Oqiziqlari. Surxondaryo juda loyqa daryolardandir; uning yuqori oqimida (Qoravultepa yonida) suvning o`rtacha loyqaligi 0,908kg/m3 ga teng, Manguzar qishlog`ida esa 2,90kg /m3, bu esa Qoravultepa yonidagiga nisbatan uch martadan ham ko`proq ortiqdir. Demak O`rta Osiyoning ko`pchilik daryolarida bo`lganidek, Surxondaryoda ham oqiziqlar miqdori daryoning quyi oqimi tomon ortib boradi va suvining loyqaligi jihatidan Surxondaryo o`zining quyi oqimida Amudaryodan kam farq qiladi. Oqiziqlarning o`rtacha ko`p yillik miqori Qoravultepa yonida 62,8 kg/sek yoki yiliga 1978 ming tonna, Manguzar yonida esa 193 kg/sek yoki yiliga 6080 ming tonna.
Surxondaryo ikkita yirik irmoqqa ega ulardan birinchisi Sangardak, uning suv yig`ilish maydoni 889km2, suv yig`ilish maydonining o`rtacha balandligi 2286m, yani To`palangdaryo va Qoratog`daryolarnikidan ancha past. Shunga ko`ra, Sangardak daryosining to`yinishida baland tog` qorlarining hissasi juda kam. Bu hol To`palangdaryo bilan Qoratog`daryolarnikiga nisbatan Sangardak daryosi oqimining yil ichida boshqacharoq taqsimlanishiga sabab bo`ladi. Haqiqatan ham Sangardak daryosida suv fevral oyidan ko`paya boshlaydi, maksimal suv sarfi (44,2m3/sek) o`rta hisobda may oyida o`tadi, iyundan boshlab to noyabrgacha suv kamaya boradi; noyabr-yanvar oylari davomida suv 4,38-4,04 m3/sek orasida bo`ladi. Sangardak daryosining o`rtacha ko`p yillik suv sarfi 15,1m3/sek, o`rtacha oqim moduli esa 17,0l/sek.km2 ga teng.
Surxondaryoning ikkinchi yirik irmog`I Xo`jayipok daryosidir. Bu daryoning suv yig`ilish maydoni 794km2 bo`lib,u ancha past (o`rtacha balandligi 1968 m) Shu sababdan, Xo`jaipok daryosining absolyut suv miqdori katta emas; daryoning o`rtacha ko`p yillik suv sarfi atigi 6,39m3/sek, o`rtacha oqim moduli esa 8 l/sek.km2. Bundan tashqari suv yig`ilish maydoni baland bo`lmaganligidan Xo`jayipok daryosi qor-yomg`ir suvlaridan to`yinadi va unda kuchli sellar ham bo`lib turadi. Masalan 1930-yil 4 aprelda sel kelib, suv sarfi taxminan 400m3/sek ga yetgan. Umuman shuni aytib o`tmoq zarurki, O`rta Osiyoning ko`pchilik daryo havzalaridan bo`lganidek, Surxondaryo havzasining pastak tog`lardan va baland tog`lardan o`rt va ayniqsa pastki zonalaridan, tog` etaklaridan suv oladigan daryolarida tez-tez sel bo`lib turadi.
Havzaning umumiy tarifi. Surxondaryo havzasi shimolda Hisor tig` tizmasi, g`arb va janubiy-g`arbda uning tarmog`i bo`lgan Boysun tog`lari va sharqdan Bobotog` bilan chegaralangan; janubda esa havza Amudaryo vodiysi bilan qo`shilib ketadi.
Surxondaryo vodiysining shimolidagi Hisor tog` tizmasi Surxondaryo havzasi tog`li oblastining asosiy qismini egallaydi va u havzaning boshqa tog`lariga nisbatan eng baland bo`lganligi bilan ajralib turadi.Bu tog` tizmasining Surxondaryo havzasiga qarshi qismidagi ayrim cho`qqilari dengiz sathidan 4500 m va undan ham baland. Bunday baland joylarda kichik-kichik muzliklar ham bor. Bu havzaning eng yirik va ko`p suvli daryolari ana shu Hisor tog` tizmasi yon bag`irlaridan oqib tushadi. Bu tizma yon bag`rida hosil bo`lgan oqim bo`lgan umumiy oqim miqdorining kamida 70% tashkil etadi.
Hisor tog` tizmasi Surxondaryo va Kofirnihon havzalari doirasida bir hil balandlikdadir. Shuning uchun bu ikki havzaning ushbu tizma yon bag`ridan oqib tushadigan daryolari to`yinish sharoiti va oqimining yil ichida taqsimlanishi jihatidan bir-birlariga juda o`xshashdir.
Hisor tizmasining janubiy-g`arbiy tarmoqlari (Boysun tog`lari) faqat shimolda 4000m dan baland, janubda tomon esa ular juda tez va keskin pasayib boradi. Shu sababdan Surxondaryo havzasi o`ng qirg`oq qismining janubida kichik bo`lsada, doimo suv oqadigan daryolar yo`q.
Surxondaryo havzasini Kofirnihon havzasidan ajratib turadigan Bobotog` juda past tog`dir. Uning o`rta qismida joylashgan eng yuqori cko`qqisi atigi 2286 m; bu cho`qqidan har ikki tomonga, shimol va janubga qarab tog`ning balandligi kamaya borib, 500-600 m ga tushib qoladi. Shu tufayli Bobotog` yon bag`irlaridan suvi Surxondaryoga yetmasdan tugab ketadigan vaqtli soylargina oqib tushadi. Bu soylar havzaning umumiy suv resurslarida deyarli hech qanday ro`l o`ynamaydi.
Surxondaryo
Do'stlaringiz bilan baham: |