127
Abstraktlash – mavhumlashtirish orqali nazariy umumlashmalar hosil qilishdan
iborat ta’lim metodi
Analogiya – taqqoslanayotgan ob’ektlarning xususiy xossalari (belgilari)
o‘xshashligiga asoslangan tasdiq bo‘lib, tahlil qilish natijasida hosil qilinadi.
Baho –
ta’lim oluvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarining miqdoriy baholashda
ball yoki raqamlar vositasida shartli ifodalanishi
Baholash tizimi – davlat ta’lim standarti bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning
malaka talablarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi darajasini hamda
umumiy o‘rta ta’lim muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan
mezonlar majmui.
Bilim – o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish.
Vaziyat –
muayyan vaziyat, ahvolni hosil qiladigan shart- sharoitlar va holatlar
uyushmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: