1.1. Kinematik sxemalar.
Mashina elementlarining bir-biriga nisbatan harakatini tushuntirib beradigan sxema kinematik sxema deyiladi. kinematik sxemalar elementlari o‘zDst 2.770:2003 ga binoan shartli belgilarda soddalashtirilib chiziladi. Vallar, o‘qlar, shatunlar asosiy yo‘g‘on tutash chiziqda, qolgan elementlari ingichka tutash chiziqda chiziladi. 1-chizma, a, b da tishli g‘ildiraklarning harakatlarini kuzatib o‘rganadigan modellardan birining kinematik sxemasi tasvirlangan. Modelning asli o‘rnida uning yaqqol tasviri bo‘yicha: chapda bir juft qiyshiq tishli silindrik ilashmadan vint (chervyak) tishli uzatmaga harakat beradi. o‘z navbatida, chervyak tishli ilashma reykali uzatmani harakatga keltiradi. sxemada ushlagich (1) orqali val (I) aylantirilsa, qiyshiq tishli silindrik g‘ildirak (2) xuddi o‘zidek g‘ildirak (3) ni harakatga keltiradi. U, o‘z navbatida, val (II) ni aylanma harakat qildiradi. Val (II) dagi chervyak (4) chervyakli g‘ildirak (5) ni harakatlantiradi. U, o‘z navbati- da, val (III) ni aylantiradi. natijada silindrik tishli g‘ildirak (6) reyka (7) ni harakatga keltiradi.
1-chizma 1-chizmadagi vertikal parmalovchi uskunaning kinematik sxemasi o‘qilsin, unda: 2, 3, 4, 6, 14-turli ko‘rinishdagi tishli uzatmalar, 5-parma joylashtiriladigan patron, 7-vintdagi gayka, 8-zanjirli uzatma, 9-elektr yoritgich, 10-detalning val bilan biriktiri- lishi, 11-podshipnik, 12-detalning valga qo‘zg‘almas biriktirilishi, 13kulachokli mufta tasvirlangan.
2-chizma
Buyumdagi detallarning o’zaro boglanishini va ularning bir - biriga nisbatan xarakatini ko’rsatuvchi sxemalar kinematik sxemalar deyiladi. Sxemada xama elementlar shartli grafik belgilar ko’rinishida chiziladi (1- jadval).
Kinematik sxemalarda vallar, o’qlar, sterjenlar, shatunlar va sho’nga o’xshashlar yo’g’onligi S ga teng asosiy tutash chiziqlar bilan, tishli gildiraklar, chervyaklar, yuldo’zchalar, shkivlar, kulachoklar va shunga o’xshashlar yo’g’onligi S/2 ga teng bo’lgan tutash chiziqlar bilan tasvirlanadi. Kinematik sxemada kinematik elemen- tlarning asosiy xarakteristikalari va parametrlari, masalana, digatelning nomi, tipii, xarakteristikasi, tishli gildiraklarning tishlari soni va moduli, tasmali uzatmada yulduzchaning tishlari soni va qadami ko’rsatiladi va hokazo (3-4chizma 3- chizma 4- chizma Kinematik sxemada vallar va o’qlar Rim rakamlari bilan, qolgan boshqa elementlar esa arab raqamlari bilan ko’rsatiladi. Raqamlar chetga chiqarish chiziqlarining tokchasiga qo'yiladi. Kinematik elementlarning paramertlari tokchaning ostida ko'rsatiladi (4-5- chizmalar). 3-chizmada tishli uzatmaning proektsiyasi (a) va fazoviy ko'rinishi (b) keltirilgan. 4- 5-chizmalarda tokarlik stanogining shpindelini xarakatga keltiruvchi kinematik sxema ko`rsatilgan.
5- Chizma Berilgan kinematik sxemani o'qishga ko’rishishda, avval sxemada tasvirlangan mexanizmning to’zilishi va ishlashini tushuntiruvchi yozuv tekstini diqqat bilan o'qib chiqish kerak. Kinematik sxemani o'qishni digatel tabiridan boshlash kerak (4-5-chizmalar). Kinematik zanjirning bo'ylamasiga nazar tashlab va sxemadagi grafik belgilarini jadvalda keltirilganlar bilan solishtirib, mexanizm tarkibiy qismlarining harakat uzatish usuli va uning vazifasi aniqlanadi. 5-chizma. Elektr sxemalar Printsipial elektr sxemalarda elementlar shartli grafik belgilar ko'rinishida chiziladi. YeSKD da elektr sxemalarning shartli grafik belgi- lanishiga anchagina standartlar va gishlangan, shuning uchun bu belgilar bilan "Elektrotexnika" kursini o'zlashtirgandan keyingina to'la tanishib chiqish mumkin. Buyumlar uchun elektr sxemalar elektr tarmoqlaridan uzulgan xolatida chiziladi. Elektr boglanish chiziqlari sxema formatiga qarab 0,2 mm dan 0,6 mm gacha yo’g’onlikda chiziladi. Elementning xarfiy belgisi elementning qisqartirilgan nomidan iborat bo’lishi kerak. 2- jadvalda buyum elementlarining elektrik sxemalarda YeSKDga muvofiq shartli tasviri keltirilgan
2-jadval
2-jadval
6 - Chizmada esa 1 K 62 markali tokarlik stanogining elektrik sxemasi misol tarikasida ko’rsatilgan.
6-chizma
3 -jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |