Darsda foydalanadigan metodlar. “Aqliy hujum”, “Klaster”, “BBB” metodlkari.
№
|
Dars rejasi
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2 minut
|
2
|
Uy vazifalarini so`rash
|
10 minut
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
20 minut
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 minut
|
5
|
Uyga vazifa berish
|
3 minut
|
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism:
O`qituvch dars jihozlarini darsga tayyorlaydi, o`quvchilardan davomat olinadi.
2. O`tilgan mavzu bo`yicha “Aqliy hujum” metodidan foydalanib darsni mustahkamlash.
O`quvchilar uch guruhga bo`linadi. O`quvchilarga shu metod asosida tuzilgan savollar beriladi.
1. Arximed qonuni nimadan iborat?
2. Arximet kuchi qaysi fizik kattaliklarga bog`liq.
3. Jismlarning suzish shartlari nimadan iborat?
4. Tuxum toza suvda cho`kadi, ammo shor suvda suzib yuradi. Sababi nimada?
5. qanday suvda odam cho`kmaydi?
6. Arximed qonunida qayerlarda foydalaniladi?
3. Yangi mavzu bayoni:
Reja:
1. Laminar va turbulent oqimlar haqida ma`lumotlar berish, ularning namoyon bo`lishini va o`zaro farqini misollar orqali tushuntirish.
2. Quvurning turli joylarida ko`ndalang kesimlari orqali bir hil vaqt ichida bir hil hajmdagi suyuqlik oqib o`tishini tushuntirish.
3. Suyuqlikning harakat tezligi quvurning ko`ndalang kesimiga bog`liqligini asoslab berish.
4. Suyuqlik ichidagi bosim haqida ma`lumot berish.
5. Bosimni suyuqlik yoki gazlarning tezligiga bog`liqligi.
6. suyuqlik va gazlarning harakatida bosimning tezlikka bog`liqligidan turmushda va texnikada foydalanish haqida tushuncha berish.
O`qituvchi yangi mavzuni boshlashda o`quvchilarga “Klaster” metodi bo`yicha muammoli savollar beriladi. Ular bu savollarga rasm asosida chizib izoxlab berishlari kerak.
Suv qayerlarda
harakatlanadi
O QIM
Laminar oqim yo`liga Turbulent oqim yo`liga
jism qo`yilsa, suv parallel jism qoyilsa, uning atrofida
qatlamlar bo`lib oqaveradi. Uyurma hosil bo`ladi.
O`quvchilar bu rasmlar asosida o`zlarining fikrlarini bildirishadi va baxs munozara asosida darslar tashkil qilinadi. O`qituvchi oqimlar to`g`risida hulosalar to`ldirib o`tadi.
Kichik tezliklarda sekin oqadigan suvning o`rta qismi bir tekisda, bitta chiziq bo`ylab harakat qiladigan oqim Laminar oqim deyiladi.
Katta tezliklarda, ko`p joylarda girdob, ya`ni uyurma ko`rinishda oqadigan oqim Turbulent oqim deyiladi.
Quvurning turli joylarida ko`ndalang kesimlari orqali bir hil vaqt ichida bir xil hajmdagi suyuqlik oqib o`tishini quyidagi chizma asosida tushuntiriladi.
S1 S2
V1 V2
Bu chizmadan ko`rinib turibdiki, quvurning turli joylaridagi ko`ndalang kesimlari orqali bir hil vaqt ichida bir hil hajmdagi suyuqlik oqib o`tadi. Quvurning ko`ndalang kesimi kichik bo`lgan joyida oqim tezligi katta bo`ladi.
S uyuqlik tinch xolatda turganiga nisbatan harakat xolatida qo`shimcha bosim bo`ladi. Bu bosimga dinamik bosim deyiladi. Bosim suyuqlik yoki gazning tezligiga qanday bog`liq bo`lishini quyidagi tajriba orqali bilish mumkin. Buning uchu 2 varaq qog`oz olib, tik holatda ushlaylik. So`ngra qog`oz orasiga puflaylik.
Shunda qog`ozlar bir biriga
tomon intilib yaqinlashadi.
Buning sababi shundaki,
Qog`ozlar orasidagi havo
puflash natijasida harakatga
keladi va u joydagi bosim
kamayadi. Qog`ozlarning
tashqi tomonida bosim,
ichqi qismidagidan katta
bo`lib qolganligi tufayli, qog`ozlarni siquvchi kuch paydo bo`ladi.
Baxor paytida uchiriladigan varraklarimizni osmonga ko`tarilishining sababi ham bosimlar farqi hosil bo`lishidadir. Samolyotlarning parvozi ham aynan 2 ta qog`oz varag`I orasida puflaganda bosimlar farqi hosil bo`lishi bilan tushuntiriladi.
Samolyot qanotida kelib urilayotgan shamol, qanotning ostki va ustki tomonidan o`tadi. Qanotning ustki qismida shamol ko`proq, ya`ni shamol tezligi katta bo`ladi. Shuning uchun shamol tezligi katta bo`lgan joydagi bosim P1 shamol tezligi kichik bolgan ostki qismidagi bosim P2 dan kichik bo`ladi. Natijada pastdan yuqoriga yo`nalgan bosimlar farqi hosil bo`ladi P=P2 – P1 hosil bo`ladi.
Futbol maydonida burchakdan tepilgan to`pning burilib darvozaga kirishiga sabab, to`pning o`rtasiga emas, balki biroz chetrog`iga usta futbolchi uni harakat davomida aylanishga majbur qiladi. Bunda havo oqimining tezligi o`zgarishi hisobiga oqimlar farqi hosil bo`ladi.
Dengiz sohilida yonma turga kemalarning ham bir-biriga to`qnashib ketgan hollari bo`lgan. Buning sababi shuki, ikki kema orasidagi suv oqimi tezligi kattaroq bo`lganligi uchun bosim kamayadi va kemalar bir-biriga yaqinlasha boradi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Bunda “BBB” (Bilardim, Bildim, Bilmoqchiman) metodidan foydalaniladi.
O`quvchilar mavzu bo`yicha olgan tushunchalarini yozishadi.
O`quvchilarni baxolash, darsda faol ishtirok etgan o`quvcholarni rag`batlantirish.
5. Uyga vazifa berish.
Darslikdan o`tilgan mavzuni o`qish.
Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.
Mavzu oxirida keltirilgan amaliy topshiriqni topshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |