12. Suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflar xarajatlarni, shu jumladan
tashkilotlarning “Uyjoykommunxizmat” vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan
tartibda tasdiqlangan investitsiyalar va xizmatlar ko‘rsatish rejalariga muvofiq suv ta’minoti
hamda kanalizatsiya tizimlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish xarajatlarini to‘liq
qoplash prinsiplariga asosan belgilanadi va ushbu rejalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish yoki
moliyalashtirish manbalari (o‘z mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti
mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va (yoki) tijorat banklarining qarz mablag‘lari
o‘tgan yillardagi xarajatlar asosida hisoblangan yillik davriy xarajatlar smetasi;
turli iste’molchilar uchun suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari bo‘yicha taklif
etiladigan tariflar.
13. Investitsiyalar va xizmatlar ko‘rsatish rejasining amal qilish davridagi o‘rtacha
tariflar tashkilotning “xarajatlar plyus” uslubi bo‘yicha aniqlanadigan daromadining talab
qilinadigan darajasini suvni realizatsiya qilishdan kutiladigan yillik hajmga bo‘lish orqali hisob-
kitob qilinadi.
“Xarajatlar plyus” uslubining maqsadi — xizmat ko‘rsatish uchun doimiy (yillik)
xarajatlar, infratuzilmani kapital ta’mirlash va modernizatsiya qilish xarajatlari, yangi
infratuzilma barpo etish yoki xizmatlarni kengaytirishga yirik miqdorda kapital sarflash
qiymatini qoplash uchun uzoq muddatli istiqbolda yetarli darajadagi daromadni
14. Daromadning talab qilinadigan darajasining “xarajatlar plyus” uslubi bo‘yicha hisob-
kitobi quyidagilarni o‘z ichiga oladigan operatsion xarajatlar (investitsiyalar va xizmatlar
ko‘rsatishning tasdiqlangan rejasiga muvofiq) hisobga olingan holda amalga oshiriladi:
yillik barcha ishlab chiqarish xarajatlari (masalan, materiallar, ish haqi, elektr
energiyasi, amortizatsiya ajratmalari);
davr xarajatlari (masalan, sotish xarajatlari, boshqaruv xarajatlari, boshqa operatsion
xarajatlar va zararlar);
modernizatsiya va rekonstruksiya qilish uchun tashkilotning yillik daromadi hisobidan
to‘lanadigan xarajatlar;
moliyaviy faoliyatni amalga oshirish xarajatlari (foizli xarajatlar);
tashkilotning foyda olishi.
Natijada hosil bo‘lgan summa rejalashtirish davrida tashkilot kelishilgan qarzlar
bo‘yicha asosiy qarz summasini o‘zining pulli xarajatlarini inobatga olgan holda, investitsiyalar
va xizmatlar ko‘rsatish rejasi amal qiladigan muddatda qoplashi uchun yetarli bo‘lishi zarur.
15. Tarif ko‘rsatiladigan xizmatlarga to‘g‘ri keladigan xarajatlar va sof foyda
ko‘rsatkichlari bazasida hisob-kitob qilinadi va quyidagilar:
normalanadigan xarajatlar bo‘yicha — normativ-texnik hujjatlarni (retseptura,
xomashyo va materiallar, issiqlik va elektr energiyasi, mehnat sarflash normalarini va
boshqalar) hamda tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan standartlashtirish
bo‘yicha normativ hujjatlarni (DS, TS, TSh, TB va shu kabilarni) hisobga olgan holda;
normalanmaydigan xarajatlar bo‘yicha — hisobot ko‘rsatkichlarining tahlili asosida va
narxlarning prognoz bo‘yicha o‘zgarishini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya va boshqa resurslarning texnik va texnologik
normalari tegishli vakolatli organlar tomonidan ushbu resurslarning eng kam va eng ko‘p
sarflash diapazonlarida tasdiqlangan taqdirda, narxni (tarifni) hisob-kitob qilish maqsadida
narxlarni tartibga soluvchi organ ularning o‘rtacha ko‘rsatkichidan normalarning ushbu
diapazoni doirasida foydalanadi.
16. Suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun xarajatlar alohida hisob-kitob
qilinadi va bunda bilvosita moddiy xarajatlar, ishlab chiqarish xususiyatidagi qo‘shimcha
xarajatlar, mehnat uchun bilvosita xarajatlar, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat xarajatlari
ishlab chiqarish xodimlarining ish haqiga mutanosib ravishda ushbu turdagi xizmatlar
bo‘yicha taqsimlanadi.
17. Xarajatlar tariflar amal qilish davrining har bir yili uchun xarajatlarning inflatsiya
oqibatida kutiladigan oshishi hisobga olinmagan holda hisob-kitob qilinadi.
18. Suv ta’minoti xizmatlari uchun talab qilinadigan o‘rtacha tarif davrning dastlabki
yilida quyidagi tarzda hisob-kitob qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: