anionlar: kationlar: xlor ioni Cl' natriy ioni Na' sulfat ioni SO4'' kalsiy ioni Ca'' gidrokarbonat ioni HCO3' magniy ioni Mg'' karbonat ioni CO3'' kaliy ioni K' Quruqlikdagi suvlarning ximiyaviy tarkibi Dunyo okeani suvidan keskin farq qiladi. Bu farq quruqlik suvlarida karbonatlarning, okeanlar va dengizlar suvlarida esa xloridlarning ko’pligida o’z aksini topgan.
Suvning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati.Suvning Yerdagi hayot uchun ahamiyati beqiyosdir. O’zining uzluksiz harakati tufayli suv Yer kurrasida kuzatiladigan barcha tabiiy jarayonlarda ishtirok etadi. Akademik V.I.Vernadskiyning ta’biri bilan aytganda suvning geografik qobiqdagi ishini miqdor jihatdan Quyosh radiatsiyasi bilan taqqoslasa bo’ladi, sifat jihatdan esa uning o’rnini hech narsa bosa olmaydi. Inson qadim zamonlardan boshlab suvdan turmush ehtiyojlarini qondirishda eng sodda usullarni qo’llab foydalanib kelgan bo’lsa, hozirgi kunga kelib suv maxsus inshoot va qurilmalar yordamida tinitilib, tabiiy yoki sun’iy ravishda tozalanib, kerak bo’lgan hollarda zararsizlantirilib ishlatilmoqda.
Qishloq xo’jaligi va sanoatda suvning o’rnini hech narsa bosa olmaydi. Masalan, bug’doydan olinadigan hosilning har bir tonnasi uchun 1500 tonna, 1 t sholi uchun 4000 t, 1 t paxta tolasini yetishtirish uchun 10000 tonnagacha suv talab etiladi. Sanoatda 1 t g’isht tayyorlash uchun 12 t, 1 t ko’mir qazib chiqarish uchun 3 t, 1 t po’lat yoki qog’oz ishlab chiqarish uchun esa 250-300 t suv zarur bo’ladi. 1 t sintetik tola ishlab chiqarish vaqtida esa 4000 t gacha suv talab etiladi. 1 t ip gazlama tayyorlash uchun 10 t suv sarflansa, ba’zi bir sintetik tolalardan 1 t gazlama tayyorlash uchun 3000 t suv talab etiladi.
Suv havzalarining eng arzon transport vositasi ekanligi ham hammaga ma’lum. Suv transportining xalq xo’jaligini rivojlantirishdagi ahamiyati beqiyosdir. Shu maqsadda dunyodagi ko’p daryolar kanallar orqali birbiri bilan va dengizlar bilan tutashtirilgan.
Daryolar juda katta energiya manbaidir. Shu sababli ko’pgina daryolarda eng arzon elektr energiyasi beruvchi GES lar qurilgan va qurilmoqda.
Suv ob’ektlarining mudofaa maqsadlari uchun ham ahamiyati kattadir. Chunki mamlakatlar chegaralarining ko’p qismi daryolar va dengizlar orqali o’tadi. Ularni sergaklik bilan qo’riqlash uchun shu ob’ektlarning gidrografiyasini va suv rejimini yaxshi o’rganish talab qilinadi.