o’qlarining tartiblanishining ko’rinishiga qarab suyuq kristallar uch turga bo’linadi:
1.
Nematik. Nematik grekcha “
nema” so’zidan olingan bo’lib “
ip”
deganidir. Nematiklar tarkibida mikrosko’pik ipsimon strukturalar mavjud bo’lib
ularning oxiri yoxud erkin, yoxud idishning devoriga yopishuvchan bo’ladi.
1930 yilning boshlarida nematik moddalarning umuiy molekulyar strukturasi
qarama-qarshi muloxazalarning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Хuddi shu vaqtda
nemis fiziklari Ornshteyn va Kastlar nematik moddadardagi molekulalar butun
hajm bo’ylab emas, balki faqat ayrim soxalarda parallel o’qlarga ega bo’lgan gurux
yoki “uya” larga to’plangan degan fikrni ilgari surdilar.
Ularning taxminlaricha, har bir uya tarkibida bir millionga yaqin moleklalar
joylashgan bo’ladi. Yaqinda Shvetsiyalik olim K.Ozen nematik moddadagi
molekulalarning barcha o’qlari bir-biriga parallel, ularning o’zlari esa modda
bo’ylab bir xilda joylashganligini isbotladi. Хozirgi vaqtda uya nazariyasi go’yo
ishonch qozonmagandek bo’lib turibdi.
2. Smektik. Smektik, grekcha smegma-sovun so’zidan olingan bo’lib,
Smektiklar sigarasimon shakldagi molekulalardan tashkil topgan bo’lib u
molekulalarning katta o’qlari bir-biriga parallel orintatsiyalangan qatlamlar
to’plamini xosil qiladi.
Smektik suyuq kristall moddalarning eng ko’p tarqalgan misoli sovun
ko’pigidir. Sovun pufaklarining tashqi va ichki sirtlari orasida suv bo’lib u smektik
qatlamlardan iborat bo’ladi. Agar pufak siqilsa, suvning molekulalari qatlamdan
siqib chiqariladi va u yana qaytadan suyuqlik eritmasiga qaytib o’tadi.
Smektik suyuq kristall modda qutblangan yoruғlikni o’tkazadigan
mikrosko’p yordamida ko’zatilganda u o’zini optik jixatdan uch o’lchamlik
kristalldek, xususan kvarsga o’xshab tutadi. Demak, qatlamga perpendikulyar
ravishda tarqalayotgan yoruғlik tezligi qatlamga parallel tarqalayotganiga nisbatan
kichik ekan.boshqacha aytganda, molekulalarning o’zun o’qi bo’ylab yoruғlik
ko’ndalangiga nisbatan kichik tezlik bilan tarqaladi. Bunday tipdagi kristall
strukturalar optik musbat strukturalar deb ataladi.
3. Holesterik. Тarkida holesterik mavjud bo’lgan juda ko’p sondagi
birikmalar xolesterik deb ataladi. Хolesterik fazaning xususiyati ko’p jixatidan
smektik va nematik fazalarning xususiyatiga o’xshash.
Хolesterik
suyuq
kristallardagi
molekulalar
ham
smektik
suyuq
kristallardagi molekulalar kabi qatlamlarga to’planganlar. Ammo har bir
qatlamning ichida molekulalar o’qining bir-biriga nisbatan joylashuvi esa nematik
fazani eslatadi. Хolesterik molekulalarining o’zun o’qi qatlam tekisligiga parallel
bo’lganligi uchun ulardagi qatlamlar juda yupqa bo’ladi.
Ma’lumki yoruғlikni qutblanish tekisligini (buruvchi) aylantiruvchi kristall
moddalar optik aktiv modda deb ataladi. O’tkazilgan tajribalar xolesterik modda
ham optik aktiv modda ekanligini va qutblanish tekisligini 180
0
gacha burchakka
burishini ko’rsatdi.
Хolesterik suyuq kristalining optik xususiyatlaridan yana biri uning doiraviy
dixroizmga (ikkilanma nur sindirishda nurlardan biri ikkinchisiga qaraganda
ko’proq yetiladi) ega bo’lishidir.
Smektik va nematik moddalarga qarama-qarshi xolestik suyuq kristallar
optik manfiydirlar. Buning ma’nosi sho’qi molekulyar qatlamlarga perpendikulyar
tarqalayotgan yoruғlikning tezligi masimal qiymatga ega. Uchchala suyuq kristall
moddalarga xos xususiyat ikkinlanma nur sindirilishining mavjudligidir. Хolesterik
holatda modda haroratga qarab, dastlab binafsha, keyin xavorang, keyin ko’k,
keyin sariq, qizil va nihoyat infraqizil soxaga o’tganda ular yana rangsizlanadi.
Ҳamma xolesterik suyuq kristallar ham haroratning o’zgarishi bilan bir xil tarzda
ta’sirlanmaydi. Masaln ba’zilari o’z rangini faqat qizildan yashilgacha o’zgartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: