4-rasm. Favqulodda vaziyatda birinchi tez tibbiy yordam korsatish
Keltirilgan vazifalar har bir guro’h - kuchlarning kundalik faoliyatini belgilash bilan birga, ularni aholi va hududlarni turli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasidagi burch va mas’uliyati nechog’li yuqori ekanligini ham ko’rsatadi. Qidiruv - qutqaruv bo’linmalarining favqulodda vaziyatlarga doim shay turishi va tezkor harakat qilishga erishishda Vatanimiz hukumati tomonidan tasdiqlangan maxsus taktik - o’quv mashqlarining o’tkazilib turishi alohida e’tiborga molik. Bunday tadbirlardan ko’zlangan asosiy maqsad, tabiiy va texnogen xususiyatda namoyon bo’ladigan favqulodda vaziyatlarda aholi muhofazasini ta’minlash, ishlab chiqarish ob’ektlarida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan halokatlarni oldini olish, xalq xo’jaligi faoliyatida barqarorlikka erishish, moddiy talofotini kamaytirishdan iboratdir.
Qoraqalpog’iston, viloyatlar va Toshkent shahari boshqarmalari qoshidagi qidiruv - qutqaruv guro’hlarining faoliyati va kundalik vazifasi har bir viloyatning tabiiy sharoiti unda mujassam bo’lgan ishlab chiqarish tarmoqlari xususiyatiga muvofiq hududiy miqyosda uzluksiz faoliyat ko’rsatishadi. Bunda asosiy talab favqulodda vaziyatlarning xususiyati bo’yicha qutqaruv ishlarini olib borishga qaratilgan bo’ladi.
Masalan, tog’li va tog’ oldi viloyatlarida nisbatan geologik xavfli hodisalar, ko’chki, sel, toshqinlar bo’lsa, tekislik, yo’l hududlaridagi viloyatlarda kuchli shamol, eroziya, toshqinlar ko’proq bo’ladi. Texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar shu hududdagi zavod va fabrikalarga bog’liq va qutqaruvchilar har qanday favqulodda vaziyatga doimi shay turishlari shart. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy vositalar zaxiralari oldindan, favqulodda vaziyatlar ro’y bergan taqdirda shoshilinch tarzda jalb etish maqsadida yaratiladi. Moliyaviy va moddiy vositalar zaxiralarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni to’ldirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga zaxiradagi moliyaviy jamg’armasi va favqulodda vaziyatlarni tugatish chog’ida birinchi navbatdagi ishlarni amalga oshirish uchun yig’iladigan moddiy vositalar zaxiralari quyidagi manbalardan amalga oshiriladi:
• Respublika byudjeti mablag’lari hisobidan;
• idoraviy moliyaviy va moddiy vositalar zaxirasi-vazirliklar va idoralar mablag’lari hisobidan;
• mahalliy hokimiyat organlarining moliyaviy va moddiy vositalari zaxirasi - mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan;
• ob’ektlarning moliyaviy va moddiy vositalari zaxirasi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning o’z mablag’lari hisobidan;
• Qizil Yarim Oy Jamiyatining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy vositalar zaxiralari nomenklaturasi va xajmlari ularni tashkil etgan organ tomonidan belgilanadi.
Fuqaro muhofazasini moliyalash ijtimoiy fondlarning mablag’lari, fuqarolarning ixtiyoriy badallari va boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Kuch va vositalarning harakati maxsus hay’atining yo’riqnomasi asosida olib boriladi. Ya’ni favqulodda vaziyat sodir bo’lsa; bunday vaziyatni bartaraf etish hay’ati tuziladi. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishdagi barcha jarayon shu hay’at yo’riqnomasi asosida olib boriladi.
Favqulodda murakkab sharoit razvedka faoliyatini jiddiy qiyinlashtirib va AQI o‘tkazish uchun qarorga kelishga zarur bo‘lgan to‘liq, hamma ma’lumotlami qisqa mudadtda olishga imkon ber- may qo‘yishi mumkin. Bunday holda yetishmay turgan ma’lumo- tlar sharoitga ta’sir etadigan hamma omillami - zilzila joyi, vaqti,kuchini, toshqin (suv bosish) xarakterini, yil fasHni, sutka vaqtini, meteosharoit va boshqalarni hisobga oHb, sharoitni oldindan tax- minlash yo‘li bilan olinishi kerak.
Zilzilalarning, toshqinlarning koordinatalari haqidagi ma’lumot- lar, meteomaiumotlar va boshqa xabarlar fuqaro muhofazasi organlaridan, qo‘l ostidagi va qo‘shni organlardan, Qurolli Kuchlar harbiy qo‘shilmalari va birlashmalarning shtablaridan, fuqaro muhofazasi boshqaruv organlaridan hamda maxsus tayyorlangan fuqaro muhofazasi maskanlaridan olinishi mumkin. Sharoit haqidagi ma’lumotlar tahliliga (ularga berilgan bahoga) asosan fuqaro muhofazasi xizmatlari boshqaruvi qabul qiladigan qarorlar yuzasidan xulosalar va takliflar tayyorlab, fuqaro muhofazasi boshlig‘iga axborot beradi. Fuqaro muhofazasi boshlig‘iga beriladigan xulosalar va takliflarda zaruriy ma’lumotlar to‘liq boiishi kerak.
Sharoitga baho berishda esa fuqaro muhofazasi boshliqlari maxsus maiumotlarni o‘rganib chiqadi. Shikast o‘chogida (tabiiy ofat, avariya, halokat j oyida) vazifalarni tushunib olish va sodir boigan sharoitga baho berish yuzasidan shaxsan ishlash natijasida, shuningdek, fuqaro muhofazasi organlarining xulosalari va takliflarini hisobga olib, fuqaro muhofazasi boshliqlari shikast (zararlanish) o‘choqlarida AQIni o‘tkazish haqida qarorga keladi.
Qarorga kelishni ta’minlash uchun fuqaro muhofazasi boshligi boshqarish xizmatlari va boshqa organlari bilan birgalikda sharoitlarni o‘rganib, ularga baho berib chiqadi. AQIni oikazishda kerakli texnik vositalar va kuchlarni hisobga olish zaruriyatidan kelib chiqib, ularni ta’rifini quyidagicha keltirish mumkin. Radiatsion sharoitga baho berishda radioaktiv bulut harakati- ning tezligi va yo‘nalishlari; radioaktiv zaharlanish hududlarining chegaralari; evakuatsiya jarayonidagi fuqaro muhofazasi kuchlarining tez harakatlanadigan marshrutlari va qutqaruv ishlari o‘tka- zilishi kerak boigan xalq xo‘jaligi obyektlaridagi radiatsiya darajasi; fuqaro muhofazasi tuzilmalarining xizmatchilari, ishchilar va aholi ko‘magi ko‘zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |