Suyuqlikli bosim o‘lchash asboblarining tuzilishi va vazifasi. Reja



Download 324,25 Kb.
bet1/4
Sana22.12.2022
Hajmi324,25 Kb.
#894403
  1   2   3   4
Bog'liq
10-maruza


SUYUQLIKLI BOSIM O‘LCHASH ASBOBLARINING TUZILISHI VA VAZIFASI.


Reja:

  1. Suyuqlikli bosim o’lchash asboblar

  2. Qalqovichli difmanometrlarning ishlash prinsipi.

  3. Qo’ng’iroqli manometrlar.

  4. Halqali bosim o’lchash asboblari.



Suyuqlikli bosim o’lchash asboblar. Bu asboblarning ishlash prinsipi o’lchanayotgan bosimning suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi bilan muvozanatlashishiga asoslangan. Asboblar turli ish suyuqliklari, ko’pincha simob, transformator moyi, suv va spirt bilan to’ldiriladi.
A sboblarda tutash idishlar prinsipi qo’llaniladi. Ularda ish suyuqligi sathlari ular ustidagi bosim teng bo’lganda mos tushadi, bosim teng bo’lmaganda esa, suyuqlik sathi shunday holatni egallaydiki, bir idishdagi ortiqcha bosim boshqa idishdagi suyuqlikning ortiqcha ustunining gidrostatik bosimi bilan muvozanatlashtiriladi. Ko’pgina suyuqlikli monome­trlar ish suyuqligining ko’rinadigan sathiga ega. O’sha sath bo’yicha ko’rsatishlarni bevosita yozib olish mumkin. Shunday suyuqlikli asboblar gruppasi borki, ularda ish suyuqligining sathi bevosita ko’rinib turmaydi. Sathning o’zgarishi po’kakning siljishiga olib keladi yoki boshqa qurilma xarakteristikalarining o’zgarishiga olib keladi. Bu xarakteristikalar yo raqamli qurilmalar yordamida o’lchanayotgan kattalikning bevosita ko’rsatishini, yoki uning qiymatini o’zgartirish va masofaga uzatishni ta’minlaydi.
Suyuqlikli asboblarning ba’zi xillarini ko’rib chiqamiz.
Ikki naychali manometrlar. Bosim va bosimlar ayirmasini (farqini) o’lchash uchun sathi ko’rinadigan ikki naychali simon manometrlardan va difmanometrlardan foydalaniladi Bunday manometrning prinsipial sxemasi 13.1-rasmda tasvirlangan. Ikki vertikal tutash naycha 1, 2 metall yoki yog’och asos 3 ga mahkamlangan bo’lib, unga shkala 4 mahkamlangan.
Agar naychaning ochiq qismidagi suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi ikkinchi qismdagi bosim bilan mos kelsa, sistema muvozanat holatda bo’ladi. Shunday qilib, quyidagi ifodani yozish mumkin:
(13.1)
bu yerda Рабс—o’lchanayotgan bosim, Pa;
Ратм— atmosfera bosimi, Pa;
snaycha kesimining yuzi, m3;
Н — suyuqlik sathining (ustun uzunligining) farqi, m;
ρ — suyuqlikning zichligi, kg/m3;
ρ1 — manometrdagi suyuqlik ustidagi muhitning zichligi, kg/m3;
g — tezlanish kuchi, m/s2.
Demak,
(13.2)
(13.3)
Agar manometrdagi suyuqlik ustida gaz bo’lsa, u holda:
(13.4)
Suyuqlik ustupi balandligini topish uchun ikki marta ustun balandliklarini sanab chiqish kerak (bitta tirsakdagi kamayishini, ikkinchisida esa, ko’payishini va ularning qiymatini ko’shish lozim, ya’ni
(13.5)
Bosimlar farqini (o’zgarishini) o’lchashda suyuqlikli differensial ikki naychali manometrning bir tomoniga (musbat) katta bosim, ikkinchi tomoniga esa (manfiy) kichik bosim beriladi. Musbat va manfiy tomonlardagi suyuqlik sathining farqi o’lchanayotgan bosimlar farqiga proporsional (∆R):
(13.6)

13.2-rasm. Bir naychali manometr.
M anometrlarda kapillyar kuchlarning ta’siridan xalos bo’lish uchun ichki diametri 8–10 mm bo’lgan shisha naychalardan foydalaniladi. Agar ish suyuqligi sifatida spirt olinsa, naychalarning diametrini kamaytirish mumkin.
Ikki naychali manometrlardagi xatoliklar manbai mahalliy erkin tushish tezlanishi g ning hisobiy qiymatidan chetga chiqishi, ish suyuqligi va o’lchanayotgan muhitning zichligi ρ ham ρ1, h1 va h2 balandliklarni o’lchashdagi xatolardan iborat.

Download 324,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish