayfiyati o‘z aksini topgan.”Инсонни гўзаллик ва нафосат оламига етакловчи-рақс санъатидир”.
O‘zbek xalqi raqsni sevadi, san’atning aynan mana shunday shaklida xalq xarakteri ochiladi. Raqs –bu san’at. Har bir san’at sohasi esa hayotimizni badiiy obraz orqali ifoda etishi kerak. Raqs san’ati-ijod ruhiyati, his-tuyg‘ulari, fikrini so‘zsiz, faqat harakatlar va yuz ifodasi bilan xalqqa etkazishga asoslangan san’at turidir. Raqs-o‘zingni kuyga, ohanga baxshida etib, sehrlar dunyosiga sho‘ng‘ib ketmoqdir.Ko‘ngildagi bor-yo‘g‘ini ko‘zlarga,harakatlarga joylab tomoshabinlarga hayrat ato etmoqdir.
Raqs insonning paydo bo‘lgan ilk davrlardayoq tug‘ilgai, dastlabki ko‘rinishlari ibtidoiy jamoa tuzimi davrida paydo bo‘lgan. Jamiyatning mehnat jarayonlarini, hayvonlarning harakatlarini, afsonaviy xarakterdagi, harbiy-vatanparvarlik ruhidagi raqslarni ijro etib yurishgan. Bunda tabiat kuchiga tayanganlar. Ular o‘z fikrlarini bayon eta olmay yalinish ,zarar etkazish, qarg‘ash, omadli ov bo‘lishini so‘rab, yomg‘ir, quyosh, farzand ato etishini iltijo etganlar.
O‘zbek raqsi–boy madaniyatimizning ajralmas qismi, xalqimizning dunyosini his qilish jarayonida o‘ziga xosligini aks ettirgan san’at turlaridan biridir.Unda inson o‘z tanasi, a’zosi badanini xarakatga keltirib, muayyan xis-tuyg‘ularini ifoda etadi.
Raqsdagi har bir xarakat, nazokat mutanosibligi, jilo, ko‘z qarashlari –raqs xarakatlar unsurlari, faqat millatimizga xos tarzda namoyon bo‘ladi.Raqs musiqa bilan uzviy bog‘liq, musiqa mazmunini obrazlar vositasida ochib beradi. Xalq raqslarida ritm muhim bo‘lib, u musiqada o‘z ifodasini topadi, oyoq, qo‘l, bosh va tana harakatlari umumiy ritmga bo‘ysunadi, bir-biri bilan bog‘lanadi.O‘zbek raqslari mazmunini ifodalashda ijrochilar tepki, karsak, zangdan ham foydalanadi. Ayrim raqslar ro‘mol, piyola, qadah kabi buyum bilan ijro etiladi, ba’zan ijrochi xalq cholg‘u asboblari (qayroq, doyra ,nog‘ora va x.k)da o‘ziga o‘zi jo‘r bo‘ladi.G‘arbiy Eropa xalqlari raqsida, asosan oyoq harakatlari muxim bo‘lib,qo‘l va tana harakatlari unga jo‘r bo‘ladi. SHarqda esa qo‘l va tana harakatlari plastik ifodaviylikning asosiy vositasidir. Saxnaviy raqs, xalq ijodiga tayanadi, uning merosi va o‘ziga xos fazilatlarini saqlaydi va rivojlantiradi.U dastlab YUnoniston, Hindiston va boshqa mamlakatlarda paydo bo‘lgan xalq raqslari asosida tarkib topgan.
Professional raqslar yuksak darajada rivojlanib, turli raqs tizilmalari (xususan Evropa va SHarq mumtoz raqslari) qaror topgan.
Evropa professional raqs san’atning rivojlanishiga YUnoniston va Rim raqs san’ati salmoqli hissa qo‘shdi.O‘rta asrlarda Evropada jonglyor, shpilman va skomoroxlar ijodidagina professional raqsning ilk ko‘rinishlari namoyon bo‘ldi.
XV-XIV asrlarda moreski, ballafigurato nomli syujetli raqslar rasm bo‘lib, raqs haqida risola va darsliklar yaratildi. XVII-asrda balet raqs spektakllari yuzaga keldi va raqs san’ati yangi texnika bilan boyidi. XX-asr boshida esa “modern” (ritmoplastik) raqsi paydo bo‘ldi .40-60 yillarda Evropa va AQSHda konsert ijrochiligiga mo‘ljallangan kichik xoreografik asarlar, estrada raqs rivoj topdi.
O‘zbek raqsi xam qadimiy tarixga egadir. U dastlab olov atrofida umumiy bo‘lib o‘ynaluvchi shaklda bo‘lgan, qarsak usulida o‘ynalgan, so‘ngra doira kashf etilgan. Farg‘onaga yaqin Saymalitosh soyidagi tasvirlardan birida bir to‘da tulum kiyib olgan odamlar ikkitadan, uchtadan, bo‘lib qo‘llarini ko‘tarib, tizzalarini bukib o‘yinga tushmoqda. Tepada qo‘lida katta doira ko‘tarib turgan kishining tasviri.U doira o‘yinchi qabiladoshlarga usul berib turibdi. Jamiyatning mehnat jarayonlarini, hayvonlarning harakatlarini, afsonaviy xarakterdagi, harbiy-vatanparvarlik ruhidagi raqslarni ijro etib yurishgan. Bunda tabiat kuchiga tayanganlar. Ular o‘z fikirlarini bayon eta olmay yalinish, zarar etkazish, qarg‘ash, omadli ov bo‘lishini so‘rab, yomg‘ir, quyosh, farzand ato etishini iltijo etganlar.
Mustaqillik yillarida o‘zbek raqs san’atining tarixiy an’analari va usullarini tiklash, milliy raqs va xoreografiya san’atini yanada rivojlantirish, avaylab-asrash hamda boyitish, millatimizning o‘ziga xos sharqona fazilatlari, boy ma’naviyatiga monand raqslarni targ‘ib etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, milliy raqs yo‘nalishlari bo‘yicha uzoq mudatli, maqsadli dasturlar tayorlash, raqs san’atini xalqimizning yuksak ma’naviyati va nozik didiga zid bo‘lgan yuzaki, noo‘rin tanqidga asoslangan xatti-harakat va liboslar xurujidan saqlash, maxsus ta’lim tizimini takomillashtirish, malakali kadrlarga bo‘lgan extiyojini to‘laroq qondirish, hamda bu soha tashkilotlarining moddiy negizini mustahkamlash maqsadida 1997 yil 8 yanvarda qarorlar qabul qilindi:
1.O‘zbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vazirligi, O‘zteleradio kompaniyasi “ O‘zbek-navo” gastrol-konsert birlashmasining “Bahor”, ”Lazgi”, ”Zarafshon” hamda “Tanavor” ansambllari negizida tanlov asosida Madaniyat ishlari vazirligi tizimida yangi Mukarrama Turg‘unboeva nomidagi milliy raqs birlashmasi (“O‘zbekraqs”)ni tashkil etish haqidagi takliflari ma’qullansin. ”O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi tassarufida “SHodlik”, ”CHen-chun” va uyg‘ur ansambllari negizida “O‘zbekiston” ashula va raqs ansambllari tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2.”O‘zbekraqs”birlashmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarida hududiy bo‘limlariga ega mustaqil ijodiy-ishlab chiqarish tuzilmasi hisoblanib,uning mulkchilik shakllaridan va qaysi idora tassarufidaligidan qat’iy nazar, turli raqs jamoalarini birlashtirishi belgilab qo‘yilsin.
3.Birlashma o‘z faoliyatini quyidagi vazifalarni amalga oshirishga qaratilganligi e’tiborga olinsin.
-o‘zbek xalqining asrlar davomida shakllangan va avloddan avlodga noyob meros sifatida o‘tib kelayotgan jozibali raqs namunalarini to‘plash, boyitish, xalqimiz ayniqsa yosh avlod ongiga bu bebaho boyliklarga chuqur hurmat va havas tuyg‘ularini singdirish ularda milliy ma’naviyatlarimiz, qadriyatlarimizga nisbatan extirom hislarini yuksaltirish,
-mamlakatimizning barcha hududlaridagi raqs yo‘nalishlarini asrash, avaylash, shu asosda yangi badiiy jamoalar tuzish, mustaqillik ma’naviyatini va istiqlol g‘oyalarini tarannum etuvchi xalqimizga estetik zavq bag‘ishlovchi zamonaviy o‘zbek milliy raqs maktabini yaratish;
-birlashma tarkibidagi ijodiy jamoalarning tashkiliy, moliyaviy, moddiy-texnik masalasini echish,ularni musiqa asboblari,rang-barang raqs liboslari,zamonaviy radio elektron texnika zaruriy anjomlar bilan ta’minlash;
-raqs san’atini O‘zbekiston xalqi chet mamlakatlar jamoatchiligi orasida targ‘ib qilish, ansambllarning keng ko‘lamli dasturlariga asoslangan samarali gastrol faoliyatini uyushtirish, reklama –tijorat ishlarini yo‘lga qo‘yish.
4.”O‘zbekraqs” birlashmasi tarkibida ansambllar yuridik shahs bo‘lmagan badiiy jamoa sifatida faoliyat ko‘rsatishi va bu vazifalarni amalga oshirish uchun direksiya tarkibini tashkil qilish hamda Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga kiritish yuklatilsin.
5.O‘zbek xoreografiya bilim yurti hamda Toshkent Davlat Madaniyat instituti “Xoreografiya ”bo‘limi negizida oliy maxsus o‘quv yurtlari maqomidagi Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tashkil etilsin, uning o‘quv teatri binosini qurish nazarda tutilsin.Oliy maktab qoshida mavjud boshlang‘ich va o‘rta maxsus ta’lim bo‘g‘inlari saqlab qolinsin.
Quyidagilar Oliy maktabning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
Bakalavr dasturi asosida milliy raqs va balet bo‘yicha baletmesterlar, baletmester-rejisyorlar, raqs ijrochilari, o‘qituvchilar tayyorlash;magistr dasturi asosida milliy raqs va xoreografiya san’ati bo‘yicha ilmiy-pedagogik , ijodiy kadrlar tayyorlash;
-milliy raqs va xoreografiya san’ati bo‘yicha mutaxasislarni qayta tayorlash, ularning malakasini oshirish;
-san’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda o‘zbek raqs va xoreografiya san’ati tarixi, taraqqiyoti yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlar , darsliklar, metodik qo‘llanmalar yaratish;
-madaniyat va san’at o‘quv yurtlari, raqs jamoalariga uslubiy-ijodiy yordam ko‘rsatish, ularning faoliyatini ilmiy-nazariy jixatlaridan muvoffiqlashtirish.
7.O‘zbekiston respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda amaldagi qonun hujjatlariga zarur o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlasin.
8.Ushbu Farmonning bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi bir oy mudattda tegishli qaror qabul qilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov.
Toshkent- 1997 yil 8 yanvar.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning farmoni asosida olib borilgan ishlar ,milliy raqs san’atimizning yanada rivojlanishiga katta poydevor bo‘ldi.
Raqs-asosan gavdaning nafis xarakatlarining turli xil uyg‘unligida turlicha usuldagi odimlar bilan ifoda etiladi, xar bir xalqning qadimdan shakllanib kelayotgan milliy raqs san’ati va shu raqsni ifodalovchi kuylari bo‘ladi. Nafis xarakatlar va ularga yarashgan milliy kiyimlar bilan badiiy obrazlar yaratiladi. . O‘zbek xalqining milliy iftixori bo‘lgan raqs san’ati necha-necha asrlar davomida shakillandi, rivoj topdi. Lekin bu san’at turi yozma ravishda o‘z aksini topmaganligi uchun , turli davrlarda unitilib ketar, mohir usta san’atkorlar davrida yana shakillanar edi. Ular shu ko‘rinishda bizning davrimizgacha qisman etib kelgan. O‘zbekiston diyorida yashagan xalqlar orasida raqs san’ati turmush sharoitlari, diniy marosimlar, bayramlar bilan bog‘liq xolda qadim-qadimdan taraqqiy etgan.O‘zbekistondan topilgan qadimiy manbalar-qoyatosh rasmlari , arxeologik qazilmalar . amaliy bezak san’ati namunalarida raqs tushayotgan qiyofalar, diniy mifologik lavhalar. sayil va muhim marosimlar aks ettirilgan..
Ular o‘zbekning hayoti, yashash tarzi, zavq –u shavqi, orzu-umidi, dardu quvonchini ko‘rsatuvchi muxtasar bir sahna asari ohang va ritmga javoban inson ruxi, yuragi-yu vujudida yaratgan “aks –sadodir. O‘zbek xalq raqs san’ati –halqimiz tarixi kabi qadimiy va rangbaragdir. Raqslar azaldan to‘y marakalarda, bayramu tantanalarda shodiyona damlarning avji sifatida ijro etib kelingan, xalqimizning jon tomiridan paydo bo‘lgan bu san’at tirik bir vujud kabi mudom rivojlanishida bo‘lgan.U ustozlardan shogirdlarga o‘tib, keyingi avlodga qisman etib borgan. Raqs san’ati an’anaviy saqlanish jarayonida rivojlanib, takomillashib borgan. Turmush esa xamisha yangi-yangi raqslar yaratish uchun mavzular in’om etib turgan. Bu jarayonda musiqa rivoji ham ko‘zdan qochirmaslik kerak. Masalan, maqomlarning rivoj topishi mumtoz raqs san’atidan ham yangicha plastikani talab qilgan va bu esa, o‘z navbatida, yanada yuksakroq ijodiy vazifalarni hal qilishni taqozo etgan. Oqibatda profesional hamda havaskor raqqoslar paydo bo‘lgan va bu jarayonda o‘z-o‘zidan mumtoz raqslar ham yaratilan.
Bizgacha etib kelgan raqslarning tur va janrlari rang-barangligi hayratda qolarli darajada. SHu kunlardagi raqs san’atimizda bir qancha qatlam aniq ko‘rinib turadi, kelib chiqishiga ko‘ra ajdodlarimizning ibtidoiy tasavurrlariga aloqador marosim o‘yinlari; bir zamonlar zardushtiylikning ramziy obrazlari va muqaddas kitobi “Avesto” arkonlari bilan bog‘liq xolda maydonga kelgan raqslar, o‘rta asrlarda maqom musiqasi bilan mustaxkam aloqada shakllangan mumtoz raqslar; Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari xududlarida tarkib topgan Buxoro, Xorazm va Farg‘ona raqs uslublari; XX asrda professional va xavaskorlik ansambllari faoliyatida keng rivojlangan xalq sahnaviy raqslari; zamonaviy estrada , sirk, teatr raqslari, bolalar raqslaridir.
Tabiiyki raqs san’atining mana shu barcha turlari, janrlari, uslublari bir-biridan ajratilmagan, balki malakali artistlar va xavaskorlar ijodida, xalq va professional ansambllar faoliyatida ular bir-biri bilan bog‘langan va o‘zaro ta’sirlangan xolda yashab keladi.Ammo shu kungacha o‘zbek raqs madaniyati uchun uch yo‘nalish etakchi va muhimdir : u ham bo‘lsa an’anaviy raqs, xalq sahnaviy raqs san’ati va balet san’atidir.
Hamon o‘zbek raqs san’atida bir-biridan gavda holatlari, qo‘l va oyoq harakatlari, tarkibi, kompozitsion tuzilishi, liboslari bilan farq qiluvchi Xorazm, Buxoro va Farg‘ona uslublari aniq ko‘zga tashlanib turiladi. Xalq musiqasi singari, raqs san’atida ham raqs xarakatlarining mahalliy uslublari ya’ni o‘z ”shevalari” vujudga kelgan.
Ansambllar odatda ancha ixcham bo‘lgan: uchta cholg‘uchisi, ikkita raqqosa va shogirdlar, shunga qaramasdan ansambllar bir necha soat davomida muayan mazmun va kompozitsion tuzilishiga ega tomosha ko‘rsatishga qodir bo‘lishgan.Bu muqaddima , uch-to‘rt asosiy qism va xotimadan tashkil topgan o‘ziga xos an’anaviy teatrdir.Unda jonli so‘z, qo‘shiq,(etakchi xonanda doirada usul berib, Xorazmda –garmonda qo‘shiq boshlaydi, boshqalar jo‘r bo‘lishadi), raqs birikadi, uyg‘unlashadi.Biroq raqs etakchi xisoblanadi , sozanda , xalfa, yallachi tomoshalarida raqs vositalari bilan muhabbat , go‘zallik va yaxshilik ramzi bo‘lmish jozibali go‘zal qiz obrazi yaratiladi.Kuy va usul ularga yordamchi vazifasini bajaradi. Xalq saxnaviy raqsi ko‘rinishlari o‘tmishda xam bo‘lgan , albatta raqs ustalari faqat tomoshabinlar davrasidagina emas, maxsus qurilgan saxnalarda, ayvonlarda xam tomosha bergan. SHunaqa tomosha bilan saxna ayvon oldida o‘tirgan xolda raqs ijrosini bir tomondan ko‘rishgan , raqs kompozitsiyasi shunga mos ko‘rilgan va ijro etilgan. Ammo xalq sahnaviy raqsi baribir XX asrda Toshkent , Samarqand va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida maxsus teatr binolari qurilishi bilan bog‘liq holda paydo bo‘ldi.Asr davomida rivojlandi va raqs san’atining mustaqil turi sifatida o‘sib chiqdi.Ijtimoiy hayotimiz taraqqiy etgani sari boshqa san’at sohalari kabi raqs san’ati ham kundan –kunga boyib, uning xarakteri, mavzulari o‘zgarib bordi.Mehnat raqslari esa yangicha talqinda , yangi hayotiy ehtiyoj sifatida,insonlarga ruhiy madad beruvchi, quvonch va rohat baxsh etuvchi raqslar ijro etila boshlandi.
Davlatimiz inson baxt-saodati yo‘lida hamisha g‘amxo‘rlik qilib, uning har tomonlama kamolotga erishishida barcha imkoniyatlarni yaratib bermoqda, har bir kishining shahsiy qobiliyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish , barcha mehnat ahlini estetik tarbiyalash, keng xalq ommasida badiiy did va madaniy malakani shakillantirish borasida tinmay g‘amxorlik ko‘rsatmoqda. Bu borada raqs san’ati muhim rol o‘ynaydi. SHuning uchun ham respublikamizda xalq badiiy ijodiyotining eng ommaviy turlaridan biri bo‘lgan raqs san’ati keng doirada rivoj topmoqda.
Xalq ijodining durdonalari mehnatkash ommaning qobiliyatli vakillari tomonidan ijod etiladi, og‘izdan-og‘izga ko‘chib, ustozlar shogirdlarga o‘rgatadilar , shu tariqa uning boyib borishiga o‘z hisalarini qo‘shadilar , takomillashtiradilar, boshqa variantlarni yaratadilar.
Badiiy-ommaviy tadbirlarda joylardagi qadimdan mavjud bo‘lgan marosim raqslaridan foydalanish ham yaxshi samara beradi. Marosim va bayramlarda syujetli raqslar, folklor janrdagi xalq raqslari zo‘r qiziqish bilan tomosha qilinadi. Ushbu raqslarda urf-odatlar, an’analar, qadriyatlarimiz aks ettiriladi.
Badiiy-ommaviy tadbirlarda raqs san’atining o‘rni kattadir. CHunki har qanday zo‘r qo‘shiq ham raqs san’ati bilan yanada to‘ldiriladi, tomoshabinni zeriktirmaydi, estetik didini oshiradi. Qo‘shiq yoki kuyning mazmunini , obrazlar , xarakat orqali tomoshabinnga ta’sir etib, etkazib beradi. O‘tkazilayotgan tadbirlarning mazmuni va mohiyatini to‘la ochilishiga imkon beradi.
Raqs –bu so‘zsiz qo‘shiqdir, raqs –bu san’at,har bir san’at sohasi esa hayotimizni badiiy obraz orqali ifoda etishi kerak.Raqs san’ati –ijod ruhiyati, his-tuyg‘ulari, fikrini so‘zsiz , faqat harakatlar va yuz ifodasi bilan xalqqa etkazishga asoslangan san’at turidir.Raqs-O‘zingni kuyga , ohanga baxshida etib , sexrlar dunyosiga sho‘ng‘ib ketmoq.Ko‘ngildagi bor-yo‘g‘ini ko‘zlarga ,harakatlarga joylab tomoshabinlarga hayrat ato etmoq, istaklaringni bir dasta gul shaklida tomoshabin hayajonlari ustidan sochmoq, ularning olqishiga sozovor bo‘lmoqdir.
Mamlakatimiz xududidan topilgan arxeologik topilmalarning guvoxlik berishicha , raqs san’ati juda qadimdan mavjud bo‘lgan va hunarmandchilik, dehqonchilik bilan bog‘liq holda shakllana borgan.Musiqa qo‘shiq bilan birga ijro etilib, asta-sekin mustaqil san’atga aylangan. U dastlab olov atrofida umumiy bo‘lib o‘ynaluvchi shakilda bo‘lgan.Qarsak usulida o‘ynalgan.So‘ngra doira kashf etilgan.Farg‘onaga yaqin Saymalitosh soyidagi tasvirlardan birida bir to‘da tulum kiyib olgan odamlar ikkitadan, uchtadan, bo‘lib , qo‘llarini ko‘tarib, tizzalarini bukib o‘yinga tushmoqda. Tepada qo‘lida katta doira ko‘tarib turgan . O‘zbekistonda davlatlar paydo bo‘lib, shahar madaniyati tarakkiy etgan sayin raqs san’ati xam murakkab shakilarga ega bo‘lib borgan. VI-VII asrlarda Turon (o‘sha davrlarda Amudar’yodan bu tomondagi erlar shunday atalgan)mulkidan chiqqan san’atkorlar Buyuk ipak yoli orqali safar qilib, SHarqda Xitoy va xatto YAponiyagacha , G‘arb yo‘nalishida Misr va Rum (xozirgi Turkiya)gacha borgan ekanlar. Xitoy shoirlari ularning san’atlarini o‘z qasidalarida madh etishgan.
Musilmonlik davrida ham(VIII asrdan boshlab)raqs zavol topmagan , nimanidir yo‘qotib, nimanidir kashf etib yashab kelgan.Bu davrlarda “Qarsak o‘yin”,”Urg‘ushtak”singari qadimiy o‘yinlarni, “Katta o‘yin”, “Lazgi”, “Ashadarozi”, “Kema o‘yin”singari ramziy umumlashma raqslarni , jangovor o‘yinlarni, niqobli va nafis, yakkka va umumiy, voqeaband, aylanma va ilonizi o‘yinlari , yoshi va jinsiga qarab ijro etiladigan yonma-yon ko‘rish mumkin edi. Sodda qilib aytganda , raqs san’ati asrlar davomida xalq raqsi va malakali mumtoz raqs sifatida yashab kelgan.Maqomlar bilan ijro etiladigan raqslar ham bo‘lgan.
SHunisi qiziqki , ayrim tadqiqotlarning fikricha “Xorazm raqsi”sini Staron va Gerodot tasvirlashgan qadimgi massagetlarning marosimlarida kechasi gulxan yoqib”qo‘shiq aytib raqsga tushganligi”ni, uni hozirgi Xorazm to‘ylarida qish kunlari o‘t yoqib ijro etiladigan ashulaga jo‘r bo‘lib lazgi va boshqa raqslarga qiyos qilishlarini mantiqiy asosli desa bo‘ladi. Etnograf To‘ra Qilichevning fikricha , “Lazgi”o‘yini ibtidoiy jamiyatdagi xorazmliklarning qahramonlik harakatini o‘zida aks ettiradigan elementlarga ega bo‘lishi, jangovor harbiylik xarakterini saqlab qolishi juda ko‘p ibtdoiy qabilalarda o‘tkaziladigan zafar tantanalaridagi harbiy raqslarni eslatadi.
O‘zbek xalqining milliy iftixori bo‘lgan raqs san’ati necha-necha asrlar davomida shakillandi, rivoj topdi. Lekin bu san’at turi yozma ravishda o‘z aksini topmaganligi uchun , turli davrlarda unitilib ketar, mohir usta san’atkorlar davrida yana shakillanar edi. Ular shu ko‘rinishda bizning davrimizgacha qisman etib kelgan. O‘zbekiston diyorida yashagan xalqlar orasida raqs san’ati turmush sharoitlari, diniy marosimlar, bayramlar bilan bog‘liq xolda qadim-qadimdan taraqqiy etgan.O‘zbekistondan tomilgan qadimiy manbalar-qoyatosh rasimlari , arxeologik qazilmalar . amaliy bezak san’ati namunalarida raqs tushayotgan qiyofalar, diniy mifologik lavhalar. sayil va muhim marosimlar aks ettirilgan. O‘zbek raqsi-boy madaniyatimizning ajralmas qismi –xalqimizning dun’yosni xis qilish jarayonida o‘ziga xosligini aks ettirgan san’at turlaridan biridir..Ammo shu kungacha o‘zbek raqs madaniti uchun uch yo‘nalish etakchi va muhimdir : u ham bo‘lsa an’anaviy raqs, xalq sahnaviy raqs san’ati va balet san’atidir.
XIX-asrning oxirlariga kelib mutaxassislar tomonidan o‘rganila boshlanganda,
o‘zbek raqs san’ati –mumtoz va xalq raqslariga yaqqol bo‘linganligi kuzatilgan. O‘zbek raqs san’ati uchta –Buxoro, Farg‘ona va Xorazm maktablariga bo‘linadi.Har bir maktab raqslarining sur’at vaznlari va nazokat mutanosibligi tizimlari turrfa tarzda bo‘ladi,shunindek ,musiqaga munosabati ham o‘ziga xosdir. Xamon o‘zbek raqs san’atida bir-biridan gavda holatlari . qo‘l va oyoq harakatlari , tarkibi, kompozitsion tuzilishi , liboslari bilan farq qiluvchi Xorazm , Buxoro va Farhona uslublari aniq ko‘zga tashlanib turiladi.Xalq musiqasi singari , raqs san’atimizda ham raqs xarakatlarining mahalliy uslublari , ya’ni o‘z”shevalari”vujudga kelgan.
Ansambllar odatda ancha ixcham bo‘lgan: uchta cholg‘uchisi, ikkita raqqosa va shogirdlar, shunga qaramasdan ansambillar bir necha soat davomida muayan mazmun va kompozitsion tuzilishiga ega tomosha ko‘rsatishga qodir bo‘lishgan.Bu muqaddima , uch-to‘rt asosiy qism va xotimadan tashkil topgan o‘ziga xos an’anaviy teatrdir.Unda jonli so‘z, qo‘shiq,(etakchi xonanda doirada usul berib, Xorazmda –garmonda qo‘shiq Xorazmda –garmonda qo‘shiq boshlaydi, boshqalar jo‘r bo‘lishadi), raqs birikadi, uyg‘unlashadi.Biroq raqs etakchi xisoblanadi , sozanda , xalfa, yallachi tomoshalarida raqs vositalari bilan muhabbat , go‘zallik va yaxshilik ramzi bo‘lmish jozibali go‘zal qiz obrazi yaratiladi.Kuy va usul ularga yordamchi vazifasini bajaradi. Xalq saxnaviy raqsi ko‘rinishlari o‘tmishda xam bo‘lgan , albatta raqs ustalari faqat tomoshabinlar davrasidagina emas, maxsus qurilgan saxnalarda, ayvonlarda xam tomosha bergan. SHunaqa tomosha bilan saxna ayvon oldida o‘tirgan xolda raqs ijrosini bir tomondan ko‘rishgan , raqs kompozitsiyasi shunga mos ko‘rilgan va ijro etilgan. Ammo xalq sahnaviy raqsi baribir XX asrda Toshkent , Samarqand va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida maxsus teatr binolari qurilishi bilan bog‘liq holda paydo bo‘ldi.Asr davomida rivojlandi va raqs san’atining mustaqil turi sifatida o‘sib chiqdi.Ijtimoiy hayotimiz taraqqiy etgani sari boshqa san’at sohalari kabi raqs san’ati ham kundan –kunga boyib, uning xarakteri, mavzulari o‘zgarib bordi.Mehnat raqslari esa yangicha talqinda , yangi hayotiy ehtiyoj sifatida,insonlarga ruhiy madad beruvchi, quvonch va rohat baxsh etuvchi raqslar ijro etila boshlandi.
