Suyuqliklarni aralashtirish jarayonini matimatik modillashtirish va avtomatlashtirish Reja.; Kirish



Download 1,37 Mb.
bet2/8
Sana02.03.2022
Hajmi1,37 Mb.
#477600
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nigmatov Sayyod OOT — копия

Texnologik jarayonlarni modellashtirish texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ilmiy tadqiqotlarga tobora kengroq kirib borib, fan va texnikani rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi. Shuningdek, modellashtirish avvallari inson boshqarishga qodir bo‘la olmagan yangi, yuqori intensiv jarayonlarni amalga oshirishga, tabiatda ma’lum bo‘lmagan yangi, samarali materiallarni yaratishga imkon beradi.
Texnologik jarayonlarning murakkablashuvi va jadallashuvi zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini boshqarish faqat mikroprotsessor va boshqaruvchi hisoblash texnikasini qo‘llab, keng modellashtirish natijasida samarali bo‘lishga olib keladi.
Texnologik jarayonlarni modellashtirish - uzluksiz rivojlanuvchi tizim bo‘lib, u ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari va fan-texnikaning ko‘pchilik sohalari bilan uzviy bog‘langandir. Ishlab chiqarishni modellashtirishda yuqori samaradorlikka erishishning bevosita sharti asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash hisoblanadi. Modellashtirishni rivojlantirish jarayoniga quyidagi ko‘p sonli qonuniy va tasodifiy omillar ta’sir ko‘rsatadi: texnologiya va qurilmaning holati hamda modellashtirishga tayyorgarligi;
Xomashyo, yarim mahsulotlar va energetik resurslarning sifati hamda barqarorligi;
Xodimlarning malakasi, ishchi va mutaxassislar faoliyatini tashkil etish va hokazo.
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va modellashtirish faqat ishlab chiqarish texnikasini takomillashtirish hamda mehnat sharoitlarini yaxshilash bilangina emas, balki ishlab chiqarish rentabelligini oshirish, birlik mahsulotga ketadigan moddiy va mehnat xarajatlarini pasaytirib, uning texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlarini orttirish bilan bog‘liq.
Iqtisodiy omillar modellashtirish ob’ektini tanlab olishda asosiy omil hisoblanadi. Sanoatda modellashtirishning iqtisodiy samaradorligini orttirish omillari juda ko‘p. Hozirgi sharoitda modellashtirishning iqtisodiy samaradorligiga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar sonini kamaytirish hisobigagina erishishga ko‘p hollarda imkon bo‘lmaydi, chunki zamonaviy zavodlar, korxonalar, bo‘linmalarga nisbatan kam miqdordagi odamlar bilan xizmat ko‘rsatiladi. Shuning uchun iqtisodiy samaradorlikni oshirish omillariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Mahsulot sifatini oshirish, xom ashyo va turli xil energiya sarfini, ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytirish, ishlab chiqarish ritmini oshirish, mehnat unumdorligini va chiqarilayotgan mahsulot xajmini oshirish, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning mehnat sharoitini ishlab chiqarishning kishilar hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan hududlardagi zararli ishlarni yo‘qotish hisobiga yaxshilash.
Loyihalanayotgan va qurilayotgan yangi ishlab chiqarish korxonalarida modellashtirish texnologiya bilan uzviy ravishda bog‘lanishi kerak. Jadal texnik taraqqiyot tufayli «yosh» ishlab chiqarish ma’lum davrdan so‘ng «eskiradi» va yangilashni talab qiladi, shu jumladan amaldagi texnologik jarayonlarni nazorat qilish va modellashtirish tizimlarini yanada zamonaviy hamda takomillashganlari bilan almashtirishni talab qiladi. Amaldagi ishlab chiqarish korxonalaridagi modellashtirish tizimlarini takomillashtirishda, shuningdek,texnologiya va jihozlarni yangilashda mustaqil iqtisodiy baholashlar bo‘lishi mumkin.
Texnologik jarayonlarning murakkablashuvi va jadallashuvi tufayli zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini boshqarish ularni mikroprotsessor texnikasi va boshqaruvchi hisoblash texnikasini qo‘llab keng modellashtirish asosidagina samarali bo‘lishiga erishiladi. Modellashtirish talablari texnologik jarayonlar loyihalanayotgan bosqichdayoq hisobga olinganda modellashtirish katta samara beradi.
Kimyo texnologiyasini rivojlanishi xalqimiz uchun birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat sanoatini, aholini turmush farovonligini oshishiga, mustaqil davlatimizning iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga va xayotimizni kundan-kunga o‘sishiga olib keladi.
Ishlab chiqarishni rivojlanishi, nafakat oziq-ovqat turlarini ko‘paytirish bo‘lmasdan, sanoat texnik taraqqiyotini, zamonaviy texnologiyalarni qo‘o‘llash, qo‘l mehnatini kamaytirish, jarayonlarni barcha tomondan optimal boshqarish, iqtisodiy samaradorlikni o‘stirish kabi ko‘p qirralik rivojanishini nazarda tutadi.

  1. Texnalogik jaroyanlarni modillashtirish

1.1. Texnologik jarayonlarni modellashtirish haqida tushuncha.
Ushbu bo‘limda tizimning tahlil (analiz) qilish muammolari hamda tizimning sintezi muammolari haqida fikrlaniladi.
Qiziqarli misol sifatida elektr dazmol tizimini ko‘ramiz (1-rasm). Uning isitgich qismi (1), issiqlikning ta’sirini qabul qiluvchi qismi (2) odatda issiqlik ta’sirida bir tomondan ikkinchi tomonga bukiladigan plastina va elektr energiyasini qo‘shuvchi yoki uzuvchi kontakt (3) yopiq zanjirli sistemani tashkil qiladi.
1-rasm. 2-rasm.
Dazmol shnuri elektrga ulanganda dazmol harorati past bo‘lgani uchun kontak (3) bir-biriga tegib turganligi sababli isitgichga (1) energiya ulanadi. Dazmol harorati belgilangan darajaga еtganda plastinka (2) bukilib, kontakt (3) uziladi va isitgichning energiya bilan ta’minlanishi to‘xtaydi, dazmol sovuganda esa kontakt (3) yana ulanadi. Shunday qilib tizimda dazmolni isitish jarayoni biror belgilangan harorat atrofida boshqarib turiladi.
Jarayon - belgilangan tizimda bo‘ladigan va tizim holatini o‘zgartirib turadigan (ko‘rib, ushlab bo‘lmaydigan) hodisalar mujassamligidir. Hodisalar va sabablar mujassamligida jarayon aniqlanadi.
Tizim - jarayon sodir bo‘ladigan muxitdir (apparat, mashina, jamiyat). Tizim bir nechta tartib bilan yig‘ilgan elementlardan tashkil topib, biron maqsadga javob beradi. Tizimlarni shartli ravishda katta va kichik tizimlarga ajratish mumkin. Misol uchun: Texnologik sexni tahlil qilganimizda u bo‘limlardan iboratligi, bo‘limlar o‘z navbatida qurilmalar yoki apparatlardan iboratligini bilamiz.
Katta tizim quyosh tizimi, еr, inson tuzilishi– (bu tabiiy tizim). Katta apparat, texnologik bo‘lim, sex, zavod va hokazo. Kichik tizimlar yig‘ini katta tizim bo‘ladi.
Kichik tizim - oddiy tizim (stol, stul, auditoriya, isitgich, sovutgich).
Insoniyat tashkil qilingan sun’iy tizimlar - ma’lum tartibda ishlaydigan mayda tizimlar va elementlar yig‘indisidir. Masalan, sovutgich tizimi (xolodilnik)ni tahlil qilganda:
Bug‘latgich - alohida tizim; kondensator alohida tizim; kompressor tizimi - alohida tizim.
Tizimda bo‘layotgan jarayonni aniqlash, kuzatish va boshqarish uchun tizimning holat ko‘rsatkichlariga e’tibor beramiz. Tizim to‘g‘risida informatsion ma’lumotni bilish uchun uning holat qiymatlari aniqlanadi. Uni qora quti ko‘rinishida ifodalash, tasavvur qilishni еngillashtiradi.
Tizimda kerakli jarayon boradi (texnologik jarayon), shu jarayon tahlil qilinadi, ya’ni uning asosiy ko‘rsatgichlari o‘rganiladi. Boshlanishida tizim «qora quti» shaklida ko‘rinadi. Tizim o‘rganilib tahlil kuchaygan sari «quti»ravshanlashib ichidagi narsalar ko‘rinib boraveradi. Tizimni ko‘pincha abstrakt holatda ifodalaymiz.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish