Nafas olish organlari – voyaga etgan katta baqaning nafas organi o’pka (Pulmones) bilan teridir, teriga yirik-yirik qon tomirlari kelib turadi. O’pka bir juft sodda xaltachadan iborat. Ichki yuzasi katak-katak bo’ladi. Nafas yo’li hiqildoq – traxeya kamerasidan iborat bu erda toay pardadan iborat tovush boichlari bo’lib, bu parda tortilib taranglashish xususiyatiga ega. Shuning uchun baqa tovush chiqara oladi. Qon aylanish sistemasi – baqaning yuragi uch kameralidir, ya’ni bir-biridan ajralgan uchta yurak bo’lmasi va bitta yurak qorinchasidan iborat. Venoz qon olib keladigan kovak venalar arterial qon olib keladigan katta teri venasiga qo’shilishi uchun venoz sinusida aralashgan holda bo’ladigan qon o’ng yurak bo’lmasiga qarab harakat qiladi. O’ng yurak bo’lmasi qisqarganda ichidagi qon ham yurakning shu qorinchasiga tushadi.Shunday qilib baqada suvda va quruqlikda yashovchilarning hammasida bo’lgani kabi, quruqda yashovchi yuqori umrtqali hayvonlar uchun xarakterli bo’lganidek, yurak venoz (o’ng) va arterial (chap) qismlarga ro’yrost bo’lingan emas. Bu narsa teri orqali nafas olishning katta faol ahamiyati bilan boliqdir.
Ayiruv organlari –umrtqa poanasining ikki tomonida o’rnashgan yassi qizil tanacha shaklida bir juft mezonefritik bo’yrakdan iborat. Kattakon siydik pufagi bor. Bu kloakaga ochiladi. Baqaning o’rchish organlari – Erkaklarida bir juft oqimtir yumaloq urudondan iborat. Urochilarida ham bir juft tuxumdon bo’ladi. Bularda kopulyativ organ yo’q. O’rchishda erkagi urochisining ustiga chiqib oladi va undan chiqadigan tuxumga o’zini uruini to’qadi. Embrionining rivojlanishi – baqa tuhumida sariqlik ko’p emas, 3-4 soatdan so’ng urulangan tuxum bo’lana boshlaydi. Tuxum urulangandan so’ng tamomimla bir xafta o’tgandan so’ng. Embrion tuxum bardasini yorib “Itbaliq” ko’rinishida tashqariga chiqadi.
Suvda va quruqda yashovchilarning sistematik obrazi Dumlilar turkumi – har hil tritonlar v.h.k.lar kiradigan dumli amfibiyalar turkumi uncha katta bo’lmay 150 ga yaqin turi bor. Tuhumlari tashqarida urulanadi. Yaponiya va Xitoyda uchraydigan gigant salamandra, Amerikada uchraydigan yashirin jabralilar kiradi. Oyoqlar turkumi – 19 ta uru 50 ga yaqin tur kiradi va chervyagalar degan bitta oilaga biriktiriladi. Bular hammasi chuvalchangsimon bo’lib-uzunchoq halqa-halqa gavdali bo’lib, oyoqlari va dumi yo’q. Kloakasi gavdaning eng oxirida joylashgan. Bitta turi Janubiy Amerikada suvda yashaydi, qolganlari hammasi quruqlikda yashaydi.