66
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
misolida ham Suv kodeksida havzaviy kengashlar tuzilishiga oid
asosan ikkita talab qo‘yilgan:
- Havzaviy kengash ishiga muayyan havzaviy suv xo‘jaligi
boshqarmasi boshlig‘i rahbarlik qiladi;
- Havzaviy suv xo‘jaligi boshqarmasi kengash ishini tashkil
etadi, ya’ni amalda sekretariat rolini bajaradi.
Shunday qilib, havzaviy tashkilotlar tuzilmasini belgilashda
xalqaro tajribaga tayanish mumkin.
Xalqaro tajribada havza
-
viy tashkilotlarning turli, shu jumladan, ancha murakkab tu
-
zilmalari uchraydi.
Jumladan, Fransiyada havzaviy qo‘mitalar
to‘rtta kollegiya (suv iste’molchilari kollegiyasi, deputatlar kol
-
legiyasi, Fransiyaning iqtisodiy va ijtimoiy kengashlari vakillari
kollegiyasi, davlat ma’muriyati vakillari kollegiyasi)dan iborat.
Kollegiyalar a’zolarining umumiy miqdori ayrim havzalar bo‘yi
-
cha 61-114 kishini tashkil etadi. Bu organlar mohiyatiga ko‘ra
suv masalalari bo‘yicha mahalliy parlament hisoblanadi. Ammo
har bir havzada ham bunday murakkab va qat’iy tuzilmaga ega
kengashlar bo‘lishi shart emas. Chunki bu ancha qimmat va ish
-
ni tashkil etishda murakkabliklar keltirib chiqaradi. Masalan,
havzaviy kengashlar qarorlari maslahat maqomiga ega bo‘lgan
Qozog‘iston tajribasida havzaviy kengash kotibi suv xo‘jaligi
boshqarmasi xodimlari hisobidan tayinlanadi. Kengash kotibi
kengash majlislarini o‘tkazishda tashkiliy masalalarga mas’ul
etib tayinlanadi. Biroq boshqa variantlar ham tanlanishi mum
-
kin. Qozog‘iston tajribasiga ko‘ra alohida qatnashchilari guruhi
uchun 20 foizli kvota belgilangan va havzaviy kengashlarning
samarali faoliyati ularning a’zolari soni 10-25 kishi bo‘lganda
ta’minlangan.
Qonunchilikda havzaviy kengash a’zolarining huquq va
majburiyatlarini belgilash ularning ichki ishi deb ko‘rsatiladi.
Odatda kengashning samarali faoliyatini ta’minlash uchun ken
-
gash a’zolariga quyidagi huquqlar beriladi:
67
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY
REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
• reglament asosida havzaviy kengash qarorlarini muhoka
-
ma va qabul qilishda qatnashish;
• havzaviy kengash majlislarida muhokama qilish uchun
masalalarni tayyorlash;
• havzaviy kengash faoliyatiga oid hujjatlar va ma’lumotlar
bilan
tanishish;
• havzaviy kengash majlislarining o‘tkazilish vaqti, joyi va
uning kun tartibi to‘g‘risida o‘z vaqtida ma’lumot olish;
• havzaviy kengash majlislarini o‘tkazish va uning faoliyati
tartibiga oid e’tiroz va takliflarni kiritish;
• havzaviy kengash tomonidan tuziladigan ishchi guruhlar
-
da ishtirok etish;
• havzaviy kengash majlislariga ekspertlar,
mutaxassislar,
turli davlat organlari, tashkilotlar va manfaatdor jamoatchilik
vakillarini taklif etish bo‘yicha takliflar kiritish;
• havzaviy kengash faoliyatini
rejalashtirishda ishtirok
etish;
• qonunchilik va havzaviy kengashning ichki me’yoriy
hujjatlari asosida boshqa huquqiy faoliyatlarni amalga oshirish.
Havzaviy kengash a’zolariga quyidagi majburiyatlar
yuklanadi:
68
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
• organ ishida shaxsan ishtirok etish;
• havzaviy kengash maqsad va vazifalarining bajarilishiga
amaliy yordam ko‘rsatish;
• havzaviy kengash majlislarida va kun tartibidagi masala
-
lar muhokamasida faol ishtirok etish;
• havzaviy kengash majlisida
ishtirok etish imkoniyati
bo‘lmaganda o‘z vaqtida ogohlantirish;
• havzaviy kengashning Nizomi, reglamenti va boshqa ich
-
ki hujjatlari talabini bajarish;
• o‘z tashkilotining havzaviy
kengashda amalga oshiri
-
layotgan ishlar va qabul qilinayotgan qarorlar to‘g‘risida
xabardorligini ta’minlash;
• manfaatlar to‘qnashuvi talablarini bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: