Surxandaryo viloyati maktabgacha


-Mavzu: MTTda navbatchilik, bolalar mehnatini tashkil etish va unga raxbarlik qilishni o`rgatish



Download 1,45 Mb.
bet75/93
Sana08.04.2022
Hajmi1,45 Mb.
#536981
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   93
Bog'liq
MAHBUBA UMKA

42-Mavzu: MTTda navbatchilik, bolalar mehnatini tashkil etish va unga raxbarlik qilishni o`rgatish

Reja:

  1. MTTda navbatchilik.

  2. Bolalar mehnatini tashkil etish va unga raxbarlik qilishni o`rgatish

Maktabgacha ta’lim muassasalarida mehnat tarbiyasi ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi:
1. Bolalarning o'zlarini mehnatga o‘rgatish.
2. Kattalar mehnati bilan tanishtirish.
Mehnat qilish muntazam ravishda bo‘lib, unda hamma bolalar ishtirok etsa, kattalar mehnati bilan tanishtirib borilsa, u tarbiya vositasiga aylanib boradi.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni quyidagi mehnat turlariga jalb qilib boriladi: o‘z-o‘ziga xizmat qilish, xo‘jalik-maishiy mehnat, tabiat quchog'idagi mehnat, qoi mehnati.0 ‘z -o ‘ziga xizmat qilish bolalar mehnatining bir turi bo‘lib, unda bolalar ilk yoshdan boshlab, mustaqil ovqatlanishga, yechi- nib-kiyinishga, o‘yinchoqlarini yig‘ib qo'yishga o‘rgatiladi. Bolalar mehnatining bu turi bolalarni tartibli, intizomli, odobli bo‘lishga undaydi. Mustaqillik sifatlari rivojlanadi.Bolalar xojalik-maishiy mehnatga bolalar bog'chasida va oilada o‘rgatib boriladi. Mashg‘ulotdan so‘ng stol ustidagi buyumlarni yig‘ishtirish, choy idishlarini, o'yinchoqlarini yig‘ishtirish va hokazolar bunga misol bo‘la oladi.Tabiatdagi mehnat bolaning har tomonlama rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘yinlarida ba’zan ularning kasblarga bo‘lgan qiziqishlari ham namoyon bo‘ladi. Masalan, oiladagi beshta boladan to‘rttalasi oq xalat kiygan shifokomi ko‘rishi bilan onasining pinjiga kirib, qo‘rqib yig‘lasalar, onasi bergan dorini ichmasalar, beshinchi qiz dorini gapso'zsiz ichadi, chunki u ko‘p vaqt «doktor opa» bo‘lib o‘ynagan. U o‘z opa-singillariga cho‘pdan yasalgan termometrni qo‘yib, ularning issig‘ini o‘lchagan, gugurt bilan «ukol» qilgan. Bolalar maktab-maktab o‘yinini yaxshi ko‘radilar, har xil ro‘znoma, kitoblarni ko‘tarib «maktabga» keladilar, «o‘qituvchi»ning gaplarini diqqat bilan tinglaydilar.Ba’zan bolaning stulini yerga yotqizib, uni avtomashina qilib haydaganini, mashina yurg‘izishdagi qoidalarni amalga oshirishga harakat qilayotganini ko‘rish mumkin. Bola o'yinchoqlarini bir burchakka tartib bilan terib qo‘yadi, qo‘g‘irchoqlarini joy-joyiga o'tqazadi, mashinasiga yuk yuklaydi yoki yukni tushiradi, qumdan «shirinlik» pishiradi, «muzqaymoq» qiladi, uy-joy yasaydi. Bola mehnat o‘yini bilan chegaralanib qolmaydi. U o‘ziga sotib olib berilgan o‘yinchoqlardan tashqari qo‘liga tushgan har bir narsani to‘plab boradi. Masalan, konfet qog‘ozlari, gugurt, charm, sigaret qutilari, daraxt barglari, mix, sim, ip g‘altaklarni to‘playdi va ularni o‘z o'yinida qo‘llab, o‘zining qurilish ishlarida ishlatadi. Bolalar to‘p-to‘p bo‘lib o‘ynaganlarida rahbar bo‘lishni, hammasi faqat insoniy, «yaxshi» rolni o‘ynashni va albatta, g‘alaba qozonishni istaydilar.Ko‘pgina yirik pedagoglar o‘yinni mehnatga tayyorgarlik ko‘rish, deb hisoblaydilar. A.S. Makarenko: «Bola o'yinda qanday bo‘lsa, katta bo‘lganida ishda ham ko‘p jihatdan shunday bo‘ladi», deydi. Buyuk pedagogning aytishi bo‘yicha, yaxshi o‘yin yaxshi ishga o‘xshaydi, har bir yaxshi o'yinning birinchi xususiyati ishchanlik va fikrni zo‘r berib ishlatishdir.

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish