Brass qadimgi suzish usullaridan biridir. Arxeologik topilmalar, muzeylarda saqlanayotgan buyumlardan ma’lum bo`lishicha, eramizdan bir necha ming yillar oldin ko`pgina davlatlar halqiga xozirgi zamon krol va brass usulinn eslatadigan suzish usullari ma’lum bo`lgan va ular usha usullarda suzib bilganlar.

Brass sportcha va amaliy ahamiyatga ega. Brass sportcha suzish usuli sifatida XVI asrning birinchi yarmidan ma’lum. O`tgan yuz yilliklarda bu usul -qurbaqasimon suzish - deb nomlangan.
Brass Olimpiada o`yinlari dasturiga 1904 yili kiritildi. U vaqtda. bu usul bilan 44 yard (1yard -0,91m) masofaga. suzganlar. Keyinchalik suzuvchilar 200m masofaga musobaqalarda qatnashganlar.
1968 yildan musobaqa dasturiga 100 va 200 m (erkaklar va ayollar uchun) masofalar kiritildi.
Xozirgi kunda suzuvchilar brass usulida 100 va 200 m, arshshsh estafetani ikkinchi bosqichida 4x100 va kompleks suzishda 50 va 100 m masofalarga musobaqalashadilar.
1970 yilda brassni chayqaluvchan usuli yuzaga keldi. Suzuvchi harakati o`zining gavda chayqalishi bilan kapalak yoki delfin harakatini eslatar edi. U juda sekin rivojlandi. Musobaqa qoidasiga o`zgartirish kiritilib, siljish vaqtida boshni suvga botirishga ruxsat berildi.

Bugungi kunda FINA koidasi quyidagilarni talab qiladi:
- suzuvchi ko`qrakdaga holatda, yelkalari suv yuzasiga parallel:
- qo`llar harakati simmetrik va bir vaqtda:
- oyoqlar harakati simmetrik va bir vaqtda:
- qo`llarni tayergarlik harakati suv tagida bajariladi:
- qo`llar start va burilishdan tashqari boldir chizig`iga kirmasliga kerak:
Oyoqlarni bitta depsinish va qo`llarni bitta eshishidan tarkib topgan to`liq tsikl davomida bosh bir marta suv yuzasiga ko`tariladi. Hamma sportcha suzish usullari orasida brass eng ko`p amaliy ahamiyatga ega. Brass usulida boshqa usullarga nisbatan kiyimda suzish, biron-bir buyumlarni bir joydan ikkinchi joyga olib o`tish oson kechadi.