Davlat
ta’lim standarti – ta’lim mazmunining majburiy hajmini;
o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda
tanlanadigan o‘quv yuklamasining yuqori miqdoridagi hajmini; asosiy
yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalariga
qo‘yiladigan talablar va ularni baholash me’yorlarini belgilaydi.
Deduksiya – lotincha “deduktio”, keltirib chiqarish ma’nosini anglatib,
tasdiqning bir shakli, bitta umumiy hukmdan xususiy hukm keltirib chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |