Suv bug’lari hosil bo’lishining yashirin issiqligini aniqlash ishning maqsadi



Download 133,6 Kb.
bet1/3
Sana19.03.2022
Hajmi133,6 Kb.
#500611
  1   2   3
Bog'liq
labaratoriya 14



SUV BUG’LARI HOSIL BO’LISHINING YASHIRIN ISSIQLIGINI ANIQLASH
Ishning maqsadi: Sovuq suv va bug’ aralashmasining temperaturasini tn aniqlash, suv bug’lari hosil bo’lishining yashirin issiqligini aniqlash hamda bug’-suv-kalorimetr sistemasi uchun issiqlik balans tenglamasini tuzish.
Kerakli asboblar: kalorimetr, o’quv laboratoriya tarozisi, termometr (-10° dan + 110 °C gacha) yoki NiCr-Ni tipli temperatura datchigi, raqamli termometr, bug’ generator (550 W/230 V), suvni ajratgich, ichki diametri 7 x 1.5 mm, 1 m bo’lgan silikon trubkalar, mustahkam shishadan tayyorlangan, hajmi 400 ml bo’lgan menzurka, V shaklidagi shtativ asosi, uzunligi 47 sm bo’lgan shtativ ustun, multi qisgichlar Leybold, diametri 0÷80 mm bo’lgan universal qisgichlar.
Nazariy qism
Ma’lumki, moddalar asosan uch agregat holatda (qattiq, suyuq va gazsimon) bo’lishi mumkin. Moddaning qaysi holatda bo’lishi uni tashkil etgan zarrachalarning kinetik va potensial energiyalari nisbatiga bog’liq. Qattiq jismlarda molekulalarning potensial energiyasi ularning kinetik energiyasidan juda katta bo’ladi, ya’ni . Suyuqliklarda va gazlarda esa bo’ladi.
O’zgarmas bosimda moddaga issiqlik miqdori berilsa, odatda moddaning temperaturasi oshadi. Ammo, agar fazaviy o’tish mavjud bo’lsa, moddaning temperaturasi oshmaydi, chunki uzatilayotgan issiqlik fazaviy o’tishga sarf bo’ladi. Agar issiqlik uzatish jarayoni fazaviy o’tishdan keyin ham davom etsa, moddaning temperaturasi yana orta boshlaydi. Masalan, suvning bug’lanishi fazaviy o’tishning yaqqol misoli hisoblanadi.
Suyuqlik molekulalarining o’rtacha kinetik energiyasi temperatura ko’tarilishi bilan oshadi. Unchalik yuqori bo’lmagan temperaturalarda ham ba’zi molekulalarning kinetik energiyasi boshqa molekulalarning tortish kuchini yengib, suyuqlik sirtidan chiqib ketishi uchun yetarli bo’ladi. Bunday hodisa bug’lanish deb ataladi. Katta kinetik energiyaga ega bo’lgan molekulalarning chiqib ketishi suyuqlik ichki energiyasining kamayishiga olib keladi. Natijada bug’lanish jarayonida suyuqlik sovuydi. Bug’lanishga teskari bo’lgan hodisa, ya’ni bug’ molekulalarining suyuqlikka aylanish jarayoniga kondensatsiya deyiladi. Bug’lanish uchun qancha issiqlik sarflangan bo’lsa, kondensasiya jarayonida shuncha issiqlik ajralib chiqadi. Suyuqlik molekulalar ma’lum bir kinetik energiyaga erishganda butun hajm bo’ylab bug’lana boshlaydi. Bunday jarayonga qaynash deyiladi. Qaynash temperaturasidagi har xil suyuqlikka bir xil issiqlik energiyasi berilganda, har xil miqdordagi suyuqlik bug’lari hosil bo’ladi. Bunday bug’lanish xususiyatlari solishtirma bug’lanish issiqligi yordamida xarakterlanadi.
Qaynash temperaturasidagi 1 kg suyuqlikni to’la bug’ holatiga o’tkazish uchun kerak bo’ladigan issiqlik miqdoriga solishtirma bug’lanish issiqligi deyiladi.
(1)
Solishtirma bug’lanish issiqligi moddaning turiga, ya’ni modda molekulalarining o’zaro ta’sir kuchlariga bog’liq bo’lib, tashqi bosim ortishi bilan ortadi.
Ushbu tajribada suv bug’lari hosil bo’lishning yashirin issiqligini L (solishtirma bug’lanish issiqligini) quvurdan kalorimetrga toza bug’ uzatish orqali aniqlanadi.

Bug’ sovuq suvga uzatiladi va termodinamik muvozanat yuzaga keladi. Termodinamik muvozanat yuzaga kelishi uchun bug’ dastlab qaynoq suvga aylanadi hamda tn temperaturagacha sovuydi. Bunda bug’dan ajralib chiqqan issiqlik miqdori sovuq suv va kalorimetrni tn temperaturgacha qizdirish uchun sarflanadi. Natijada tn temperaturali aralashma hosil bo’ladi.
Bu jarayonda bug’ning kondensatsiyalanishida ajralib chiqqan Q1 issiqlik miqdori va tn temperaturagacha sovushda ajralib chiqqan Q2 issiqlik miqdori quyidagiga teng bo’ladi:
(1)
(2)
bu yerda - kondensatsiyalangan bug’ning massasi, - suvning solishtirma issiqlik sig’imi, - suvning qaynash temperaturasi, - aralashma temperaturasi.
Bu jarayonda sovuq suv va kalorimetr yutgan issiqlik miqdori Q3 esa quyidagiga teng bo’ladi:
(4)
bu yerda m1 – sovuq suvning massasi, ck - kalorimetrning solishtirma issiqlik sig’imi, mk – kalorimetr massasi, t1 – sovuq suvning dastlabki temperaturasi.
Issiqlik balans tenglamasiga asosan ajralib chiqqan issiqlik miqdorlari yig’indisi va yutilgan issiqlik miqdori o’zaro teng bo’ladi, ya’ni:
(5)
yoki
(6)
(6) ifodadan solishtirma bug’lanish issiqligi L ni topamiz,
(7)
Tajribada (7) ifoda yordamida suv bug’ining solishtirma bug’lanish issiqligi hisoblanadi.

Download 133,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish