Sut va sut mahsulotlarini omborlarda saqlash texnologiyasi
Mashg‘ulot maqsadi: Sut va sut mahsulotlari, meva va sabzavotlarni sovitish va saqlash texnologiyasini o‘rganish.
Mashg‘ulot rejasi:
1. Sut va sut mahsulotlarini sovitish va saqlash texnologiyasi;
2. Meva va sabzavotlarni sovitish;
3. Sut va sut mahsulotlarini saqlash;
4. Meva va sabzavotlarni saqlash;
Uslubiy ko‘rsatmalar:
Sut va sut mahsulotlarini sovitish va saqlash
Bizlarga ma’lumki sut va sut mahsulotlari juda tez buziladi. SHuning uchun ularga tezda Sovuqlik bilan ishlov berish kerak bo‘ladi.
Sutlarga ishlov berish korxonalariga + 10oS t-dan yuqori bo‘lmagan holdagi sutlar keltiriladi. Lekin ba’zi hollarda esa keltirilgan sutlarning harorati + 10oS dan yuqori bo‘lishi mumkin, bu holda ularga darhol sovuqlik bilan ishlov beriladi.
Sutlarni fermalarda sovitish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi paytda sutlar sog‘ilgandan fermalarda darxol + 5oS va undan ham past haroratgacha sovitiladi.
Sut va sut mahsulotlarini sovitish maqsadida fermer xo‘jaliklarida sovitgich mashinalari ishlab turishi lozim. Bu mashinalar sovutgich agentining qo‘llanilishiga qarab, bug‘lanuvchan agent yoki oraliq issiqlik tashuvchi agentlardan foydalaniladi.
Zavodlardan keltirilgan sutni saqlashga yuborishdan oldin 4-5oS t-gacha plastin-kali sovitgichlarda sovitiladi; ularni saqlash esa vertikal yoki gorizontal holdagi tank deb nomlanuvchi idishlarda saqlanadi.
Plastinkali sovitgich, bir tipdagi bir nechta plastinkalardan iborat bo‘lgan, issiqlik almashtiruvchi apparatdan tuzilgan. Plastinkalarni birlashtirganda, o‘rtasi plastinkali devorcha bilan ajratilgan kanallar sistemasi hosil bo‘ladi. bunday kanallarning biridan sut va ikkinchi kanaldan qarama-qarshi tomondan sovitilgan suv yoki tuzli eritma oqadi. Sutning harorati shular okibatida pasaytiriladi. Plastinkali sovitgichdan texnologik siklda foydalanish sutni pasterizasiyalashda ham ishlatiladi. Plastinkali sovitgich xozirgi zamon tipidagi sovitgichlardan bo‘lib hisoblanadi.
Ba’zi bir sut zavodlarida sutni, slivkani, muz qaymoqlarni sovitishda plastin-kali sovitgichlardan tashqari trubali sochiluvchan sovitgichlardan ham foydalaniladi. Trubalari misdan yasalgan bo‘lib, diametri 20 dan 50 mm gacha bo‘ladi. Bir soatda bunakangi sovitgichlar 1000 l sutni + 34 t-dan 4oS gacha sovitish kuvvatiga egadir.
Sut mahsulotlarini – yog, pishloq, qaymoq, katik va shunga uxshash mahsulotlarni ishlab chiqarishning turli etaplarida va tayyor mahsulot xolida ham soviklik bilan ishlov beriladi. Bu mahsulotlarni sovitishda sutni sovitish uchun ishlatiladigan jixozlardan yoki oddiy sovitish kameralaridan foydalaniladi.
Ba’zi hollarda esa maxsus sovitgichlar ishlatiladi. 1, 0-1, 5 oygacha bo‘lgan mud-datda yogni saqlashda -1, -2oS haroratgacha, undan ko‘prok muddatga esa -2oS haroratdan past haroratgacha sovutiladi. Sut mahsulotlaridan ba’zilari qo‘yidagi haroratlargacha sovutiladi, prostakvasha 0-1oS, kefir 6-8oS. Smetana ishlab chikishda Sovuqlikni slivkani sovitishga ishlatiladi. Slivkani pasterizasiya kilgandan sung 18-22oS gacha sovitiladi. Undan keyin esa mahsulotni tayyor bo‘lishi uchun 1-2 sutka 5-8oS li sovitish kamerasiga joylashtiriladi. Juda katta sut zavodlarida slivkalarni sovitish va smetana pishirish maxsus slivka pishirish vanna-larida olib boriladi. Tayyor mahsulotni esa saqlash kameralariga yubora-dilar. Bu erda uni yana ham past t-gacha sovitadilar. Sovuqlikdan yana tvorog, tvorog mahsulotlari, (sguщyonnыy) kuyuklantirilgan sut va boshqa sut mahsulotlarini sovitishda keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |