management………………………………………………………………………
……….
171
Glossary…………………………………………………………………………... 174
References………………………………………………………………………... 177
Kirish
Nazariy jihatdan qaralganda suv resurslari tuganmasdir, chunki ularning
umumiy miqdori (sifatini e‘tiborga olmaganda) mavjud talablarga nisbatan ancha
katta hamda chuchuk suvlar resurslari suvning tabiatdagi aylanma harakati
jarayonida tiklanib, yangilanib turadi. Ammo suvni ist‘emol qilish shunday jadal
sur‘atlar bilan o‗smoqdaki, insoniyat bugungi suv resurslari taqchilligi va ularning
sifatini yomonlashib borishi sharoitida, o‗zining kelajakdagi suvga bo‗ladigan
extiyojlarni qanday ta‘minlash kyerakligi haqidagi chuqur o‗yga tolmoqda.
Jahonning ko‗plab mamlakatlari va mintaqalarida yildan-yilga suv resurslari
takchilligi kuchayib borayotgani sezilmokda.
Suv xo‗jaligining asosiy vazifasi- xalq xo‗jaligining barcha tarmoq va
sohalarining, shuningdek, atrof muhitning talablaridan kelib chiqqan holda ularni
zaruriy mikdordagi va sifatdagi suv bilan ta‘minlash, shuningdek suv bilan bog‗liq
salbiy oqibatlarni oldini olishni o‗z ichiga oladi. Suv resurslaridan okilona
foydalanish va ularni muhofaza qilishni boshqarish turli mexanizmlar yordamida
amlaga oshirilib, jumladan uni iqtisodiy mexanizmlar bilan boshqarish vazifalari
o‗z ichiga quyidagilarni oladi:
- suv resurslaridan okilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‗yicha
asoslangan tadbirlarni rejalashtirish va zaruriy mablag‗ bilan ta‘minlash;
- suvdan foydalanish limitlarini belgilash;
- suvdan foydalanganlik va suv iste‘moli uchun to‗lov me‘yorlarini
belgilash;
- suv ob‘ektlariga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarganlik uchun cheklov va
to‗lov me‘yorlarini belgilash;
- kam chiqindi ajratuvchi va chiqindisiz ishlaydigan texnologiyalarni,
suvdan oqilona foydalanish va uning tejamkorligi sohasida yuqori samara
beradigan boshqa tadbirlarni qo‗llaganligi uchun soliq, kredit va boshqa
yo‗nalishlarda imtiyozlar berish;
- suv qonunchiligi talablarini buzilishi sababli suv ob‘ektlari va inson
salomatligiga etkazilgan zararlarni qoplash va boshqalar.
Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy
yo‗nalishi, suv xo‗jaligi majmuasi qatnashchilari, ya‘ni xalq xo‗jaligi sohalarida
samarasiz suv iste‘moli miqdorini qisqartirishga yo‗naltirilgan bo‗lib, ayniksa bu
toza suv iste‘moliga tegishlidir. Mazkur masalada ikkinchi yo‗nalish – suvdan
foydalanishning barcha bosqichlarida katta mikdordagi suv yo‗qotilishlariga
barham berishdan iboratdir. Bugungi kunda suv yo‗qotilishi holati suv xo‗jaligi
majmuasining barcha qatnashchilari tizimlarida xam uchraydi. Jumladan
kommunal ro‗zg‗or xo‗jaligida vodoprovod tizimlarining ayrim qoniqarsiz
xolatlari, suv o‗lchagichlarning yo‗qligi yoki to‗liq ishlatilmasligi va boshqa
sabablar tufayli yuzaga kelayotgan suv yo‗qotishlarini misol qilish mumkin. Bu
esa boshqa salbiy oqibatlar bilan bir qatorda aholini toza ichimlik suvi bilan
ta‘minlash muammosini ham murakkablashtirmoqda. Suv resurslarini boshqarish
zaruriyati quyidagi holatlar bilan belgilanadi:
- mavjud suv resurslarining cheklanganligi va notekis tarqalganligi;
- suvga bo‗lgan talabning keskin ortib borishi;
- suv resurslari mikdorining, ularning shakllanish sharoitlari va manbalariga
boglik ravishda vakt davomida o‗zgaruvchanligi va o‗zgarish amplitudasining
kattaligi;
-tabiiy va antropogen omillar ta‘sirida suv resurslarining ifloslanishi va
sho‗rlanishining kuchayib borishi;
-suv ob‘ektlarining tabiatga va xalq xo‗jaligi ob‘ektlariga salbiy ta‘siri (suv
toshqini, suv bosishi va b.).
Suv resurslarini boshqarish ikkita yo‗nalishda amalga oshiriladi:
1)
Suv resurslari mikdorini boshqarish;
2)
Suv resurslari sifatini boshqarish;
Suv resurslari mikdorini boshqarish bo‗yicha qarorlar qabul qilishda suvga
bo‗lgan talabning o‗rtacha qiymatlariga, shuningdek, xar bir suv iste‘molchining
tavsifnomasini o‗rganish natijalariga tayaniladi hamda xar bir mo‗ljallangan u yoki
bu tadbirning o‗tkazish zaruriyatini asoslanishi lozim bo‗ladi. Suv resurslari
sifatini boshqarishda iste‘molchilarning suv sifatiga qo‗yadigan talablariga
asoslanish zarur: turli iste‘molchilar suv sifatiga nisbatan turli talablarni
qo‗yadilar. Suv resurslarining miqdori va sifatini oddiy va murakkab boshqarish
usullari mavjud.
Suv resurslarining oddiy boshqaruvida, ularni miqdor va sifat jihatidan suv
iste‘moli tartibiga muvofik ravishda suv inshootlar va texnik vositalar yordamida
iste‘molchilarga etkaziladi yoki yo‗l yo‗lakay suv ob‘ektining alohida foydali
xususiyatlaridan foydalanish amalga oshiriladi. Suv resurslarining murakkab
boshqaruvida esa suv (sifat va mikdor jixatdan) iste‘molchining talablariga mos
ravishda tayyorlanadi va so‗ngra maxsus inshootlar va texnik vositalar yordamida
iste‘molchilarga etkaziladi.
Shunday kilib, suv resurslarini boshqarish tushunchasi ostida suv
resurslarini vakt va xududlar bo‗yicha qayta taqsimlash, ekologik barqarorlik
talablarini hisobga olgan holda iqtisodiyot sohalarining suv resurslariga bo‗lgan
talablarini optimal ravishda qondirish uchun suv sifatini yaxshilash, ya‘ni suvni
kerak bo‗lgan joyga, talab etilgan sifat bilan zarur bo‗lgan vaktida etkazish
tushuniladi. Yana ham qisqaroq qilib, suv resurslarini boshqarishni, suv
resurslarining vaqt va makonda tarqalishi hamda sifat ko‗rsatkichlarini
iste‘molchining talablariga moslashtirish jarayoni deb talqin etilishi mumkin. Suv
resurslarining xar bir tarkibiy qismini vaqtda va makonda boshqarish mumkin.
Jumladan yer usti suvlari miqdorini boshqarishni - suv omborlari barpo etish,
kanallar qurish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish bilan boshqariladi. Yer osti
suvlari miqdorini esa suv omborlari barpo etish, yer osti sig‗imlaridan foydalanish
va boshqa tadbirlarni amalga oshirish bilan boshqariladi. Hozirgi davrda dunyo
amaliyotida atmosfera yog‗inlarini boshqarish bo‗yicha ham katta tajriba
to‗plangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |