Interfaol usul – ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o‘rtasidagi o‘zaro faol
hamkorlik muloqoti.
Kompetensiya – mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda
qo‘llay olish qobiliyati.
Kreativlik – qandaydir yangi, betakror narsa yarata olish layoqati, badiiy shakl
yaratish, fikrlash, g‘oya va echimga olib keluvchi aqliy jarayon.
Kuzatish – atrof olam, alohida ob’ektlar va hodisalarning xossalari va
munosabatlarini ular mavjud bo‘lgan tabiiy sharoilarda o‘rganish usuli.
Ko‘nikma – o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |