LABAN - SUT - Sut uch moddadan murakkab topgan. Suvlik, og'iz (pal-la) va yog' moddasidan. Sigir sutida yog' moddasi ko'p bo'ladi. Tuya sutida esa yog' va og'iz moddasi oz va o'zi juda suyuq bo'ladi. Echki suti esa mo''tadildir. qo'y suti quyuq va yog'li, ammo sigir suti undan ham quyuqroq va yog'liroq bo'ladi. Biya suti esa tuya sutiga o'xshash suyuq va suvli bo'ladi. Odam uchun eng yaxshi sut xotin sutidir. Eng yaxshi sut ko'krakdan emib ichiladigan sut, hamda hozirgina sog'ib ichiladigan sutdir. Eng yaxshi sut oppoq va bir xil quyuqlikdagi sutdir, uni tirnoq yuziga tomizilsa, turib qoladi va undan oqib tushmaydi. Sut beruvchi hayvon yaxshi o'tlar bilan boqilishi kerak. Sutda hech qanday boshqacha maza, ya'ni achchiq, nordon va o'tkir maza bo'lmasligi, yoqimsiz va yot hidlar bo'lmasligi kerak. Sutni sog'ilgan zamon unda biror o'zgarish paydo bo'lmasidan burun ichish kerak. Bo'g'ozlik davri xotinlarning homiladorligidan uzoqroq yoki ozroq cho'zilgan hayvonlarning suti yomon bo'ladi. Shuning uchun bo'g'ozlik muddati jihatidan insonga yaqin turgan hayvonning, masalan sigirning suti eng yaxshi sut hisoblanadi. Sutning suvliligi - issiq, yog'li qismi garchi issiqlikka moyil bo'lsa ham mo''tadillikka yaqin, qatiq esa sovuq va quruq bo'ladi. Sutning suvli qismi latiflashtiruvchi va yuvuvchi bo'lib, achishtirish hossasi yo'q. Sut xiltlarni mo''tadillashtiradi, badanni baquvvat qiladi, semirtiradi. Sutni asad bilan ichilsa, ichki yaralarni quyuq xiltlardan tozalaydi, ularni etiltiradi va yuvadi. Sutning kaymusi yaxshidir. Sut, ayniqsa, xotinlar suti, miyani oziqlantiradi va ko'paytiradi. Sut tez hazm bo'ladi, chunki sut sovuqqa moyil a'zoda paydo bo'lsada, hazm bo'lishning nihoyat darajasiga yetgan qondan tug'ilib, yana ikkinchi bor hazmga moslashganidan keyin, qanday qilib bu sifatga ega bo'lmasin. Sut to uzoq hazm bo'luvchi va qayta-qayta tozalanishga muhtoj bo'lgan oziqqa aylanmaguncha u oziqlantirmaydi. Balki agar sut ortiqcha issiklikning ta'siriga uchrasa u issiklik sutga tezda mo''tadil qon tabiatiga qaytaradi. Sut to'g'risidagi Rufusning aytganlari, garchi ungi e'tiroz bildirgan bo'lsalar ham, qanchalik ajib! Sut sovuqlikka moyilligi sababli balg'am mizojlilarga zarar yetkazmaydi, chunki ularning issikdigi sutni yetarli miqdorda qonga aylantirmaydi. Sutning qonga yaqinligi sababli inson gavdasi sutni to u qonga aylanib ketgudicha o'zlashtiradi, shu sabali sut issiq va quruq mizojli kishilarga, ularning me'dasida sutni qonga aylantiruvchi safro yo'q paytida foyda qiladi. Undan tashqari sutda odam gavdasiga muvofiq xususiyatlar bor, lekin buning sabablarini bilib bo'lmaydi. Sut ichgan kishi tinch holda turishi kerak, aks holda sut me'dada achiydi va buziladi. Sutdan iste'mol qilgach,u to pastga o'tmaguncha uxlamaslik, ham uning ustiga boshqa ovqat yemaslik kerak. Sut issiq mizojli yoshlardan ko'ra, yoshi ulg'aygan kishilarga ko'proq yoqadi. Chunki u yoshlarda safroga aylanib ketadi. Sut keksa kishilarga ularning tabiatida ho'llik hosil qilgani va ularda bo'ladigan qichimani yo'qotgani sababli foyda qiladi. Ammo ularning sutni xazm qilishlariga asal bilan yordam berish kerak. Sut ko'pincha o'z ishini ichni surish va ichaklardagi chiqindilarni chiqarib tashlashdan boshlaydi. So'ngra oziqlantiradi va badanga tarqalib ich yana to'xtaydi. Agar sutni qaynatilmasa, u ichni dam qiladi. Sut ichni yumshatuvchi suv qismi va bog'lovchi og'iz qismidan murakkab topgan. Og'iz suti sekin hazm bo'ladi, quyuq xilt hosil qiladi va pastga sekin o'tadi, ammo asal uning xususiyatini to'g'rilaydi. Gavda esa og'iz sutidan ko'p oziq oladi. qatiq ham xilt hosil qiladi; qaynatilgan sut, ayniqsa quyug'i ichni ko'proq bog'laydi. Tuya suti unda -og'iz moddasi kamligi va o'zidagi suv qismining tozalash xususiyati sababli tiqilmalar hosil qilmaydi. Undan boshqa har qanday sut tiqilmalar paydo qiladi, ay-niqsa jigarda. Sut ichki a'zolarga quyulib ularga o'zining o'tkirligi va achishtiruvchanligi sababli ozor berayotgan moddalarga qarshi foyda qiladi. Bundan tashqari u o'zining oddiy suvdan ko'ra kuchliroq bo'lgan suv qismi bilan yuvish natijasida moddalarni kuchsizlantiradi. Sut a'zolarga munosib bo'lgani va ularga yopishadigan bo'lgani sababli, a'zo bilan yomon xiltlar orasiga to'siq bo'lib, u xiltlarning kayfiyatini mo''tadil-lashtiradi va yomon xiltlar bilan a'zo orasiga kirib ularni a'zo bilan bevosita to'qnashishiga qo'ymaydi. Sut qon oqishi bor odamga zarar qiladi, ichki a'zolar uchun ham yaxshi emas, ichki a'zolarga boshqa sutlarga qaraganda echki suti ko'proq zararlidir, chunki echki ko'proq burushtiruvchi narsalar bilan ovqatlanadi. qo'y suti esa echki suti bilan qarama-qarshi xususiyatga ega, ammo maqtarli emas va yallig'lanishni keltirib chiqarishi mumkin. Sut o'z javhari bilan tez o'zgaradi, ayniqsa, issiqlikdan, ammo hech narsa gavda uchun yomon sut qadar zarar keltirmaydi. Eshak suti suvliroq, cho'chqa suti ham suvliroq va yetilmagan. Bahorgi sutning yozgi sutga qaraganda suvliligi ko'proqdir. Suv bo'ylarida va botqoqliklarda o'tlaydigan barcha hayvonlarning sutlari ham ana shundaydir, chunki bahorgi o'tlar yozgi o'tlarga qaraganda suvliroq bo'ladi. Yoz kuzga yaqinlashgan sari sut quyuqlasha boradi. Eng yaxshi sut yozning o'rtasida sog'ilib ichiladigani, lekin ichilgach uning issiqdan buzilish xavfi bor, lekin bahorda bu xavf bo'lmaydi. Sigir suti juda seryog' bo'ladi, qo'y sutida esa og'iz ko'p bo'ladi. Tuya sutida yog' va og'iz moddalari oz, uning ketidan biya suti va eng keyin eshak suti keladi. Shu sababli bularning sutlari me'dada va qorinning yuqori qismida boshqa sutlarga nisbatan kam iviydi. Tuya sutida yana sho'rlik ham bor, chunki tuyalar nordon o'tlarni yaxshi ko'radilar. Bu sut eng yaxshi sutdir. Shuning bilan birga, u me'dada va qorin bo'shlig'ining yuqori qismida boshqa sutlarga qaraganda uzoqroq saqlanadi, deydilar. Bilginki, sut hayvonning naviga, uning yoshiga, ya'ni yoshi qari yoki yoshi o'rtacha bo'lishiga, uning tuzilishiga, go'shtining yumshoq yoki qattiqligi, semiz yoki oriqligi, oqligi yoki boshqa rangda ekanligiga qarab ham o'zgaradi. Aytishlaricha, eng kuchsiz sut oq hayvonning suti bo'lib, u tez pastga o'tadi. Ba'zi tabiblarning aytishicha, sutni iste'mol qilish bitlatar emish. Bu ehtimoldan uzoq emas. Uni badanga surtilsa, teridagi xunik izlarni ketkazadi, ichilsa terining rangini yaxshilaydi. Lekin ko'pincha, sut oq dog'ni keltirib chiqaradi. Lekin tuya suti bundan mustasno bo'lib, undan oq dog' hosil bo'lish xavfi kamdan-kam bo'ladi. Sutni shakar bilan ichilsa, yuzning rangini, ayniqsa xotinlarni chiroyli qiladi. Sut semirtiradi. hatto og'iz suvi issiq va sovuq mizoj sababli ozgan odamlarning mizojini ho'llash va yomon xiltlarni chiqarish va shu bilan oziqni yaxshilash orqali semirtiradi. qatiqni temir to'poli bilan berilsa, o'shanday odamlarni tez semirtiradi. Og'izning suvi surtilsa, sepkil va dog'larni ketkazadi, goho ichilganda ham shularga foyda qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |