SXM -202
Xurramov Sodiq
Ozbekistonda yer resuslaridan foydalanishda kelib
chiqadigan muammolar .
REJA:
1.
Ozbekistonda yer resuslari.
2.
QISHLOQ XO‘JALIGIDA YER VA SUV RESURSLARIDAN SAMARALI
FOYDALANISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
3.
Adabiyotlar
Iqlim o‘zgarishi sharoitida yer resurslarini barqaror boshqarish
masalalariga bag‘ishlangan Respublika ilmiy-amaliy seminarida bu
haqida gapirildi. Ushbu tadbir jahon hamjamiyati tomonidan har yili
22 aprelda nishonlanadigan Umumjahon Yer kuni bayramiga
bag‘ishlandi.
Osiyoning ikkita buyuk daryolari oralig‘ida joylashgan O‘zbekiston,
haqiqatdan ham boy tabiiy landshaftlarga, yer osti boyliklari va
resurslariga ega. Raqamlar ham shundan dalolat beradi. O‘zbekiston
yer fondining umumiy maydoni 44,9 mln. gektarga teng. Hozirgi
paytda O‘zbekiston yer fondining 9,7 % (4315,7 ming gektar)
sug‘oriladigan dehqonchilik bilan band, 2 % ga yaqini (756,3 ming
gektar) tog‘ oldi lalmikor yerlari, 47 % (21128 ming gektar) dasht va
yarim dasht yaylovlari, 8 % ga yaqini (3434 ming gektar)
o‘rmonzorlar. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi faoliyatining jiddiy
intensifikatsiyasi bilan birga tabiiy resurslarni saqlash va ulardan
oqilona foydalanishda muammolar yuzaga keladi.
Ushbu masalalarning muhokamasi va hal qilinishi o‘tkazilgan
seminarning asosiy mavzusi bo‘ldi. BMT Rivojlanish dasturi, Global
Ekologik Fond va O‘zbekiston Respublikasining Davlat yer resurslari,
geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi
(Davergeodezkadastr qo‘mitasining) «O‘zbekistonning tog‘li, yarim
dasht va dasht landshaftlaridagi sug‘orilmaydigan qurg‘oqchil
yerlardan raqobatlashuv tarzida foydalanish natijasida tabiiy
resurslardan foydalanishga bosimni kamaytirish» qo‘shma
loyihasining mutaxassislari va milliy sheriklari yer resurslarini oqil ona
boshqarish va muhofaza qilishning huquqiy, iqtisodiy va ekologik
jihatlariga taalluqli bo‘lgan masalalarni ko‘rib chiqishdi.
Ma’ruzachilarning taqdimotlarida quyidagi dolzarb mavzular tilga
olindi: O‘zbekistondagi qurg‘oqchil yerlarni boshqarishni
takomillashtirish yo‘llarini aniqlash; yaylov va lalmi yerlarning
unumdorligini yaxshilash bo‘yicha ishlarning samaradorligini oshirish
usullari; yer resurslari sohasida mutaxassislarni tayyorlash masalalari;
yer resurslaridan barqaror foydalanish va toza q/x (organik)
mahsulotlarini olishning asoslari.
Uchrashuv doirasida so‘zga chiquvchilar O‘zbekistonda yerlarning
hisobini yuritish va inventarizatsiyasi bo‘yicha zamonaviy usullarni
ishlab chiqish va joriy etish masalalari, jumladan tuproq yuzasini
o‘rganishda raqamli tuproq xaritashunosligi, tuproq-geografik
ma’lumotlar bazasi, geografik axborot tizimlari (GAT texnologiyalari)
va yerlarni masofali zondlash (YeMZ) texnologiyalari mavzularini
yoritishdi.
Ushbu majlis zamonaviy yerdan foydalanish, tabiiy resurslardan
foydalanish, ekotizimlar va agroekolandshaftlar xizmatlariga oid
dolzarb muammolarni va ularning kesimida kelib chiqadigan
muammolar va tahdidlarni muhokama qilish imkoniyatini yaratdi.
Seminar ishtirokchilari shuni qayd qilishdiki, tabiiy resurslarni,
xususan qishloq xo‘jaligi maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarni
boshqarishni takomillashtirish uchun davlat tomonidan yordami bilan
birga mahalliy aholining faol ishtiroki zarur. Shuningdek, barqaror,
ekologik maqbul qishloq xo‘jaligi tamoyillariga asoslangan yerdan
foydalanish tamoyillarini kelgusida ko‘rib chiqish, to‘plangan
mahalliy va xalqaro tajribadan foydalanish imkoniyatlari muhokama
qilindi.
Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari
qo‘mitasi, O‘zbekiston Ekologik Harakati va «UZGIPROZEM»
GNIIP bilan hamkorlikda tashkil qilindi.
***
«O‘zbekistonning tog‘li, yarim dasht va dasht landshaftlaridagi
sug‘orilmaydigan qurg‘oqchil yerlardan raqobatlashuv tarzida
foydalanish natijasida tabiiy resurslardan foydalanishga bosimni
kamaytirish» qo‘shma loyihasi haydaladigan lalmi yerlar, yaylovlar va
o‘rmonlarni kompleks va barqaror boshqarishni amalga oshirish uchun
strategiya, qonunchilik va institutsiyaviy bazani ishlab chiqilishi va
takomillashtirishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |