4-bob. Suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflarni deklaratsiya qilish
(tasdiqlash) va belgilash
27. “Uyjoykommunxizmat” vazirligi suv ta’minoti va suv chiqarishni nazorat qiluvchi
organ hisoblanadi va davlat boshqaruvining turli darajalarida siyosatni birxillashtirish hamda
sektor faoliyatini umumiy muvofiqlashtirish uchun mas’uldir.
28. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlari suv ta’minoti hamda kanalizatsiya
xizmatlarini ko‘rsatishdan tashqari investitsiyalar va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ko‘p yillik
rejalar tayyorlanishi uchun ham mas’uldir. Investitsiyalar va xizmatlar ko‘rsatish rejalari
mahalliy davlat hokimiyatining tegishli organlari bilan kelishilgan holda tayyorlanadi.
Investitsiyalar va xizmatlar ko‘rsatish rejalarida suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlarini
ko‘rsatish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilanadi, bunday maqsadlarga erishish uchun
zarur bo‘lgan kapital qo‘yilmalar va operatsion xarajatlar, shuningdek, barcha davriy xarajatlar
aniqlanadi. Rejalar daromadning talab qilinadigan darajasi va o‘rtacha tariflarni hisob-kitob
qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
29. Tashkilotlar investitsiyalar va xizmatlar ko‘rsatish rejalarini hamda tariflarni
tasdiqlash buyurtmanomalarini avvalgi investitsiyalar va xizmatlar ko‘rsatish rejasini amalga
oshirish natijalarini inobatga olgan holda, joriy rejani amalga oshirish davri tugaguniga qadar
tayyorlaydi.
30. Tashkilotlar investitsiyalar va xizmatlar ko‘rsatish rejalarini “Uyjoykommunxizmat”
vazirligiga tegishli hujjatlarni tayyorlash maqsadida ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
31. Tashkilotlar tegishli hokimliklar bilan kelishgan holda, investitsiyalar va xizmatlar
ko‘rsatish rejalarini ishlab chiqish davomida tariflar bo‘yicha takliflar yuzasidan iste’molchilar
bilan maslahatlar o‘tkazadi.
32. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlari tariflarni deklaratsiya qilish (tasdiqlash)
uchun hududiy bo‘linmalar bilan birgalikda narxlarni tartibga solish organlariga quyidagi
hujjatlar ilova qilingan ariza bilan murojaat qiladi:
a) deklaratsiya qilinadigan (tasdiqlanadigan) tarifning ushbu Nizomga 2-ilovaga*
muvofiq shakl bo‘yicha hisob-kitobi;
b) moliyaviy hisobotlar nusxasi;
v) mehnat bo‘yicha statistika hisobotining nusxasi;
g) daromadlar va xarajatlar to‘g‘risida tashkilot bo‘yicha xarajatlar va har bir xizmat
bo‘yicha alohida xarajatlar moddalari aks ettirilgan va quyidagilar ilova qilingan yig‘ma
ma’lumotlar:
ushbu Nizomga 3-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqarish
moddiy xarajatlarining mazmuni (xomashyo va materiallar, yoqilg‘i, elektr energiyasidan
foydalanish bo‘yicha tasdiqlangan normalar ko‘rsatilgan holda);
ushbu Nizomga 4* yoki 4a-ilovalarga* muvofiq shakl bo‘yicha ishlab chiqarish
xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xarajatlar va ijtimoiy
sug‘urtalash uchun ishlab chiqarishga taalluqli ajratmalarning mazmuni (mehnat
xarajatlarining tasdiqlangan normalari ko‘rsatilgan holda);
ushbu Nizomga 5-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha asosiy mablag‘lar va nomoddiy
aktivlar bo‘yicha ammortizatsiya ajratmalari summasining hisob-kitobi (dastlabki va qoldiq
qiymat, asosiy mablag‘lardan va nomoddiy aktivlardan foydalanish muddatlari, foydalanishga
topshirish muddatlari ko‘rsatilgan holda);
ushbu Nizomga 6-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha ishlab chiqarish maqsadlari uchun
qo‘shimcha xarajatlar, materiallarga va mehnatga bilvosita xarajatlarning mazmuni;
kapital va joriy ta’mirlash xarajatlari, shuningdek, tashkilotni rivojlantirish va
modernizatsiya qilish xarajatlarining mazmuni;
ushbu Nizomga 7-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat
bo‘yicha xarajatlar va sof foydaning mazmuni (shu jumladan, asosiy qarz va foizlarni qoplash
yuzasidan tasdiqlangan jadvallar taqdim etilgan holda, jalb etilgan kreditlarga xizmat ko‘rsatish
uchun zarur mablag‘lar);
ushbu Nizomga 8-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha faoliyatning asosiy moliyaviy
ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
d) ushbu Nizomga 9-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha natura shaklida ifodalangan
ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ishlab chiqarish (yetkazib berish) hajmlari
pasayganda pasayish sabablarining yozma asoslarini taqdim etish zarur);
e) rivojlanish davlat dasturlarini (mavjud bo‘lsa) amalga oshirish uchun mablag‘larga
bo‘lgan ehtiyoj hisob-kitoblari ko‘rsatilgan holda ushbu dasturlarning asosiy ko‘rsatkichlari
to‘g‘risidagi axborot;
j) o‘tgan hisobot davri uchun rivojlanish davlat dasturlarining amalga oshirilishi (yoki
amalga oshirilayotgan) natijasida ko‘rsatiladigan xizmatlarning material, energiya va mehnat
talab qilish darajasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi axborot;
z) davlat dotatsiyalariga bo‘lgan ehtiyoj yoki qonun hujjatlarida (zarurat bo‘lganda)
nazarda tutilgan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa chora-tadbirlari to‘g‘risidagi
axborot.
Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar bilan birgalikda barcha hisob-kitob
materiallarining elektron shakllari ham taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tariflarni deklaratsiya qilish (tasdiqlash)
uchun boshqa vakolatli organlardagi zarur hujjatlar va axborotni axborot hamkorligi orqali,
shu jumladan elektron ko‘rinishda belgilangan tartibda mustaqil oladi, ushbu bandda nazarda
tutilgan hujjatlar va axborot bundan mustasno.
33. “Uyjoykommunxizmat” vazirligi tariflar hisob-kitoblarni tahlil qilib, zarur
tuzatishlarni tegishli tashkilotlar bilan muhokama qiladi va ularning yakunlari bo‘yicha
tariflarni kelishish uchun buyurtmanomalarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga
yuboradi.
34. “Uyjoykommunxizmat” vazirligi tashkilotning rejalashtirish va tariflarni
shakllantirish bo‘yicha kompleks jarayonini qo‘llab-quvvatlash va nazorat qilish uchun javob
beradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, tariflarni
tasdiqlash
buyurtmanomalarini
kelishish
jarayonini
muvofiqlashtiradi.
O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tariflarni yakuniy kelishishni amalga oshiradi.
35. Tashkilotlar tegishli hokimliklar bilan kelishgan holda, tasdiqlangan tariflar
iste’molchilarga yetkazilishini ta’minlaydi.
36. Tariflar deklaratsiyasida (tasdig‘ida) narxlarni tartibga solish organi tomonidan
ushbu Nizomga 10-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha ko‘rsatilgan sana tashkilot xizmatlari uchun
deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) yangi tarifni joriy etish sanasi hisoblanadi.
Bunda narxlarni tartibga solish organining tariflarni deklaratsiya qilish (tasdiqlash)
to‘g‘risidagi qarori tashkilotlar tomonidan ommaviy axborot vositalarida ular kuchga
kirishidan 15 kun avval majburiy tartibda e’lon qilinadi.
37. Tariflarni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va deklaratsiya qilinadigan
(tasdiqlanadigan) tarif hisob-kitobi (ushbu Nizomga 2-ilova*) yoki tarif smetasining (ushbu
Nizomga 11-ilovaga* muvofiq) bitta asl nusxasi tariflar deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan)
sanadan boshlab uch kun muddatda tashkilotga, ikkinchi nusxasi O‘zbekiston Respublikasi
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy organlariga yuboriladi, uchinchi
nusxasi narxlarni tartibga solish organida qoladi.
1 — 11-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) narx darajasi saqlab qolingan taqdirda,
deklaratsiya qilinayotgan (tasdiqlanayotgan) tarifni hisob-kitob qilish tarkibidagi sarflarning
(xarajatlarning) bitta satri summasi sarflarning (xarajatlarning) boshqa turi satri summasi
o‘zgarishi hisobiga o‘zgarganda, tashkilot tuzatish kiritilgan hisob-kitobni (ushbu Nizomga 2-
ilova*) taqdim etgan holda, narxlarni tartibga solish organini ushbu o‘zgarish to‘g‘risida yozma
ravishda xabardor qilishi shart.
38. Tariflar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Uyjoykommunxizmat” vazirligi
bilan kelishilgan holda, tariflarni tasdiqlash uchun yangi yoki qayta ko‘rib chiqilgan
buyurtmanomalarni yubormasdan inflatsiya indeksi hisobga olinib, har yili avtomatik ravishda
tuzatiladi.
39. Tashkilotlarning xarajatlari haddan ortiq oshib ketgan hollarda, tasdiqlangan
tariflarni qayta ko‘rib chiqish uchun oraliq buyurtmanomalarni yuborishi mumkin.
40. Tashkilotlar choraklik moliyaviy-operatsion hisobotlarni, shuningdek, tegishli yilda
tashkilotning moliyaviy hamda operatsion ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi axborotni (investitsiyalar
va xizmatlar ko‘rsatish rejasida ko‘rsatilgan maqsadli ko‘rsatkichlar bilan taqqoslagan holda)
o‘z ichiga olgan moliyaviy natijalar haqida yillik hisobotlar hamda investitsiyalar va xizmatlar
ko‘rsatish
bo‘yicha
kelishilgan
rejalar
bo‘yicha
hisobotlarni
tayyorlaydi
va
“Uyjoykommunxizmat” vazirligiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |