KURS LOYIHASINING HAJMI.
Kurs loyihasi - 20-25 varaq A4 format qog‘oz tushuntirish xati va 1-2 varaq A-2 format qog‘oz chizmadan iborat bo‘ladi.
Tushuntirish xatida yoritilishi kerak bo‘lgan masalalarning ketma – ketligi uslubiy qo‘llanmada keltirilgan ketma – ketlik bilan mos keladi.
Chizmada quyidagilar ishlab chiqilib ko‘rsatilishi kerak :
Tozalash inshootining shartli bosh rejasi 1:500 yoki 1:1000 masshtabda, aks ettirilib, unda: tindirgichlar, suv tozalash inshooti (fil’trlar, reagent xo‘jaligi, xlorator ), egallagan maydoni, toza suv xavzasi (TSX), ikkinchi bosqich suv ko‘tarish va uzatish nasos stansiyasi, suv o‘tkazgichlar, yerning relyefini ko‘rsatuvchi chiziqlar o‘zlariga mos ranglarda ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |