2-masala bo‘yicha informatika va AT fani o’qituvchisi Sh.Yusupov so‘zladi. U o‘z so‘zida Matematika,informatika va AT fani o`qituvchilarining Kundalik.com dasturi bilan ishlashi to’g’risida ma’lumot berdi va noyabr oyining birinchi o’n kunligida maktab ma’muriyati tomonidan o’qituvchilarning bilim va ko’nikmalari nazoratdan o’tishi to’g’risida fikr bildirdi.E’tirozlar va takliflar bo‘lmadi hamda barcha ustozlar taklifni tasdiqlab qo‘yishdi. 3- masala yuzasidan ham metodbirlashma rahbari so‘zladi. U oz so‘zida shunday dedi: O’qituvchilar va o’quvchilarning dars va darsdan bo’sh vaqtlarida AKTdan samarali foydalanishini tashkil etish to’g’risida fikr bildirdi. Informatika va AT fani o’qituvchilari T.Pardayev, Sh.Yusupov, I.Qurbonova, M.Nurmatovalarga qo’shimcha mashg’ulotlar o’tish va uni nazorat qilish vazifalari yuklatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |