Suyuqlikning asosiy fizik xossalari va parametrlari. Kuchlar va kuchlanishlar
Ushbu o‘quv qo‘llanmadagi ba’zi tushunchalar bilan talaba tutash muhit mexanikasi va fizika fanlaridan tanish deb hisoblaymiz, ba’zi zarur matematik tushunchalar esa 1-ilovada keltirilgan. Suyuqlikni tutash muhit deb faraz qilib, silliq, ya’ni uzluksiz va yetarlicha hosilalarga ega gidrodinamik xarakterdagi funksiyalarni kiritamiz. Quyida asosiy fizik parametrlar (bosim, zichlik, qovushoqlik, kuchlanish va hokazo) haqida tushunchalar berilgan. Suyuqlikning harakatini qarashdan avval uning butun hajmi yoki sirti bo‘ylab taqsimlangan kuchlarni qarash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |