Sut iching - sog'lom bo'ling!
2016-03-30 14:24:46
Sut badandan kuygan axlatlarni ketkazuvchi va tozalovchi mahsulotdir. Bu barcha hayvonlarning sutiga xos bo'lgan xususiyat hisoblanadi. Badanga sut quvvat beradi. Tanosil a'zolariga ham foydasi katta.
Sut - sovuq va issiq mizojdagi odamlar uchun foydalidir. Faqat ularning me'dalarida safro moddasi bo'lmasligi kerak. Agar ko'zga tomizilsa xastaliklariga shifodir. Har bir hayvon suti surtilsa, peshobdan zaxmini davolaydi, qovuq va bachadon shishlarini qaytaradi. Agar surtilsa bachadondagi rutubatlarni ketkazish uchun foydalidir. Umrni uzaytiradi, badanni semirtiradi. Shahvatni kuchaytiradi. Ayniqsa, bu borada govmish suti o'ta foydalidir. Sutdan iste'mol qilgan kishining chehrasi va yuz rangi tiniq bo'ladi. Issiq mizojli va kamgo'sht odamlar shakar bilan ichsalar semiradilar, shirguruch qilib, pishirib yeyilsa yanada foydalidir. Pishloq suvi surtilsa, sepkil va boshqa teri dog'larini daf etadi. Ichilsa ham xuddi shu xilda foyda beradi. Pishloq suvini xalila bilan ichilsa, qo'tir va qichimaga davodir. Tabiblar xom sut ichish (ayol va eshak sutidan tashqari) turli xastaliklarning paydo bo'lishi sabablarini bilishga ko'mak beradi deydilar. Yangi sog'ilgan mol suti haroratli bo'lsa o'ta foydalidir. hatto uni obihayot bilan tenglashtiriladi. Biroq qaynatilgan echki suti yanada foydali deyishadi. Uni qaynatish usuliga rioya qilish zarur. Chunonchi, sutning chorak miqdoriga boshqa shirin sut qo'shilib sekin qaynatiladi va suv bug'lanib chiqib ketganidan so'ng, sut sovutib ichiladi. Sog'ilgan sutni ikki-to'rt soatdan keyin iste'mol qilishni maqbul deb hisoblamaydilar. Yangi bolasi o'lgan, bola tashlagan, juda ham oriq, yangi tuqqan yoki homilali mol suti turli bemorliklarni keltirib chiqaruvchidir. Agar sutga o'sha miqdorda suv solib ichilsa, pe-shobni haydashi, siydik yo'llarini tozalashi mumkin. Eshak sutining mizoji sovuq, rutubatlidir. Faqat sovutmasdan ichish foydalidir. Shifobaxsh xislatlari shuki, ichilsa badanga sovuqlik keltiradi, rutubat, xursandchiliq ko'payadi, organizmni begona moddalardan tozalaydi. Tugunlarni ochadi. Issiq mizojli yurakni kuchli qiladi. Shuningdek organizmdagi yumshoq moddalarga aylanadi. Burunga tomizilsa, quloq va miyaga namlik keltiradi. quruqlik va uyqusizlikni daf qiladi. Bosh og'rig'i va quruqlikdan hosil bo'lgan bosh og'riqlariga, miya xastaliklariga shifodir. Burundan oqayotgan qonni to'xtatadi. Quloq og'rig'i va issiqlikdan paydo bo'lgan ko'z og'rig'ini yengillashtiradi. Ko'z qizishi va suv oqishi, ko'zga tushgan tutunrang pardalar va shunga o'xshagan xastaliklarni daf' etadi. Ayniqsa, agar tuxum oqi va qizil gul yog'i bilan aralashtirib tomizilsa, qizil nuqtalarni tezda daf qiladi. Agar toza paxtani ho'llab ko'z, peshona, quloqqa qo'yib bog'lansa, yuqoridagi kasalliklarga ham davodir. Agar eshak suti bilan g'arg'ara qilinsa, eng yomon tomoq og'rig'i va boshqa tomoq dardlari, tish milki va bodomshakl bezlardagi shishlarni daf' etadi. Tish milkini mustahkamlash bilan birga tish og'rig'ini yengillashtiradi. Agar echki sutidan ichilsa, ichki siyna (ko'krak) paylariga, sil, nafas siqishi, o'pka zahmlari, isitma va boshqa illatlar, oriqlik (quruqlik va issiqlikdan paydo bo'lgan bo'lsa), yo'tal, nafas og'irligi, tez nazlalar va qon qusish kabi kasalliklarga shifodir. qorinni muloyim qiladi. qorataloq qotishi, istisqo (vodyanka), qonning qizishi va safroga shifodir. Agar eshak suti bilan huqna (klizma) qilinsa, qonli istisqoni to'xtatadi. Ichak jarohati va bachadonga foydalidir. Agar undan tomizgich bilan teshigiga tomizilsa, peshobning qizishi (suzoqni) davolaydi. Agar oshqovoq suvi bilan tomizilsa peshob yo'llarani tozalaydi. Shu sutdan iste'mol qilinsa, ko'plab dardlarga davodir. Bu sutni za'faron bilan aralashtirib qo'yib bog'lansa, turli shishlarga davodir. Eshak sutidan iste'mol qilish sovuqmizoj va ho'lmizoj kishilarga sovuqlikdan hosil bo'lgan bosh og'rig'i, quloq shang'illashi kabi dardlarda zarar keltiradi. Agar sut ichib yotilsa, hiqichoq tutadi. Og'riq keltiradi. Bu kasallikka duchor bo'lganni gulqand daf' etadi. Sut ichish miqdori har kuni 50 dan 150 grammgacha bo'lib, shakar, oshqovoq urug'i yoki quyuqlashtirilgan shirinmiya suvi va shu kabilar bilan ichiladi. Eng yosh va semiz mol suti foydalidir. Mizoji issiklik. Sovuqlik va ho'lliqda o'rtachadir. Shifobaxsh xislatlari ko'p. Yangi sog'ilgan mol suti sovimagan holda bo'lsa, miya javhariga quvvat baxsh etadi. Organizm rutubatlarini saqlaydi. Parishonxotirlik, melanxoliya, vasvasani daf' etadi. Yuzda rang va chiroyni ta'minlaydi. Burun illatlariga foydalidir. Muntazam tomizilib yoki surtilib turilsa, ko'plab ko'z illatlariga shifobaxshdir. Agar yangi sog'ilgan mol sutidan, issiqligida ichib turilsa, yurakka quvvat bo'lib, g'amni quvadi, vasvasa, yurak o'ynog'i, o'pka zahmi va silni, savdo va balg'amsiz isitmani, shuningdek, ichaklar zaiflanishining oldini oladi. qorinni yumshatadi. Badbo'y chiqindini daf' etadi. qizi-tilgan temir idishda sovutilgan sut ichilsa, istisqo (qorinda suv yig'ilib shishi)ni tuzatadi. Ichiladigan sut tengligida suv qo'shib ichilsa, peshobni shiddat bilan haydab peshob yo'llarini tozalaydi. Agar 3,5 gramm novvot ezilib aralashtirilgan bo'lsa, nihoyat foydalidir. Zahar ichilgan yoki zaharli jonivorlar chaqqan paytda (masalan ilon, chayon, qoraqurt va boshqalar) takror-takror sut ichib qusilsa, badandagi zaharlar daf' bo'ladi. Mol sutidan shirguruch pishirib yeyilsa, umrni uzaytiradi, yuzni chiroyli etadi. Sut yong'oq va xurmo bilan ichilsa, buyrakni yaxshilay-di, shahvat va maniyni kuchaytiradi. Mol sutidan iste'mol kilishning normasi 150 grammdan 300 gram-mgachadir. Lekin qayd qilish zarurki, sutdan normadan ortiq ichilsa, buyrak va peshobda toshlar hosil bo'ladi, pes illatiga giriftor etadi. Me'dada qaysi modda ko'p bo'lsa o'shanga qo'shilib ketadi. Zararini ketkazish uchun shakar yoki asal eyilsa kifoyadir. Agar sut asal yoki shakar bilan ichilsa, me'dada qotishni to'xtatadi. A'zolar og'rig'i, titroq paydo qiladi, sovuq ter chiqadi, behush bo'lish mumkin. Aqlni bejo etadi. Agar tomoq og'rig'iga giriftor qilsa, uning davosi indov, sirkaasal, shuningdek, sirkani ho'l bilan aralashtirib, ichib qusish lozim, yo 4,5 gramm xamirturush yeyilsa, qotgan sutni hal qiladi. Agar uni burun yoki quloqqa tomizilsa miyaga namlik keltiradi va uyqusizlik va quloq og'rig'ini to'xtatadi. Agarda lattani ho'llab peshonaga qo'yib bog'lansa ham shu foydani beradi. Agar echki sutiga bodom mag'zini tuyib qaynatib ichsa qon qusish, yo'tal, sil va o'pka zahmi, shuningdek, ichki a'zolardan qon ketishini daf' qiladi. 110 grammdan 220 grammgacha sutga meva yelimi qo'shib, 1.75 dan to 3.5 grammgacha ichilsa, yuqorida zikr qilingan xastaliklarga davodir. Shuningdek, siyna a'zolaridagi illatlarga buyrak, yurak o'ynog'i g'am, qo'rqoqlik, vasvasani daf' etadi. Lekin echki suti sovuq va ho'l mizojli kishilarga zarar qiladi. Bod paydo bo'ladi, hiqichoq tutadi. Pishloq pishirish chog'ida (pani) pishloq suvidan olib ichilsa, kuygan safro natijasida paydo bo'lgan kasalliklar, savdoyi illatlar, issiq mizojli kishilarga davodir. Echki suti kishini oriqlantiradi, eski isitmalarga davodir. Agar echki sutiga zarpechak qo'shib ichilsa, istisqoni to'xtatadi, Rayhon urug'ini ezib sutda pishirib qo'yib bog'lansa, turli toshma xom yaralarni pishiradi va yoradi.
QAYMOQ - Sigir, qo'y, echki sutlaridan olingan sut yog'i bo'lib, xom sutdan olingani xom kaymoq, qaynagan sutdan olingani pishgan qaymoqdir. har ikkala kaymoqning ta'sir darajasi turlichadir. Eng yaxshi qaymoq sigir sutidan olingan qaymoqdir. qaymoqning tabiati ho'l issiqqa moyil bo'lib, qaymoq turib qolishi natijasida ho'lligi va issiqligi kamayib, quruq issiqqa aylanib qoladi. Dori sifatida yangi kaymoqni ishlatish afzal. qaymoq badanni yumshatish, modda almashinuv jarayonini yaxshilash, badandagi ma'danlarni pishirish, tanani semirtirish, tiqilmalarni ochish, ichki va tashqi shishlarni qaytarish xususiyatiga ega. Shuningdek, qaymoqning ozuqa sifatida ishlatilishidan boshqa, muvofiq ravishda iste'mol qilib borilsa, tomoqni yumsha-tish ovozni sozlash va quruq yo'talni to'xtatish, nafas siqilishiga o'xshash kasalliklarni davolashda nihoyatda yaxshi samara beradi. Yangi qaymoqni muvofiq miqdorda asal bilan qo'shib yesa, ko'krak parda yallig'lanishi, o'pka yallig'lanishi kasalliklariga ta'sir qo'rsatadi. Ammo issiq mizojlarda qaymoq, salni aralashtirib iste'mol qilish ko'ngilni behuzur qiladi. 100 gramm qaymoqni 30 gramm shakar va 30 gramm mag'iz bilan qo'shib, kun ora iste'mol qilib borilsa, odamni tez semirtiradi. qaymoqni achchiq bodom bilan qo'shib yesa o'pkadagi ortiqcha ho'llikni yo'qotadi. quruq dorivorlarga qo'shib yesa ich surishni va ich surilishidan bo'lgan ichak bo'shashini to'xtatadi. Oltmish gramm yangi qaymoqqa o'ttiz gramm shakar qo'shib kunda bir mahal eyilsa, peshob ravonlashadi. qaymoqni munosib dorilar bilan qo'shib boshga surtilsa, miyadagi tiqilmalarni ochadi, paylarni yumshatadi, badandagi har xil jarohat - teri yorilish, qo'tir va yara-chaqalarning tuzalishida yaxshi unum beradi, teri kasalligiga giriftor bo'lganlar, chillada sovuq suvda yuvinib, qaymoq bilan kerakli o'rnini moylasa yaxshi foyda beradi. qaymoqdan yog' ajratib, badanga surtilsa shishlarni yo'qotadi, bo'g'im og'riqlarini qoldiradi, muskullarni yumshatadi. Chipqon, jarohat shuningdek, ilon, chayon, chaqqan joyga qaymoq yog'ini qizdirib surtilsa, zaharni, yiringni kesib, sog'ayishni ilgari suradi. qaymoq yog'ining olinishi: muvofiq miqdorda qaymoqni sust olovda qizdirib, ustiga 2:1 nisbatda kunjut yoki qo'yning buyrak yog'i qo'shib, yana bir oz qizdirib, sovutganda qaymoq yog'i hosil bo'ladi.
QATIQ - Qatiqning tabiati ho'l sovuq. Badanga ho'llik yetkazadi, tashnalikni qondiradi, issiq mizojli kishilarda jinsiy iqtidorni oshirish xususiyatiga ega. qatiqdan muvofiq miqdorda ichib borilganda yuqorida ko'rsatilgan xususiyatlardan tashqari qon bosimi bor kishilarga alohida manfaat ko'rsatadi. Ko'p terlaydigan, harorati yuqori, tanasi zaif kishilarning badanini quvvatlaydi. Issiqlikni qaytaradi, tashnalikni bosadi. qatiq yoki undan tayyorlangan do'g'ob chillada muvofiq ravishda ichib borilsa, qon tomir kasalliklarining oldini oladi. qand kasali bilan og'rigan bemorlarga yaxshi foyda beradi. qatiqning yuzidagi yog'ini ajratib, miyasiga ho'llik etishmay, uyqusi buzilgan odamning bosh qismi yog'lansa, miyada ho'llik paydo bo'lib, uyqu yaxshilanadi. qatiqdan ajratib olingan zardobni uzum sirkasi bilan aralashtarib, turli yiringli teri kasalliklariga surtilsa unumi yaxshi bo'ladi. Biroq qatiq sovuq mizojli kishilarga aks ta'sir ko'rsatadi. Yangi ivitilgan qatiqning iliq zardobini har kuni 3-4 mahal bir piyoladan oshirib ichish jigar sirrozi, sariq kasalida katta manfaat yetkazadi. Tiqilmalarni ochib, o't pufakni tozalaydi. Tumov, shamollash, bosh og'rig'i va harorat ko'tarilganda bir piyola (50 g) qatiqni 200 gramm qaynoq suvda aralashtirib, yarimta piyozni to'g'rab solinadi. Danaqdek saryog', ta'bga ko'ra tuz-qalampir solinib, 10 daqiqa past olovda dam yediriladi. Yuqoridagi xastaliklarda yaxshilab o'ralgan holda boshni bog'lab, qaynatmani issiq-issiq ho'plab ichiladi. Kuchli terlatadi. Aspirindan a'lo darajada ruhiyatni ochadi. Ko'ngil aynishi, dilg'amligini yo'q qiladi. Taomga ishtaha qo'zg'atadi. Shu tarzda qaynatma tayyorlab, sariq kasalidagilarga ham berish mumkin. Farqi bu qaynatmaga saryog', qalampir solinmaydi. Tuz ozroq qo'shiladi. qatiq va suzma vositasida ko'plab kasalliklarni davolash mumkin. Suzma ivitilgan qatiqning zardobini oqizish bilan tayyorlanadi. Bundan uzoq vaqt mobaynida turli sharoitlarda foydalanish mumkin. Suzmaning o'zini quritib olish yoki qurut tayyorlab iste'mol qilish ham qulaydir. Suzma ho'l-sovuqqa moyil bo'lib, oshqozon-ichak, buyrakni quvvatlantiruvchi, tanani yumshatuvchi, yaxshi qon paydo qiluvchi hamda semirtiruvchi xususiyatlarga ega. Suzmaning o'zini iste'mol qilish ishtahani ochadi. Undan turkona tarzda ayron, qoqurum qilib ichish esa yuqorida biz ta'kidlagan kasalliklarda, tashnalikda munosib vosita bo'la oladi. Sariq kasali bilan og'rigan bemorlarning qo'l-oyoq bo'g'imlarga kechqurun suzma bog'lash ishonchli samara beradi. Ziynat borasidagi xususiyatlariga alohida to'xtalamiz. qatiq va suzma vositasida ayron yoki chalop ham tayyorlash mumkin. Ayron so'zi turkiy xalqlarda qatiq ma'nosini ham anglatadi. Bizda esa uni maxsus tayyorlab ichiladi. Ba'zi joylarda, esa sutni kuv qilib yog'i ajratib olingan qoldiq ayron hisoblanadi. Ayron yozning jazirama kunlarida chanqoqni bosuvchi eng yaxshi ichimlik hisoblanadi. Yurak behalovatligida, ovqat xazm qilishda, ko'ngil bezovtaligida ayron tinchlantiruvchi, tozalovchi shifobaxsh ichimlikdir. Ayron ikkinchi darajada sovuq va ho'ldir. Uning quruqligiga qaraganda ho'lligi ortiq. qon bosimi ko'tarilishida, erlik quvatini oshirishda, haroratni tushirishda, me'da va jigar qizishidagi issiklikni pasaytirishda ayron munosib vositadir. Kefir qatiqdan ko'ra kuchsizroq, nordonroq ichimlik. Bu mahsulot ham yuqorida zikr etilgan xastaliklarda kor qiladi va kamqonlik, jigar, buyrak kasalliklarida ham kefir iste'mol qilish davo choralaridan biridir. Pishloq yurak, qon bosimi, buyrak kasalliklari bilan og'riganlarga uncha to'g'ri kelmaydi. Tarkibida turli darmon - dori (vitamin)lar va tuzlarning ko'pligini hisobga olganda bolalar, homilador ayollar va keksalar uchun qulay ne'matdir. quyuq qaymoq (smetana) maska yog' (saryog') va kuvda olingan yog'lar har jihatdan shifobaxsh hisoblanib, darmon - dorilarga boydir. Tuya sutidan qumron tayyorlanadi. qumronni iste'mol qilish modda almashinuvini, xazmni yaxshilab, ishtaha paydo qiladi. Taloq va jigar, istisqo, bavosir xastaliklarida munosib davo bo'ladi. Ot sutidan tayyorlanadigan qimiz esa alohida ta'rif va tavsifga ega. qadimdan insonlar qimizdan shifobaxsh va yoqimli ne'mat sifatida foydalanib kelganlar. haqiqiy tayyorlangan qimiz kishini bardam qiladi. Tanada qon aylanishini, modda almashinuvini, xazmni yaxshilaydi. qorinni to'q tutadi. o'pka - sil kasalliklarida toza qimizni me'yorida iste'mol qilinsa, bemorni davolabgina qolmasdan butun tanada yosharish ham ro'y berganligi allaqachon isbotlangan. Xullas, biz hayvonot olami orqali bizga ne'mat qilib berilgan sut bebaho xususiyatlarga ega. Tabaroniy (r.a) dan qilingan rivoyatda Payg'ambar alayhissalom marhamat qilibdilar: Sigirning suti shifo, yog'i davodir. Ahmad (r.a)dan: Payg'ambar alayhissalom dedilar: Alloh taolo har bir dardning davosini ham yaratib qo'ygan. "Sigir sutini ko'proq iste'mol qilinglar, chunki u turli dorivor giyohlarni terib yeydi". Yana bir rivoyatda esa azador kishilarga sutli xo'rda qilib berilsa, bardamlik bag'ishlab, dard-g'amlarini aritadi deyilgan. Bu borada shayxur - rais Abu Ali ibn Sino keng ko'lamda yozib qoldirganlar. Keling, yaxshisi shu o'rinda buyuk hakimning sut haqidagi fikrlari bilan ham tanishib qo'yaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |