Suyultirilgan va yuqori bosimdagi gazlami saqlash va tashish ballonlari



Download 1,65 Mb.
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi1,65 Mb.
#232507
  1   2   3
Bog'liq
Suyultirilgan va yuqori bosimdagi gazlami saqlash va tashish ballonlari lotincha


Suyultirilgan va yuqori bosimdagi gazlami saqlash va tashish ballonlari

Omborlarga neft va neft mahsulotlarini temir yo‘l, avtomobil, suv va quvur yo‘llar orqali keltirilib qabul qilish, saqlash va tarqatish uchun mo‘ljallangan inshoot va uskunalar majmuasi kiradi.

Qurilish me’yor qoidalari (QMQ) bo‘limiga asosan faoliyati va saqlash hajmiga qarab ikki guruhga ajratiladi.

Birinchi guruhga turli ta’minotchilarni neft va neft mahsulotlari bilan mustaqil ravishda ta’minlaydigan omborlar (12.5-rasm.), tovar xom ashyo omborlari (rezervurlar parki), neftni qayta ishlash va neftkimyo korxonalari, neft va neft mahsulotlari o‘tishiga mo‘ljallangan magistral quvurlar nasos stansiyasining rezervuarlar parki hamda dovonlardagi neft va neft mahsulotlari omborlar (bazalar) kiradi.

Birinchi guruh omborlari hajmiga ko‘ra uch toifaga bo‘linadi:

I-toifaga 100 000 m3;

II-toifaga 20 000 dan 100 000 m3 gacha;

III-toifaga 20 000 m3 gacha bo‘lgan omborlar kiradi.

Ikkinchi guruhga sanoat, energetika va boshqa korxonalar tasarrufidagi neft va neft mahsulotlarini, ya’ni yengil alangalanuvchi suyuqliklarni yer ustida 2000 m3 gacha va yer ostida 4000 m3 gacha, shuningdek, yonuvchi suyuqliklarni yer ustida 10.000 m3 gacha va yer ostida 20.000 m3 gacha bo‘lgan hajmdagi rezervuar va sig‘imlarda saqlash omborlari (12.6-rasm) kiradi. Agar loyihalashda umumiy saqlash hajmi belgilangan ko‘rsatgichdan yuqori bo‘lsa, u holda ushbu omborlarni birinchi kiritish kerak (bunda saqlash hajmi 1 m3 bo‘lgan yengil alangalanuvchi suyuqlik 5 m3 yonuvchi suyuqlikka teng deb hisobga olinadi).



12.5-rasm. Birinchi guruhga kiruvchi neft mahsuloti omborining sxematik ko‘rinishi



12.6-rasm. Ikkinchi guruhga kiruvchi neft omborining ko‘rinishi (Chkalov nomidagi TAICHB)

Omborlarning asosiy inshootlariga to‘kish hamda quyish qurilmalari, nasos stansiyalari, neft va neft mahsulotlarini saqlash inshootlari kiradi.

Neft va neft mahsulotlarini to‘kish hamda quyish qurilmalari foydalanish uslubiga ko‘ra: temir yo‘l to‘kish-quyish estakadasiga, to‘kish-quyish prichal va pirslariga hamda avtosistnernalar uchun to‘kish-quyish qurilmalariga bo‘linadi.

Temir yo‘l to‘kish-quyish estakadalari tuzilishiga ko‘ra bir yoki ikki tomonlama kirish temir yo‘llari (galerey) bilan ta’minlangan, to‘kish qurilmali kollektorlari, uzatib yuborish quvurlari va nafas olish moslamasi (ventuza) bilan jihozlangan inshootlardan iborat (12.7-rasm).

To‘kish va quyish jarayonlari joyning qulay relefi va geodeziya nuqta farqi hisobiga bosim hosil bo‘lishi natijasida o‘zi oqib tushish yo‘li bilan hamda nasoslar yordamida bajariladi.

Mahsulotlar sisternalarning yuqori yoki quyi qismida joylashgan lyuklar orqali to‘kiladi yoki quyiladi. Bunda to‘kish-quyish qurilmasi quvurlar tizimi va kollektorlar yordamida bo‘lsa yopiq usul deb ataladi, rels oralig‘i yoki yon tomonlama jeleba va lotoklar yordamidagi bajarilsa, ochiq usul deb ataladi.

Estakadalar asosan to‘g‘ri, ko‘proq oxiri berkitilgan temir yo‘llarga o‘rnatiladi. To‘kish-quyish estakadalarini uzunligi turlicha qabul qilinadi, lekin uning maksimal uzunligi (temir yo‘l sostavini) bir marshrutidan ortiq bo‘lmasligi kerak.

N eft va neft mahsulotlarini tashish uchun 4 yoki 8 g‘ildirakli yuk ko‘tarish kuchi 60 va 120 tonna bo‘lgan, alohida to‘kish-quyish estakadasi va nafas olish klapanlari hamda ba’zi bir holatlarda bug‘li qatlam bilan jihozlangan vagonlar ishlatiladi.



E
12.7-rasm. Ikki tomonlama temir yo’l estakadasining sxemasi: 1 – galereya; 2 – vagon-sisterna; 3 – to’qish qurilmasi; 4 – kirish-chiqish temir yo’llari; 5 – olib ketish quvuri; 6 – kollektor (tarnov); 7 – nafas olish uskunasi (vantuz)
stakadalarning yong‘in xavfi.
Neft va neft mahsulotlarini to‘kish-quyish jarayoni vagon-sisternalar, to‘kish kollektorlari, oraliq rezervuarlar va yaqin atrof hududlarda yonuvchi bug‘li-havo hosil bo‘lishi mumkinligi bilan ajralib turadi.

Atrof hududda yonuvchi konsentratsiya: to‘kish davrida kollektorlardan nafas olish uskunalari (ventuz) orqali va quyish davrida sig‘imlarning ichki qismidan bug‘li-havo aralashmasini chiqishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu xavf siqib chiqarilgan bug‘larni miqdori va iqlim sharoitiga (shamolning bor yoki yo‘qligi), siqib chiqarilgan bug‘lar miqdori ham o‘z o‘rnida to‘kilayotgan yoki quyilayotgan mahsulotning xususiyatiga, uning ishchi haroratiga, to‘kish-quyish usuli va quyish uskunasining konstruksiyasiga bog‘liq bo‘ladi.

To‘kish-quyish jarayonini yuqoridan amalga oshirish, pastdan amalga oshirishga nisbatan yong‘in xavfi yuqoriroq hisoblanadi, negaki, sig‘imlarni bo‘shatishda va to‘ldirishda ochiq lyuk orqali neft mahsulotlari bug‘larining tashqariga chiqishi ortadi, ya’ni quyilayotgan suyuqlikni sachrab qo‘yilishi natijasida neft mahsulotining bug‘lanish tezligini oshishiga olib keladi.

Kuchli bug‘lanish to‘kish-quyish jarayonida asosan yozning kechki, tungi va tonggi shamolsiz soatlarida juda ortadi. Yengil alangalanuvchi suyuqliklarni to‘kish-quyish davrida shamol yo‘nalishini tezligi 3 m/s dan kam bo‘lganda estakadalar hududida xavfli muhit hosil bo‘lishi ortadi.

Yuqori bug‘lanishga olib keluvchi manbaalar to‘kish kollektorlarining nafas olish svechalari va temir yo‘l sisternalarining ochiq lyuklari hisoblanadi. Lekin, texnologik uskunlarni avariya holatidagi xavfi alohida o‘rin tutadi, negaki, bunda hisoblab bo‘lmas miqdorda yonuvchi mahsulotlar tashqariga chiqishi mumkin. Estakadalarda avariya holati asosan sisternalarni bir-biri bilan urilishidan sig‘imlarni shikastlanishi natijasida, bir yoki bir necha sisternalarni quyish davrida birdaniga o‘rnidan qo‘zg‘alib ketib quyish-to‘kish uskunlarini uzib yuborishi oqibatida yuzaga keladi. Bunday avariyalarni sodir bo‘lishiga asosan marshrutlarni bajarish davrida yo‘l qo‘yilgan xatoliklar va quyish-to‘kish jarayonlarida xizmat ko‘rsatayotgan xodimlarning o‘zaro kelishilmasdan qilgan harakatlari sabab bo‘ladi.

To‘kish-quyish davrida o‘ziga xos yong‘in chiqish manbaalariga - teplovozlardan chiqayotgan uchqunlar, teplovozlarning o‘ta qizigan yuzalari, mexanik urilish natijasida sodir bo‘luvchi uchqunlar (sisternalarni ochish yoki yopish va o‘tish ko‘priklarini olish-quyish davrlarida va boshqalar), sisternalar to‘xtayotganda bir-biri yoki rels bilan ishqalanishidagi uchqunlar, statik razryadlar va atmosferadagi elektr toklari hamda elektr moslamalaridagi qisqa tutashuvlar kiradi.

E


Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish