Systema yaxlit, qismlardan tarkib topgan, birikkan 1 ishharakat, mehnat, texnik jarayonlar va shu kabilardagi qismlarning oʻzaro bogʻlikligidagi tartibot, tizim



Download 16,86 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi16,86 Kb.
#418641
Bog'liq
Sistema


Sistema (yunoncha: systema — yaxlit, qismlardan tarkib topgan, birikkan) — 1) ishharakat, mehnat, texnik jarayonlar va shu kabilardagi qismlarning oʻzaro bogʻlikligidagi tartibot, tizim; 2) narsa, hodisa, tushuncha va boshqalarning tasnifi; 3) muayyan tarzda oʻzaro bogʻlangan va bir qadar yaxlitlikni tashkil etadigan elementlar majmui. S. haqidagi birinchi tasavvurlar antik falsafada shakllangan. Yunon falsafasi va fanida S. tushunchasi bilimlarga nisbatan qoʻllanilgan (Yevklid, Platon, Aristotel va boshqalar). Keyinchalik bu tushunchani B. Spinoza va G. Leybnits rivojlantirib, umuman borliqqa nisbatan tatbiq qilgan. Yangi davr falsafasi va fanida S. tushunchasidan ilmiy bilimlarni tahlil qilishda foydalanilgan. Bilimlarning S.lilik tamoyillarini nemis faylasuflari I. Kant, F. Shelling , G. Gegel ishlab chiqqan. 19-asrning 2-yarmidan boshlab, S. tushunchasi ilmiy bilimlarning turli sohalariga kirib bordi. Bunda evolyusion nazariya, nisbiylik nazariyasi, kvant fizikasining yaratilishi, struktural lingvistika va boshqalarning vujudga kelishi katta ahamiyatga ega boʻldi. S. tushunchasi yaxlitlik, tuzilish, aloqa, munosabat tushunchalari bilan uzviy bogʻliqdir. S. tushunchasi nihoyatda keng koʻlamda qoʻllanadi. Umuman voqelikdagi har qanday obʼyektga S. sifatida qarash mumkin. S. bir necha muhim belgilar — yaxlitlik, tuzilmalilik, muhit bilan oʻzaro aloqadorlik va shu kabilarga ega boʻlishi kerak.
S.larni moddiy va abstrakt S.larga boʻlish mumkin. Moddiy S.lar, oʻz navbatida, anorganik tabiatli S.lar va jonli S.larga ajraladi. Jonli S.larga eng oddiy biologik S.lar hamda murakkab biologik obʼyektlar (organizm, tur, ekologik S.) kiradi (qarang Sistematika). Moddiy jonli S.larning alohida turkumini ijtimoiy S.lar tashkil etadi (mas, urugʻ, qabila, qavm, tabaqa, elat, jamiyat va h.k.). Abstrakt S.lar inson tafakkuri mahsulidir, ular ham koʻp xillarga boʻlinishi mumkin (mas, tushunchalar, gipotezalar bunday S.larning alohida koʻrinishlaridir).
S.larni boshqacha tasniflashga koʻra, statik va dinamik S.larga ajratish mumkin. Statik S.ga vaqt oʻtishi bilan bir holatda qolish xos boʻlsa, dinamik S. esa vaqt oʻtishi bilan oʻz holatini oʻzgartira boradi.
Hozirgi davr fan va texnika taraqqiyoti xoʻjalikni boshkarish va milliy miqyosda axborotlar toʻplash hamda oʻrganishning avtomatlashtirilgan S.larini ishlab chiqish va amalda qoʻllashni talab etmoqda. Turli S.larni tadqiq qilish bilan bogʻliq masalalar S.larning umumiy nazariyasi, kibernetika, sistemotexnika, sistemali analiz va shu kabilar doirasida oʻrganiladi.
Download 16,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish