Suv resurslarini havzaviy rejalashtirish va boshqarish


Havzaviy tashkilotlarning tashkil etilishi va rivojlanishi



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/100
Sana12.07.2022
Hajmi2,08 Mb.
#780052
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   100
Bog'liq
bce1e38198591cc537490d6061333c7a

Havzaviy tashkilotlarning tashkil etilishi va rivojlanishi
Suv resurslarini integral boshqarish asosida yotuvchi asosiy 
prinsiplarning biri mazkur sohada boshqaruv jarayoniga keng 
manfaatdor jamoatchilik vakillarini jalb etishdan iborat. So‘nggi 
o‘n yilliklarda chop etilgan xalqaro ilmiy adabiyotlar sharhidan 
ham suv resurslarini samarali boshqarish va barqaror taraqqi-
yotga erishishning zaruriy sharti jamoatchilik ishtirokini ta’min
-
lash bo‘ladi, degan xulosa kelib chiqadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, mohiyati jihatidan havzaviy ken
-
gashlar o‘zida jamoat kengashlarini ifoda etadi va davlatning suv 
resurslarini barqaror boshqarish hamda ulardan samarali foy
-
dalanish masalalarida jamoatchilik bilan maslahatlashuvning 
eng ilg‘or va maqbul mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Havzaviy 
kengashlarning faoliyatida ijobiy natijalarni ta’minlovchi o‘zi
-
ga xosliklardan biri (masalan, Fransiya va Qozog‘iston tajribasi 
misolida) ular davlatning suv resurslarini boshqarish va ular
-
dan samarali foydalanishni tashkil etish tizimiga integrallash
-
ganligi va qonunchilik asosida mustahkamlanganligidir. Ya’ni 


73
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
ular davlat organlarining jamoatchilik tashkilotlari bilan ham
-
korligini ta’minlash uchun maxsus tuzilgan shunchaki tuzilma 
emas. Mazkur holatda suv iste’molchilari va nodavlat tashkilot
-
larining vakillari davlatning suv resurslarini boshqarish tash
-
kilotlaridan birida to‘la huquqli (konsultativ-maslahat mavqeida 
bo‘lsa ham) a’zosi bo‘lishi ko‘zda tutilgan. 
Amaliy jihatdan jamoatchilikning havzaviy kengashlarning 
ishida muvaffaqiyatli ishtirok etish shakllari turli mamlakat, 
havza va mintaqalar sharoitlarida turlicha bo‘lishi mumkin. 
Ammo jamoatchilikning qarorlar qabul qilishda muvaffaqiyatli 
ishtirok etishlarida zaruriy va asosiy shart ularning ma’lumot
-
ga ega bo‘lishlarini ta’minlash hisoblanadi. Mazkur masalaning 
yana bir muhim jihati havzaviy kengashlarda a’zo bo‘ladigan 
suv iste’molchilari va jamoat tashkilotlari vakillarini aniqlashga 
to‘g‘ri yondashishdir. Ularning muayyan havzadagi shakllangan 
suvdan foydalanish tuzilmasini tushunishlari va keng spektrli 
manfaatlarni ko‘zlashlari juda muhim. 
Alohida olingan havzalarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqa
-
ruvchilarining manfaatlari kattaroq bo‘lsa, boshqalarida 
sanoat tarmoqlari yoki boshqa suv xo‘jaligi majmuasi qatnash
-
chilarining manfaatlari katta bo‘lishi mumkin va bu holatlar har 
bir havzaviy kengash tarkibini shakllantirishda e’tiborga olinishi 
lozim. Boshqa tomondan ayrim hollarda havzaviy kengash tarki
-
bini shakllantirishda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining 
manfaatlari ularning vakillari sifatida suv iste’molchilari uyush
-
masi tomonidan ifodalanishi qulay va samarali bo‘lsa, sanoat so
-
hasi vakillari uchun havzaviy kengashda a’zo sifatida qatnashish 
juda katta hal qiluvchi ahamiyat kasb etmasligi ham mumkin. 
Albatta, havzaviy kengashga suv iste’molchilari va nodav
-
lat tashkilotlari o‘z vakillarini o‘zlari yuborishlari ideal variant 
bo‘lardi. Biroq buni amalga oshirish turli sabablar (tashkiliy, 
moliyaviy) tufayli murakkab bo‘ladi, shuning uchun havzaviy 


74
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
kengash tarkibida turli suv iste’molchilari va jamoatchilik sektori 
vakillarining bo‘lishlarini ta’minlashga e’tibor qaratish lozim. 
Bunda turli suv iste’molchilari va jamoatchilik sektori vakillari 
ishtirok etgan hollarda ham, havzaviy kengashning ishi unda 
ishtirok etmayotgan manfaatdor tomonlarning vakillari uchun 
ochiq va tushunarli bo‘lishi kerak. Buni ayniqsa havzaviy ken
-
gashning nizomini, reglamentini va boshqa ichki hujjatlarini ish
-
lab chiqishda, masalan, ularga majlislarning ochiq tarzda o‘tka
-
zilishi, ko‘rib chiqilayotgan hujjatlar hamda qabul qilinayotgan 
qarorlar matnining ochiqligi, kengash muhokamasiga takliflar 
kiritish mumkinligi kabi talablarni kiritish orqali e’tiborga olish 
juda muhim. Bunday qadamlar jamoatchilik tomonidan havzaviy 
kengash faoliyatiga e’tibor yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi 
hamda uning ishida ishtirok etuvchi manfaatdor tomonlar ko‘la
-
mi kamayishining oldini oladi. 
Umuman, havzaviy kengash ko‘rinishidagi organning bo‘li
-
shi qabul qilinayotgan qarorlarda, masalan, suv resurslari
-
dan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha dasturiy va 
me’yoriy hujjatlarni, turli xo‘jalik qarorlari loyihalarini ko‘rib 
chiqishda jamoatchilikning ishtirokini ta’minlashda yaxshi in
-
stitutsional asos yaratadi. Bu esa milliy qonunchilik va xalqaro 
konvensiyalarning jamoatchilik ishtirokini ta’minlash talabla
-
rini bajarish bo‘yicha xarajatlarni sezilarli darajada kamaytira
-
di, ko‘rilayotgan masalalarning havzaning suv ob’yekti holatiga 
ta’sir etuvchi turli jihatlarini chuqurroq ko‘rib chiqish imkonini 
beradi. 
Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda havzaviy kengash
-
larni shakllantirish jarayonini har bir havzaning o‘ziga xos sha
-
roitlarini hisobga oluvchi bir necha bosqichlarga bo‘lish mum
-
kin. Havzaviy kengashlar havzaning suv resurslarini samarali 
boshqarishdan manfaatdor bo‘lgan barcha tomonlarning va
-
killigiga asoslangan organ bo‘lishi lozim, shuning uchun uning 


75
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
shakllanishi dastlabki kunlaridanoq manfaatdor tomonlarning 
xabardorligiga alohida e’tibor qaratiladi.

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish