50-umumta’lim maktabi direktori: Sh.Eshonqulov
O’ZBEKISTONRESPUBLIKASI
XALQTA’LIMIVAZIRLIGI
SURXONDARYOVILOYATI
SHEROBOD TUMANI
50-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI
|
|
MINISTRY OF PUBLIC EDUCATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN SUHXONDARYO REGION SHEROBOD DISTRICT
50-GENERAL SECONDARY SCHOOL
|
Sherobod tumani Uzunsoy mahallasi
CHiqim ________ «____» _____________ 2021yil
«Zulfiya»nomidagi davlat mukofotiga nomzod Sherobod tumanidagi 50-umumiy o'rta ta'lim maktabining 10-sinf o'quvchisi
Mirzayeva Sadoqat Husniddin qiziga
T A V S I YA N O M A
Mirzayeva Sadoqat Husniddin qizi 2005-yil 9-noyabrda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tug'ilgan, millati o'zbek. 2012-yilda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 50-umumta'lim maktabining 1-sinfiga qabul qilingan. O'zbekiston yoshlar ittifoqining faol a'zosi.
S.Mirzayeva qalbi uyg'oq, kelajakka teran ko'z bilan qaraydigan ijtimoiy hayotida faol va kamchiliklarga murosasiz bo'lgan yosh ijodkorlardan hisoblanadi. U O'zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida olib borilayotgan izchil islohatlar, bu borada yurtimizda amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar hamda voha yoshlari hayotida yuz berayotgan muhim o'zgarishlarni his etgan holda o'z iste'dodini namoyish etmoqda. U o'zining ziyrakligi,mehnatkashligi va kitobsevarligi bilan tengdoshlari orasida ajralib turadi. S.Mirzayeva o'tgan vaqt davomida bir qancha yuqori natijalarga erishib kelmoqda,jumladan: U hozirgi kungacha tuman, shahar,viloyat, Respublika va halqaro tanlov va festivallarda faol ishtirok etib yuqori natijalarga erishib kelmoqda.
2021 yil 14-18 yosh o'rtasida bo'lib o'tgan “Odaryonnie deti - muzika jizni – 2021 halqaro ko'rik tanlovda I-darajali diplom hamda medal sohibi bo'ldi.
2020.04.11 da Bolalar musiqa va san'at maktablari o'quvchilarining
“Nixol” dutorchilar ansamblida solist sifatida Rossiya davlatining Moskva shaxrida bo'lib o'tgan “Jivaya muzika” xalqaro onlayn ko'rik-tanlovida ishtirok etib Gran-pri sovrinini ko'lga kiritdi.
2020 yil Rossiya davlati Moskva shaxrida bo'lib o'tgan “Yarche vsex” Xalqaro onlayn ko'rik tanlovida “Nixol” dutorchilar ansambili tarkibida solist sifatida II- darajali diplom bilan taqdirlandi.
2020 yil Rossiya davlatida bo'lib o'tgan “Vosxodyashie zvezdi-2020”
xalqaro onlayn ko'rik tanlovda Mirzayeva Sadokat Dutor yo'nalishi bo'yicha Granpri bilan taqdirlandi.
2021 yil Toshkent shahrida bo'lib o'tgan ko'p janrli yoshlar ijodiyoti xalqaro “Roza vostoka” festival` tanlovida dutor yo'nalishi bo'yicha ishtirok etib I-darajali diplom sohibasi bo'ldi.
2020 yil Muxiddin Qori Yoqubov nomli Respublika tanlovining viloyat bosqichida faxrli o'rin.
2021 yil “Kamalak yulduzlari” festivalidan fahrli I-darajali diplom
sohibasi bo'ldi.
2021 yil 16 apreldan 4 maygacha AQSH davlatining Nyu York shahrida bo'lib o'tgan “AMERICA`S TALENTS” 6 xalqaro san'at festivalda qatnashib dutor milliy cholg'usi bo'yicha “GRAN PRIX” sohibasi bo'ldi.
2021 yil 6 noyabr` sanasida Yevropaning Frantsiya davlatida bo'lib o'tgan “ART STARGIE”(San'at strategiyasi) nomli xalqaro tanlovda dutor yo'nalishi bo'yicha GRAN PRI DIPLOMI VA MEDAL VA KUBOGI bilan taqdirlandi.
2021 yil 28.11 kuni Qozog'iston Respublikasida bo'lib o'tgan “Dreamfeast” xalqaro cholg'uchilar tanlovida 2 darajali diplom bilan taqdirland.
2021 y 25.10.2021 Yaponiya davlati Osaka shahrida bo'lib o'tgan “Yaponiya quyoshi” xalqaro tanlovida cholg'uchilik yo'nalishi bo'yicha 1 darajali diplom bilan
taqdirlandi. 2021.11.12 y. Rossiya davlati Moskva shaxrida bo'lib o'tgan “Kladovaya talantov” nomli xalqaro ijrochilik tanlovida dutor yo'nalishi bo'yicha birinchi darajali diplom bilan taqdirlandi.
Mirzayeva Sadoqat Husniddin qiziga «Zulfiya»nomli davlat mukofotiga
nomzodini tavsiya etaman.
Sherobod tumani
50-umumta’lim maktabi direktori: Sh.Eshonqulov
Do'stlaringiz bilan baham: |