Zardushtiylik diniga e’tiqod qilgan davrlarda xalq raqslari va professional raqs turlari rivojlangan. IV-VIII asrlargakelib Samarqand, Buxoro, SHaxrisabz, Toshkent xududlaridan etishib chiqqan raqs ustalari Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab dunyoning turli mamlakatlarida o‘z iste’dodlarini namoyish etishgan.Xususan, xitoyda ajdodlarimizning “Xusyuan’u”raqsi dong taratgan. Mazkur san’at turi , ayniqsa, Amir Temur va temuriylar saltanatida ravnaq topgan.Unda xotinqizlarning o‘rni katta bo‘lgan.rang-baranglik, tarihiy qatlamlar raqsda yaqqol ko‘zga tashlangan.Olov atrofidagi o‘yinlar , Anaxita va Rustam timsollariga bag‘ishlangan o‘yinlar, maqom raqslari , “Arg‘ushtak”,kabi raqslar shu jumladandir.”Munojot”,”Tanovor”,”Lazgi” raqslari ham aynan shu davrda malakali ijrochilar dasturidan mustahkam o‘rin olgan.XV-asrning ikkinchi yarmi va XVI-asr boshida Sayid badr, Tohir chakka, Mohchichuk, Maqsudali, Katta Moh, Kichik Moh laqabli raqs ustalari shuxrat qozondi.Bu davrda raqs san’ati xalq raqsi va malakali raqs yo‘nalishida rivojlandi Raqs san’ati asrlar davomida tarixiy,ijtimoiy va geografik sharoitlar ta’sirida takomillashib , bugungi ko‘rinishga etib kelgan.
Raqs san’ati xalqlarni dunyoga tanitadigan nozik san’at turlaridan biri xisoblanadi. Uning ijrosi , so‘z siz, insonga ta’sir qiladi,qaysi tilda so‘zlashishidan qat’i nazar, hamma uchun tushunarli, barchaga birdek estetik zavq bag‘ishlaydi.Har bir xalqning asrlar davomida shakllangan va avloddan avlodga o‘tib kelayotgan bebaho merosi bo‘ladi.
Jaxon xamjamiyatining milliy qadriyatlar va an’analarni qadrlash, bebaho san’at asarlariga chuqur hurmat tuyg‘ularini singdirishga qaratilgan say-harakatlari bugun ancha jadal rivojlanmoqda.Avloddan-avlodga o‘tuvchi bunday milliy qadriyatlar, bir so‘z-bilan aytganda , xalqni xalq qiladigan milliy o‘zlik demakdir.
Xorazm va Buxoroda xozir xam qayroq bilan usul berish,qo‘l va oyoqlarga qo‘ng‘iroqchalar bog‘lab chiqish(zang), Xorazm raqqosalarining jig‘ali qalpoqlari va ko‘krakka taqiladigan bargaklari, Buxoro raqosalarining ko‘pincha zardo‘zi keng ko‘ylaklari va baland ksavali bosh kiyimlari xamon qadirlidir.Farg‘ona raqsida esa xamon doira usullari, puxta ishlangan ko‘l xarakatlari , jilvalari muhim o‘rin egallab kelgan.
O‘zbek raqsining maktablarida shu kungacha xotin-qizlarning an’anaviy turg‘un repertuar va ijro uslubiga ega bo‘lgan qadimiy musiqiy-raqs san’ati yashab keladi
O‘zbek ayollari yakka raqslari XX asrning boshlariga kelib zamonaviy ko‘rinish ola boshladi.Bu endi sahnaning paydo bo‘lishi va u qo‘yadigan talablar bilan bog‘liq edi. Raqs san’ati ustalari endi raqslarni saxnalashtira boshladilar, ommaviy raqs kompozitsiyalarini yaratdilar.Raqslarni sahnaga qo‘yuvchi ,uning mumtoz nusxasini yaratuvchi san’atkorlar-xoreogrfalar paydo bo‘ldi.
O‘zbek raqs san’atining paydo bo‘lishida . uning ravnaq topishida . gullab –yashnab butun dunyoga ko‘z-ko‘z qilishiga o‘z hissasini qo‘shgan , raqs san’atimizning buyuk daholari bo‘lmish Asqar hoji Xaydaralievning XX asrda raqs san’ati Buxoro raqsi, Xorazm raqsi, Farg‘ona raqsi yo‘nalishida ; zamonaviy sahna talablari asosida qayta ishlangan sahnaviy xalq raqsi sifatida:miliy raqs unsurlaridan foydalanilgan balet spektakllari tarzda rivojlanib keldi.Mazkur yo‘nalishlarning har biri asr davomida bir necha tarixiy bosqichini bosib o‘tib, o‘z shaklishshamoyili, mazmuniga ega bo‘ldi.Bir qator davlat va xalq raqs jamoalari jahonga tanildi.Bunda faoliyat ko‘rsatgan atoqli raqqos Hamdamxon nomi bilan chambarchas bog‘liqdir. Hamdamhon Farg‘ona vodiysi shaharlarida Toshkent va Samarqandda,1905 –yilda esa Kavkazorti mamlakatlarida o‘zbek xalq raqsini yangi asosida sahnalarda ijro etib , raqsi yo‘nalishida zamonaviy sahna talablari asosida qayta ishlangan sahnaviy xalq raqsi sifatida yangi yo‘nalishini boshlab berdi. Ayniqsa xalq sahnaviy raqsi taraqqiyotida Usta Olim Komilov ,YUsufjon qiziq SHakarjonov, Tamaraxonim, Mukarrama Turg‘unboeva . Isahor Oqilov, Gavxar Rahimova ,Qunduz Mirkarimova, Roziya Karimova va ularning shogirdlarini eslab o‘tish joizdir.
Ular o‘zbek xalq raqs san’atining xaqiqiy jonkuyarlari, va fidoyilari bo‘lganlar. Ularning qilgan mashaqatli mehnatlari o‘zbek raqs san’atining bebaxo boyligi hisoblanadi.Ularning raqslari ,ijro mahorati xususida “Baxor”, “SHodlik”. “Lazgi”,”Zaarafshon”kabi ansambillari raqslari xaqida tasavvur xosil qilishimiz mumkin.
O‘zbekiston xalq artisti –san’at ustasi Tamaraxonim o‘zbek ayollar raqsiga erkin xarakatlarni kiritdi. Uning usullari raqslarga aloxida joziba baxsh etadi.Tamaraxonim hayotligidayoq o‘ziga xaykal qo‘ya olgan.Fikrimizni to‘ldirish uchun O‘zbekiston xalq yozuvchisi Turob To‘laning so‘zlarini keltirishimizning o‘zi kifoya:”Yigirmanchi yillarda xalq uning tomoshalariga o‘yinchi Tamaraxonim”, deb boradi.O‘ttizinchi yillarda “Tamaraxonim teatri”deyidigan bo‘lishdi.Qirqinchi yillarga kelib “Tamaraxonim tomoshasi”deyish urf bo‘ldi.Xatto o‘zbek musiqali teatriga ham Tamaraxonim uchun kiradigan bo‘ldilar va shu tariqa bu ajoyib san’atkor o‘zbek san’atining yulduziga aylanib qoldi”
Taniqli polyak adabiyotshunosi Tadeush Komarning “Siz qo‘shiq kuylagan barcha xalqlarning qizisiz”degan so‘zlari tamaraxonimni is’tedodiga berilgan xaqiqiy baho edi.CHindan xam tamaraxonim o‘z umri davomida saksondan ortiq xorijiy mamlakatlarda bo‘lib , millionlab tomoshabinlarni o‘z san’atiga maftun etgandi.Zero, uning san’atga tahsin o‘qigan kishilar orasida o‘z zamonining buyuk insonlari Javoxarlal Neru,Jamol bdul Nosir, Raj Kapur, Aram Xachatupyan, Arkadiy Raykin, YUriy Gagarin singari insonlarning borligi har qanday kishini to‘lqinlantirib yuboradi...YUrtimizning barcha qurilishlarida o‘z san’atini namoyish etib tomoshabinlar qalbini quvonchga to‘ldirgan san’atkor, ikkinchi jahon urushi jang maydonlarida ham o‘z raqs va qo‘shiqlari bilan xizmat qilishdan cho‘chimagandi.Bu qaxramonlik taqdirlanib , o‘sha yillari Tamaraxonimga “Armiya kapitani”unvoni xam berilgan.
O‘zbek raqs rivojida Mukarama Turg‘unboevaning xizmatlari beqiyosdir.Raqs malikasi edi u. Bu san’atkor xalq va mumtoz raqslarni asrab -avaylash bilan birga , ularni zamonaviy mazmun va shakl bilan to‘ldirdi. Bu maktablar Farg‘ona maktabi, Buxoro va Xorazm maktablaridir.Qadimda Farg‘ona va Toshkent raqslari ijrosi nafis, mayin va bosiqligi bilan ajralib turgan bo‘lsa , Buxoro va Xorazm raqslari quvnoq, xazilnamo, serharakatligi bilan mashhur edi,xullas biz uchala maktabni bir-biridan farqi kattaligini, biri-biriga o‘xshamasligini yaqqol ko‘rib turamiz va ajrata olamiz. Mukrama Turg‘unboevaning sa’yil xarakati tufayli 1957 yilda o‘zbek madaniyati va san’atida o‘chmas iz qoldirgan “Bahor” ansambili tuzildi. Ansamblda Mukarrama Turg‘unboeva qo‘ygan raqslar xaqiqiy san’at nafasi ufirib turadigan, badiiy yuksak betakror jilolarga boy asarlardir va bu raqslar o‘lmas meros bo‘lib qoldi.
Bular jumlasiga “Tanavor”, “Munojot”, ”Jonon”, ”Pilla”, ”Farg‘ona ruboisi”, “Roxat”, “Paxta”, “Katta o‘yin”, “Gulsara”, “Podachi” raqslari kiradi.SHu sababdan bo‘lsa kerak, bu raqslarni yozma tarzda qoldirish –qog‘ozga tushirish, kitoblar yaratish extiyoji tug‘uldi.
Sof xalq raqslari esa xalq orasida, qolaversa “SHalola”, “Sumalak”, “Nozanin”, “Beshqarsak”, ”Doston”singari xalq ansambillari dasturlarida o‘z boyligi va tarovatini saqlab , ko‘rgan kishilarni xayratga solib kelmoqda.O‘zbek raqs san’atining meros raqslar majmuasiga kirgan“Munojot”, “Tanovor”, ”Pilla” ”Rohat”, “Paxta”, “Katta o‘yin” va boshqa raqslarni biron-bir joyini o‘zgartirishga hech kimning haqqi yo‘q. Ushbu raqslarni boricha, ortiqcha elementlar qo‘shmasdan butunligicha o‘rgatish kerak.Aks xolda uslublar aralashib, o‘zbek milliy san’atining ko‘p qirrali boyligiga katta putr etkaziladi.
Mukarrama Turg‘unboeva yaratgan raqslar asosan Farg‘ona maktabidan foydalanilgan. Ko‘p o‘tmay Xorazm raqsi ustasi Roziya Otajonova raqslari, Buxoro raqs ustasi Isahor Oqilovlar saxnalashtirilgan raqslar paydo bo‘ldi.
Qo‘l va oyoq xarakatlari, liboslari va musiqiy uslublari bilan farq qiluvchi Xorazm, Buxoro va Farg‘ona raqs xarakatlari aniq ko‘zga tashlanib turadi. Xorazm raqqoslarining jig‘ali qalpoqlari va ko‘kraqqa taqiladigan taqinchoqlari, Buxoro raqslarining ko‘pincha zardo‘zi keng ko‘ylaklari va baland kasavali bosh kiyimlari xamon qadrlidir.Farg‘ona raqsida esa xamon doira usullari, puxta ishlangan qo‘l xarakatlari jilvalari muhim o‘rin egallab kelgan.
Xar bir raqsning o‘z mazmuni ya’niy xikoyasi mavjud, biz sizlar bilan ayrim raqslar xaqida suxbatlashamiz. Mukarrama Turg‘unboeva va Evgeniy Baranovskiy 1943 yilda saxnalashtirilgan ”Tanovor” raqsini olsak, raqs oddiy raqs bo‘lmay, u juda keng mazmunga ega, bu raqs-ishonch va orzu raqsidir. “Tanovor”noyob musiqali shoirona asar bo‘lib ayollarning baxt xaqidagi orzu-umidlariga bag‘ishlangan. O‘zbek sahnasining gul toji bo‘lib qolgan “Tanovor”raqsi –mashhur raqqosa hayotining bir bo‘lagi; ishq, sog‘inch, intizorlikini izhor qilish niyatida bog‘da uchrashishda vadaashadilar, qizning xarakatlaridan yigtini xam bog‘da deb xis qilamiz . “Tanovor” o‘zbek millatining mumtoz raqslaridan hisoblanadi.
“Munojot” raqsining lirik qaxramoni yulduzlar bilan so‘zlasha oladigan, turmush qiyinchiliklarini g‘olibona engib o‘tayotgan mag‘rur insondir.Raqqosa o‘zining nozik xatti-xarakatlari bilan nechog‘li latofatli kalb soxibasi ekanligini ifodalaydi. Uning aynan ana shu ko‘ngil go‘zalliklari hayotni nurafshon qiladi. Turmush qiyinchiliklari ortga chekinib, tomoshabin ko‘z o‘ngida keng va yorug‘ olam nomoyon bo‘ladi.
“Jonon raqsi 1944-yilda yaratilgan, ”Jonon” so‘zi tabiat yaratgan eng go‘zal, nafis, orombag‘ishlovchi xilkatga nisbatan aytiladi. Jonno insonga xos bo‘lgan go‘zal xislatlarni o‘zida mujassamlashtirgan. ”Jonon” raqsi buxoro maktabiga yaqinroq, shiddatli xarakatlardan tuzilgan raqs xarakatlari tantanavor quvnoq, tomoshabinini ruxlantiruvchidir. Raqsdagi chaqqon, yoqimtoy qiz obrazi o‘ziga bo‘lgan ishonchi, mustaxkam irodasi va jozibali xarakatlari bilan muxlisni o‘ziga rom eta oladi.
Bu raqsni birinchi bor Mukarrama Turg‘unboeva o‘zi ijro etgan. U yaratgan obrazni bunday ta’riflashgan edi:”Jonon raqsi”yoshlik madxiyasi, sevgi qo‘shig‘i sifatida yangraydi va raqqosaning serxarakat, baquvat, gavdasi quvonchga to‘lib kuyidek tez aylandi, maftun etuvchi ko‘zlari esa gox jilva bilan bo‘kadi, gox o‘ziga chorlaydi, gox jiddiylashadi, gox ma’yuslanadi, gox extirosga to‘lib, tabbasum ila boqadi. “Jonon” sevgiga idrok bo‘lish raqsidir.
“Pilla” raqsi Mukarrama Turg‘unboeva tomonidan 1952 yilda yangi ko‘rinshda yaratilgan bo‘lib, doira jo‘rligida ijro etiladi. Raqsda ipak qurtini boqishdan to pilla eg‘ib, dastgohda ip yigirish. Mato to‘qish va undan naqshlar bilan bezatilgan shoyi kyikcha tikilishigacha bo‘lgan mexnat jarayoni tasvirlangan.
Raqsni qisqacha syujeti shundan iborat:
sarviqomat xipcha bel qiz shoxlarni chaqqon dastadaydi. Mehr, ishtiyoq bilan ipak qurtlari atrofida parvona bo‘lib , parvarish qiladi, pilla o‘rganish kuzadadi, so‘ng savat-savat xosil teradi. Raqqosa o‘zi to‘qigan xarir ro‘molini tizzalari ustiga yoyib, unga gul tikadi, ipak qatimlarini ishva bilan tortadi, chevarning boshi mag‘rur tebranadi, ko‘rinishdan ish ko‘ngildagidek tez davom etmoqda. Raqqosa birdan seskanadi, igna qo‘lidan tushadi-barmog‘iga igna sanchib olgan bo‘ladi.Ish yana davom etadi.Mana endi u gir-gir aylanib doira bo‘lib shamol kabi yelib bormoqda. Bosh ustida esa shoyi kiykcha xilpirab uchmoqda.
Bu raqsni Mukarama Turg‘unboeva keyinchalik “Baxor ”, dastasi uchun ommaviy raqs sifatida xam qayta saxnalashtirgan. Xorazm xalqining eng sevmli xalq sevib ijro etib kelayotgan raqslardan biri “Lazgi”raqsidir.”Lazgi”-so‘zining ma’nosi raqs ijrosidagi qo‘l xaraktalar degan ma’noni anglatar ekan.Ushbu raqs texnikasi turli bosqichlardan iborat, ya’ni boshida eng sodda harakatlar bilan ijro etilib , murakkablashtirilib boriladi.Raqqoslar oldin barmoq, bilak, elka, qo‘l, oyoq orqali ijro etiladigan xarakatlarni bajarib butun tanani joilantiradi.Xorazm lazgisi nafaqat halqimiz ,balki balki dunyoning boshqa mamlakatlarida istiqomat qiluvchi san’atsevarlar tomonidan xam e’tirof etilgan.Bugungi kunda “Lazgi”ning bir necha turi mavjud:
roq lazgisi”, “Dutor lazgisi”, “Surnay lazgisi”,”Salki lazgi”va boshqalar.

Ushbu raqsning boshqa xalqlarnikidan o‘zgacha bo‘lishi, milliylikning yaqqol ufurib turishi va tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘lgani bejis emas.
Raqs san’ati xaqida so‘z ketganda Qizlarxon Do‘stmuxamedova , Dilafruz Jabborova, Malika Axmedova, Mamura Ergasheva, Nasiba Madraximova, Feruza Solixova,Rushana Sultonova,xozirgi zamon raqqosalaridanParizoda, opa-singil Muxabbat va Malika Qurbonovalar, Iroda Qodirova kabi san’at fidoiylari ko‘z oldimizga keladi.
Azal-azaldan liboslarimiz jaxon xalqlari o‘rtasida o‘z mavqeiga ega bo‘lgan. Sahnada xirom etayotgan raqqosaning xarakatlari, raqs kuyi, raqsning mazmuni to‘laligicha tomoshabinga etib borishida raqs liboslarining axamiyati kattadir.Raqs liboslari orqali afsonaviy, inson xis-tuyg‘ularini, tabiat go‘zalliklarini mehnat jarayonini ochib berish mumkin. Raqs liboslaridagi bezaklar, taqinchoqlar, naqshlarning barchasi raqsning xarakterini, uslubini, ularning bir-biridan farqlanishini ko‘rsatib beradi.
Ma’lumki, o‘zbek xalq raqsi o‘zining uchta maktab yo‘nalishiga ega. Ular bir-biridan musiqasi, xarakatlari, xamda liboslari bilan ajralib turadi. Ularning xar-biri o‘zgacha tarixga, qadr-qiymatga ega.Xozirgi kunda ayiniqsa. Folklor janri dunyo yuzini ko‘rayotgan bir davrda liboslarning axamiyati katta bo‘lib bormoqda.Raqs liboslarini ko‘rib uning qaysi maktabiga ta’luqli ekanligini ajrata olamiz.
Kiyim inson ma’naviyati, madaniyatining bir ko‘rinishidir. n xalqlari o‘rtasida o‘z mavqeiga ega bo‘lgan. Masalan “Tanovor” raqs kuyini eshitish bilanoq,
ko‘z oldimizga beqasamdan xalat, oq ko‘ylak , boshiga durra o‘ragan, bilagida bilaguzuk, bo‘ynida dur mo‘nchoq, qulog‘ida baldaqli sirg‘a taqqan raqqosa keladi. Xorazm “Lazgi”sida esa ixcham ko‘ylak, boshida chiroyli taqinchoqli, chap tarafida pati bo‘lgan do‘ppi, bilagida “zang” ko‘ksida Xorazm uslubidagi taqinchoqlardan iborat raqqosa namoyon bo‘ladi. Buxoro uslubida raqs xarakteriga mos, zalvorli, og‘ir, bosiq xarakterli, kuyga uyg‘unlashib ketgan zardo‘zi, ko‘ylak etagi va engi keng, zarhal iplar bilan tikilgan naqshli ko‘ylaklar, bosh kiimi zarli peshonaband, orqasida hari ro‘mol. Bu uch yo‘nallishdagi raqsning, ko‘ylak va taqinchoqlari bir-biridan farq qiladi.
Mustaqillik davrida raqs san’ati yanada tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda.1997-yil 8-yanvardaO‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “O‘zbekistonda milliy raqs va xoreografiya san’atini rivojlantirish to‘g‘risida”gi farmoni va mazkur farmonni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining o‘sha yili 25-fevrlda 101-qarori chiqdi.SHu asosoda M.Turg‘unboeva nomidagi “O‘zbekraqs”ijodiy birlashmasi tashkil topdi,birlashma qoshida maxsus jamg‘arma tuzildi.Xoreografiya bilim yurti negizida esa Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi barpo etildi.”O‘zbekraqs”,”O‘zbeknavo” ijodiy birlashmalari tarkibidagi ansambillar , xalq raqs merosini o‘rganish va tiklash asosida yangi raqslar yaratish, an’anaviy raqslarni asrabavaylash va munosib darajada namoyish etish,yosh raqqos va raqqosalarni tarbiyalab etishtirish bo‘yicha olib boryotgan harakatlari ijodiy natijalar bermoqda.Milliy raqs ijrochiligi bo‘yicha M.Turg‘unboeva nomidagi mukofot ta’sis etilgan.Bu qator davlat va xalq raqs ansambillari , raqs ustalari jahonning turli mamlakatlarida bo‘lib, o‘zbek raqs san’atini namoish etmoqdalar.
“O‘zbekraqs”birlashmasi tarkibida“Bahor”, ”Zarafshon”, ”Lazgi”, ”Tanovor”, ”Aykulash” (Qoraqalpog‘iston) nomli katta ansambillar” Sumalak” (Andijon), ”Lola” (Buxoro). ”Gulira’no” (Jizzax),” Momogul” (Qashqadaryo), ”Navoy navolari”, ”Namangan gullar”, ”Samarqand bahori”, ”Guldasta” (Surxandaryo), ”SHalola” (Toshkent viloyati), “Anor”, “Kamalak” (Farg‘ona), ”Xorazm navolari” ansambillari kiritildi.
Milliy raqs va xalq ijodiyotini rivojlantirish, yosh iste’dod egalarinin aniqlash maqsadida har yili M.Turg‘unboeva nomidagi respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish vazifa qilib belgilandi.Lo‘nda qilib aytganda , butun mamlakat bo‘yicha raqs havaskorligi xarakatini yanada kuchaytirish yigitlar raqsini izga solish, an’anaviy raqs ijro uslublarini asrabavaylash asosida yangi-yangi raqslar yaratish, unitilgan qadimiy raqslarni , harakatlar va holatlarni tiklash, raqs ta’limini yaxshilash, joylarda raqs kolejlari ochish, raqs tarixini o‘rganish,milliy raqslarni yozib olishning eng qulay uslubini ishlab chiqarish va joriy qilish,raqs san’ati tanqidi va targ‘ibotini yo‘lga qo‘ish, raqsshunoslar, raqs mualimmlari va baletmeysterlarning baquvat zaxirasini vujudga keltirish kabi vazifalarini bajarish uchun qonuniy va tashkiliy asos yaratiladi.
Mutaqillik sharofati bilan qadriyatlarimiz , xususan o‘lmas merosimizga e’tibor ancha ortdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 5 aprelda “O‘zbeknavo” gastrol –konsert birlashmasini tashkil etish to‘g‘risidagi Farmoni e’lon qilindi.”O‘zbeknavo”birlashmasi filrmoniya, estrada, raqs, san’atning eng yaxshi jamoalaridan tashkil topib , o‘zbekiston xalqlarining milliy mumtoz va zamonviy musiqa xamda raqs san’atining eng yaxshi yutuqlarini rivojlantirish , asrab va targ‘ib qilishga da’vat etildi. O‘zbek xalqi raqsni sevedi. So‘ngi yillrada farovon va ozod hayotimizni, baxtiyor yoshlikni , chin sevgi, sadoqat va xushchahchahlikni tarannum etuvchi zamonaviy , dilbar raqslar, avlod-ajdodlarimizning hayoti, urf-odatlarini yana yangi avlodga etkazib berayotgan folklor raqslari ko‘paydi. Ularda zamonaviylik bilan birga milliy ruh hamohang ifodalanishi raqs san’atining yutuqlaridan deyish mumkin.
O‘zbek madaniyati taraqiyotida raqs san’ati xamisha salmoqli o‘rin egallab kelgan..
Farzandning kelajakda qaysi kasbini egallashi, qanday fel-atvori egasi bo‘lishi dastlabki tarbiya, kamol topayotgan oilasidagi muxitga bog‘liq, raqs san’ati yaxshilik, ezgulik urug‘larini kurtak otishi, qizlarning sog‘lom, qomati raso bo‘lib ulg‘ayishida raqsning o‘rni beqiyos dir. Xar bir yurtning sharafini uning iqtidorli, is’tedodli farzandlari dunyoga taratadi,xalqimizning is’tedodli, ixtidorli farzandlari juda ko‘pdir, chunki san’at o‘zbek millatining yuragining tub- tubida joylashgan.
Ta’kidlash joizki , jaxon hamjamiyatining milliy qadriyatlar va an’analarni qadrlash , bebaxo san’at asarlariga chuqur hurmat tuyg‘ularini singdirishga qaratilgan sa’iy-xarakatlari bugun ancha jadal rivojlanmoqda.Avloddan-avlodga o‘tuvchi bunday milliy qadriyatlar, bir so‘z bilan aytganda, xalqni xalq qiladigan milliy o‘zlik demakdir.
Maktabda va bog‘chada o‘tkaziladigan xar bir ertaliklarni, turli tadbirlarni musiqa va raqssiz tassavur etib bo‘lmaydi.Jumladan, musiqali ritmik xarakatlarning xam o‘z o‘rni bor. Bunda bola ritmni xis qiladi, qomatlari chiroyli bo‘lib, to‘g‘ri yurishni, musiqa ostida xarakat qilishni o‘rganib boradi.
O‘zbek madaniyati taraqqiyotida raqs san’ati xamisha salmoqli o‘rin egallab kelgan. U hamisha o‘sishda va izlanishda, harakatda bo‘lgan va bundan keyin ham shunday bo‘laveradi.


Foydalangan adabiyotlar:

1.I.A.Karimov.”YUksak ma’naviyat engilmas kuch”. Toshkent- 2011 y.


2.”O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”. Davlat ilmiy nashriyoti . Toshkent -2008 y.
3.I.Jabborov.”O‘zbek xalq etnografiyasi”.Toshkent-2007 y.
4.R.Karimova, D.Sayfullaeva ”O‘zbek ayollari yakka raqslari”.
Toshkent-2007 y
5.R.Karimova.”O‘zbek raqslari”.2003 y.
6.N.Abrayqulova.”Raqs jamiyati bilan ishlash”.Toshkent-2003 y.
7.”Raqs dudonalari” Toshkent-2003 y.
8.”Ma’rifat” ro‘znomasi -2014 yil 29-mart, №26 (8675) .







Download 6,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish