II. Bosh boshqarmaning vazifalari va funksiyalari
3. Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
suvdan foydalanishning va suv iste’molining bozor prinsiplarini va mexanizmlarini joriy etish asosida suv resurslaridan maqsadli va samarali foydalanilishini tashkil etish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
suv xo‘jaligida yagona texnika siyosatini o‘tkazish, suvni tejovchi ilg‘or texnologiyalarni joriy etish;
iste’molchilarni suv bilan uzluksiz va o‘z vaqtida ta’minlashni tashkil etish;
irrigatsiya tizimlari va suv xo‘jaligi inshootlarining texnik ishonchliligini ta’minlash;
irrigatsiya tizimlari havzalari bo‘yicha suv resurslarini oqilona boshqarish hamda uning tezkorligini oshirish;
suv resurslaridan foydalanishning aniq hisobi va hisobotini ta’minlash;
suv xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mulkchilikning turli shakllarini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish va ular amalga oshirilishining monitoringini olib borish;
“Suvdan foydalanish” bo‘limi bo‘yicha davlat suv kadastrini yuritish.
4. Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) suv resurslarini boshqarish va ulardan kompleks foydalanish sohasida:
suvdan foydalanish va suv iste’moli prognozlari umumlashtirilishini, suv resurslari balansi ishlab chiqilishini, suv olish limitlari va havza irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari va ayrim alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining suv olish limitlari belgilanishini ta’minlaydi;
(4-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
respublika hududida havza prinsipi bo‘yicha yer usti suv resurslarini oqilona boshqarishni, suvdan foydalanishda va suv iste’molida bozor prinsiplari va mexanizmlari joriy etilishini ta’minlaydi;
(4-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
“Suvdan foydalanish” bo‘limi bo‘yicha davlat suv kadastri yuritilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda suv xo‘jaligi obyektlarining qirg‘oqbo‘yi polosalari va suvni muhofaza qilish zonalari aniqlanishini ta’minlaydi, daryolar va boshqa suv obyektlarining qirg‘oqbo‘yi polosalari va suvni muhofaza qilish zonalarini belgilashda qatnashadi;
(4-bandning “a” kichik bandi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
suv haqidagi qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish tashkil etilishini, shuningdek uning talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishini ta’minlaydi;
suv resurslaridan kompleks foydalanishning istiqbolli sxemalari ishlab chiqilishini, melioratsiya va suv xo‘jaligi rivojlantirilishini ta’minlaydi;
suv resurslaridan foydalanish va drenaj-oqova suvlarini oqizib yuborish bilan bog‘liq yangi korxonalar qurish va ishlayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishishni ta’minlaydi;
(4-bandning “a” kichik bandi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahriririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalariga, suv omborlaridan foydalanish boshqarmalariga, transchegaraviy suv obyektlaridan, viloyatlararo ahamiyatga molik suv obyektlaridan, yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga, nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalariga, melioratsiya ekspeditsiyalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv iste’molchilariga — respublika yoki viloyatlararo ahamiyatga molik sun’iy suv obyektlaridan suvdan maxsus foydalanishga yoki suv iste’moliga ruxsatnomalar berish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va materiallarni tayyorlash, shuningdek tabiiy yuza suv obyektlaridan suvdan maxsus foydalanishga va suv iste’moliga ruxsatnomalar berish, shuningdek suv olish tarmoqlarini ro‘yxatdan o‘tkazish (kommunal-maishiy sohaning foydalanish tashkilotlari suv xo‘jaligi obyektlaridan va suv iste’molchilari uyushmalaridan suv olish tarmoqlari bundan mustasno) va foydalanishni hisobga olishni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat organlariga takliflar kiritish;
(4-bandning “a” kichik bandi to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
suv iste’molchilari uyushmalari va ularning boshqa birlashmalarini tashkil etish va rivojlantirishda, shuningdek ularning xizmat ko‘rsatish zonasida suv hisobini tashkil etishda metodik va amaliy yordam ko‘rsatadi;
(4-bandning “a” kichik bandi o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
suv resurslarini tartibga solish va ulardan foydalanish, suv xo‘jaligini va yerlarni melioratsiyalash bo‘yicha davlatlararo masalalarni muhokama qilish va hal etishda respublika nomidan ishtirok etadi;
b) suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish sohasida:
suv xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlari balansidagi suv xo‘jaligi obyektlari kompleksi (suv omborlari, irrigatsiya-melioratsiya tizimlari va inshootlari, nasos stansiyalari, quduqlar, elektr uzatish liniyalari, aloqa liniyalari va yordamchi transformator stansiyalari va boshqa obyektlar) ta’mirlanishi, ulardan ishonchli foydalanilishi va takomillashtirilishi tashkil etilishini, avtomatika va telemexanikaning yangi vositalari va boshqa asbob-uskunalar va texnologiyalar takomillashtirilishi va joriy etilishi, suvni hisobga olish vositalarini metrologik ta’minlash ishlari amalga oshirilishi tashkil etilishini ta’minlaydi;
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash chora-tadbirlarining amalga oshirilishini ta’minlaydi;
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati har yili hisobga olinishi va monitoringi olib borilishini, meliorativ kadastr tuzilishini, yangi yerlarni o‘zlashtirish va ilgaridan sug‘orib kelingan yerlarni rekonstruksiya qilish, kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va qayta barpo etish samaradorligi baholab borilishini tashkil etadi;
melioratsiya tizimlarini pasportlashtirish, davlat suv kadastrini yuritish va shu asosda melioratsiya tizimlarining texnik darajasini oshirishga doir takliflarni ishlab chiqish ishlarini tashkil etadi;
irrigatsiya-melioratsiya tizimlari va inshootlaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha zarur tadbirlarning ishlab chiqilishini, qishloq xo‘jaligi yerlarining sho‘rlanishi va botqoqlanishining oldini olish tadbirlari bajarilishini tashkil etadi;
suv, energetika resurslari va boshqa moddiy-texnika resurslarini tejash choralari ko‘rilishini tashkil etadi;
v) kapital qurilish sohasida samarali investitsiya siyosatini o‘tkazadi hamda tarmoqni ishlab chiqarish jihatidan va ijtimoiy rivojlantirish uchun markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hamda korxonalarning o‘z mablag‘larini maqbul ravishda uyg‘unlashtirishni ta’minlaydi;
gidromeliorativ tizimlarni rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash, ilgaridan haydab kelingan yerlar sifatini yaxshilash hamda yangi yerlarni ichki kontur bo‘yicha o‘zlashtirish, texnik jihatdan mukammal meliorativ tizimlarni va inshootlarni, ilg‘or qurilish texnologiyalarini, yangi qurilish materiallarini, asbob-anjomlarni joriy etish ishlarini tashkil etadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |