16.25 mln.doll. va davlat byudjeti hisobidan 20.0 mln.doll. (soliq va bojxona to‘lovlaridan ozod etish xisobiga).
Loyiha doirasida 4 ta suv tarqatish inshootlarini rekonsturksiya qilish, 19 km magistral quvurlar hamda 251 km ichimlik suvi tarmoqlarini qurish va rekonstrutsiya qilish natijasida, tumanlarning 110,0 mingdan ortiq aholisining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash ko‘zda tutilgan.
Ichimlik suvini olish, tozalash, uzatish va oqova tizimi orqali tozalash hamda tashlash texnologik sxemasi
SHaharlar va aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimi yil davomida o‘zluksiz ishlayotgan o‘ta murakkab va ko‘p tarmoqli jarayondir.
Suv ta’minoti tizimlari murakkab inshootlar majmuasi bo‘lib, suv manbasidan boshlab iste’molchigacha bo‘lgan barcha inshootlarni o‘z ichiga oladi. Bu inshootlar bir biri bilan uzviy bog‘langan.
Mazkur tizim quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Suvni qabul qilish va tozalash, iste’molchilarga suvni etkazib berish va Oqova suvlarni chiqarib tashlash.
09:53, 29.03.2018 7507
O‘zbekistonda “Toza ichimlik suvi” jamg‘armasi suv ta’minoti tizimini tubdan yangilashni boshladi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Toza ichimlik suvi” jamg‘armasi hisobidan ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimlarini yaxshilash loyihalari 2018-yilda amalga oshirilishi to‘g‘risida ma’lumot berdi, deb yozadi O‘zA.
Foto: Shutterstock
Respublika bo‘yicha ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari uchun Moliya vazirligi huzuridagi “Toza ichimlik suvi” jamg‘armasi uchun 584,7 milliard so‘m limit mablag‘lari ajratilgan bo‘lib, ushbu mablag‘lar 2017-yilga nisbatan 2 marta ko‘pdir.
Moliya vazirligi huzuridagi “Toza ichimlik suvi” jamg‘armasida ko‘zda tutilgan limit mablag‘lari quyidagi yo‘nalishlarga yo‘naltiriladi:
– 2017—2021 yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish Dasturi doirasida suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlarini moliyalashtirish uchun – 504,96 milliard so‘m (buyurtmachi – O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziriligi);
— qishloq joylarida namunaviy uy-joylar qurish, boshqaruv va ijro organlari rahbarlariga xizmat uylarini hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining xizmatchilariga xizmat uylarini qurish Dasturi doirasida ichimlik suvi ta’minoti obyektlarini qurishni moliyalashtirish uchun – 79,76 milliard so‘m.
Ko‘zda tutilgan mablag‘lar evaziga 2018-yilda respublika bo‘yicha 377 ta obyektlarni, 1 491,6 km suv quvurlarini hamda 261 ta suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi. Natijada, 2018-yilda qo‘shimcha ravishda 579,5 ming aholi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |