Suyuqliklar va gazlar mexanikasi. Paskal va Arximed qonunlari



Download 121,5 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi121,5 Kb.
#11044

Aim.uz

Suyuqliklar va gazlar mexanikasi. Paskal va Arximed qonunlari.

Reja:


  1. Suyuqliklarda va gazlarda bosim. Paskal va Arximed qonunlari.

  2. Uzluksizlik va Bernulli tenglamalari.

  3. Jismlarning suyuqliklarda va gazlarda harakati.

O’quvchi bilishi kerak:

Suyuqliklarda va gazlarda bosim. Paskal va Arximed qonunlari. Dinamik, statik va gidrostatik bosim, Uzluksizlik va Bernulli tenglamalari. Jismlarning suyuqliklarda va gazlarda harakati. Jismlarning suyuqliklarda va gazlarda harakatini o’rganishning ahamiyati, peshona qarshilik, ko’tarish kuchi.



Mavzuning maqsadi: O’quvchilarga suyuqliklar va gazlarda bosim. Paskal va Arximed qonunlari haqida ma’lumot berish va ularning qo’llanilishnini tushuntirish.

Mavzuning bayoni:

1. Gazlarning molekulalari orasidagi o`zaro ta’sir kuchlari juda ham kichik ya’ni ular bir-birlari bilan qariyib bog’lanmagan. Shuning uchun ham ular doimo betartib harakat holatida va har tomonga uchib, ajratilgan hajmni to`la egallaydi.

Gazlardan farqli ravishda suyuqliklarning molekulalari bir-birlari bilan ancha mustahkam bog’langan va ular orasidagi masofa qariyib o`zgarmaydi. SHuning uchun ham suyuqlik siqilmaydi.  

Tinch turgan suyuqlikka yupqa plastinkalarni kiritaylik. Plastinkaning turli tomonlarida bo`lgan suyuqliklar uning har bir yuza elementiga, kattaliklari teng va ga tik yo`nalgan kuchlar bilan ta’sir qiladi.  



Birlik yuzaga suyuqlik tomonidan ta’sir etuvchi normal kuch bilan aniqlanuvchi fizik kattalikka suyuqlikning bosimi deyiladi.

yoki = Pa

Berk idishdagi bosimni o`lchash uchun ishlatiladigan asboblarga manometrlar, atmosfera bosimini o`lchash uchun ishlatiladigan asboblarga esa barometrlar deyiladi.

 Paskal qonuni: harakatsiz suyuqlikning istalgan joyidagi bosim hamma yo`nalishlarda bir xil va harakatsiz suyuqlik egallagan hajm bo`yicha bir xilda uzatiladi.

 Gidrostatik bosim.Suyuqlikning vazni harakatsiz, siqilmaydigan suyuqlik ichidagi bosimning taqsimlanishiga qanday ta’sir qilishini ko`raylik. Suyuqlikning muvozanat holatida gorizontal satx bo`yicha bosimi bir xil bo`ladi. Aks holda muvozanat bo`lmas edi. Shuning uchun ham harakatsiz suyuqlikning erkin satxi doimo gorizontal holatda bo`ladi. Agar suyuqlik siqilmaydigan bo`lsa uning zichligi bosimga bog’liq bo`lmaydi. Zichligi bo`lgan suyuqlik ko`ndalang kesim yuzasi S, balandligi h ustunining vazni

P=mg =ρVg =gSh bo`ladi.

Bu yerda; m – suyuqlik ustunining massasi; g – erkin tushish tezlanishi; V – suyuqlik ustunining hajmi.

Pastgi asosdagi bosim



gidrostatik bosim deyiladi.

 Arximed qonuni. Suyuqlikning pastki qatlamidagi bosim yuqori qatlamdagidan ko`ra kattaroq bo`ladi va shuning uchun ham suyuqlikka botirilgan jismga itarib chiqaruvchi kuch ta’sir etadi. Suyuqlikka botirilgan jismga shu suyuqlik tomonidan yuqoriga yo`nalgan va jism siqib chiqargan suyuqlik vazniga teng bo`lgan itaruvchi kuch ta’sir etadi. Arximed kuchi



 

bu yerda ρ-suyuqlikning zichligi , V-suyuqlikka botirilgan jismnig hajmi Arximed kuchi gazlarda ham mavjuddir.



2. Uzluksizlik tenglamasi. Suyuqlikning harakatiga oqish, harakatlanayotgan zarralar to`plamiga esa –oqim deyiladi. Quvurning ko`ndalang kesimlari S va S bo`lgan joylarida suyuqlikning oqim tezliklari mos ravishda va bo`lsin.  

Siqilmaydigan suyuqlik oqim tezligining oqim ko`ndalang kesimga ko`paytmasi o`zgarmas kattalikdir, ya’ni

 

ifodaga siqilmaydigan suyuqlik uchun uzluksizlik tenglamasi deyiladi. Daryoning keng qismida suvning sekin, tor qismida esa tez oqishi tenglamaning o`rinliligini ko`rsatadi .

 Bernulli oqayotgan suyuqlik bosimlari uchun qo`yidagi tenglamani aniqladi. Bernulli tenglamasi.

p-suyuqlikning statik bosimi deyilib u og’irlik kuchining mavjudligi natijasida vujudga keladi.



-dinamik bosimi deyilib, suyuqlik harakatining natijasidir.

ρgh – esa gidrostatik bosim, –suyuqlikning zichligi, – tezligi, h – oqimning balandligi.

Agar oqim gorizontal bo`lsa tenglama qo`yidagi ko`rinishni oladi.



3. Jismlarning suyuqliklarda va gazlarda harakatini o`rganish aviatsiyaning rivojlanishi va suv kemalarining tezliklarini ortishi bilan bog’liq. Shu maqsadda suyuqliklar va gazlarda harakatlanayotgan qattiq jismlarga ta’sir etadigan kuchlarni ko`ramiz.

 

Suyuqlik yoki gazda harakat qiladigan jismga ikkita kuch ta’sir qiladi (ularning teng ta’sir etuvchisini deb belgilaymiz).



Ularning birinchisi ( ) jismning harakat yo`nalishiga qarama-qarshi yo`nalgan bo`lib unga peshona qarshilik deyiladi. Jismning harakat yo`nalishiga perpendikulyar yo`nalgan ikkinchisi esa ( ) – ko`tarish kuchi deyiladi.

Peshona qarshilikifoda yordamida aniqlanadi. Bu yerda Sx – jismning shakli va oqimga nisbatan holatiga bog’liq bo`lgan o`lchamsiz koeffitsient, ρ – muhitning zichligi, - jismning harakat tezligi, s - jismning eng katta ko`ndalang kesimi

 Ko`tarish kuchi.





– ko`tarish kuchining o`lchamsiz koeffitsienti. α – burchakka oqimga xujum burchagi deyiladi.Uni shunday tanlash kerakki bunda peshona qarshilik kichik, ko`tarish kuchi bo`lsa kattabo`lsin. Bunday shart qanot sifatini ko`rsatuvchi koeffitsient qancha katta bo`lsa, shuncha yaxshi bajariladi.
Xulosalar: Birlik yuzaga suyuqlik tomonidan ta’sir etuvchi normal kuch bilan aniqlanuvchi fizik kattalikka suyuqlikning bosimi deyiladi. Arximed qonuni. Suyuqlikka botirilgan jismga shu suyuqlik tomonidan yuqoriga yo`nalgan va jism siqib chiqargan suyuqlik vazniga teng bo`lgan itaruvchi kuch ta’sir etadi. Paskal qonuni: harakatsiz suyuqlikning istalgan joyidagi bosim hamma yo`nalishlarda bir xil va harakatsiz suyuqlik egallagan hajm bo`yicha bir xilda uzatiladi

Uyga vazifa: O’tilgan mavzuni o’qish, ko’rgazmali qurollar tarqatma materiallar (referat, boshqotirma, modellar yasash, plakatlar) tayyorlash:

Mavzuga oid didaktik va texnik vositalar, foydalanilgan jihozlar:

Kodoskop, slaydlar,turli massali aravachalar, plakat, kartochkalar,Arximed va Paskal qonunlarining namoyish qurilmalar.



O’qitish uslublari:

O’quv mavzusini og’zaki bayon qilish, savol-javob, tadqiqot metodlari.



Adabiyotlar:

A.G’.G’aniev, A.K. Avliyoqulov, G.A. Almardonova “Fizika” I –qism 45-53 bet.

X.Axmedov, M.Doniyev,Z.Husanov.Fizikadan ma’ruza matni 2004 yil

Sinov savollari:



  1. Suyuqliklarda va gazlarda bosim.

  2. Paskal va Arximed qonunlari.

  3. Uzluksizlik va Bernulli tenglamalari.

  4. Jismlarning suyuqliklarda va gazlarda harakati.

  5. Samolyot qanotining ko’tarish kuchi.




Aim.uz


Download 121,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish