1. Mavzu :Pedagoglik kasbining ijtimoiy qadri jamiyatda pedagogik faoliyatning o’rni va zarurati.
Reja:
1. Pedagoglik kasbining ijtimoiy qadri
2.O’qituvchilik kasbining jamiyatda tutgan o’rni.
3.O’qituvchining pedagogik mahorati.
Inson paydo bolibdiki, tarbiya jarayoni mavjud, tarbiyapaydo bo’lgan vaqtdan beri pedagogik faoliyat uzluksiz davom etib kelmoqda. 0 ‘qituvchilik, tarbiyachilik kasbi barcha ijtimoiy tuzumlarda sharafli hamda o‘ta mas’uliyatli, qiyin va murakkab kasb hisoblangan.Mustaqil 0 ‘zbekistonimizda uzluksiz ta’lim tizimining isloh qilinishi, ya’ni ta’lim standartlari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini qayta tashkil etishga kirishilgan hozirgi kunda o‘qituvchi faoliyatiga uning pedagogik mahoratiga alohida e’tibor berilmoqda. Ikkinchidan, pedagogning e’tiqodi va bilimdon- ligi uning yangi bilimlar, o‘zi tanlagan sohasidagi yangiliklarga nisbatan qiziqishida namoyon bo’ladi.Uchinchidan, e’tiqodli va bilimdon pedagog o‘ziga xos fikrlash tarzi bilan ajralib tura olishi shart. Chunki, yoshlar shunday noyob, qaytarilmas, andozasiz fikr - lash sharoitidagina mustaqil fikrlashga o‘rganadilar va fanni boshqa fanlardan ajrata oladilar.Bugungi pedagogdan yangicha fikrlash, yangicha munosabatlar talab etilar ekan, uning bilimdonligi darajasi masalasi ham o‘ta muhim.Bular quyidagilar:
- Ijtimoiy bilimdonlik.Dars mobaynida sinf bilan samarali o‘zaro muomala shaklini tashkil eta olish, yoshlar bilan til topishish va sog’lom ma’naviy muhitni hosil qila olish qobiliyati.
- Kasbiy bilimdonlik.
0 ‘z fanini va predmeti sohasi bo‘yicha chuqur va hartomonlama mukammal bilimlarga ega bo‘la olishi, o‘z ustida ishlash qobiliyati.Amaliyotda eng obro‘li, bilimdon pedagoglar birinchi navbatda insoniy bilimdonlik sohiblari bo‘lishadi va shundaylarni o‘quvchilar yaxshi qabul qilishadi. Chunki zamonaviy o‘quvchi ko‘plab ma’lumotlarga ega, uning psixologiyasi, talab-takliflarini aniq bilib, til topisha olgan shaxsgina pedagogik jarayonda katta yutuqlarga erishadi.Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy aytganidek, «Muallimning maqsadi mansab uchun kurash bo‘lmasligi, bilmagan ilmlarini aytmasligi, o‘zini ko‘rsatish uchun dars bermasligi, ochko‘zlik va johillik qilib, quruq gap sotmasligi, g‘avg‘o ko‘tarmas -liklari lozim». U muallimlikni olijanob va faxrli kasb deb hisoblaydi. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi, o‘z ishining natijasi bilan mo‘jizalar yaratadi, ijodkorlik uning hamisha hamkori bo’ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat bo‘lishi mumkin.
Pedagogik mahorat - bu o‘quv jarayonining barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‘naltirish, talabalarda (o‘quvchilarda) dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish, ularda jamiyat uchun zarur bo’lgan faoliyatga moyillik uyg‘otishdir.Pedagogik maqsadning o‘ziga xosligini quyidagilarda bilish mumkin:
1. Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya’ni pedagog faoliyatining natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog’liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga yo‘naltirilgan. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligi ketma-ketligi) ni ta’minlaydi. Bir avlod tajribasini, ikkinchi avlodga o‘tkazadi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlami ro‘yobga chiqaradi.
2. Pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog’liq. Bunda pedagogik maqsad o‘quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. Pedagog o‘z faoliyati maqsadini va unga erishish yollarini aniq tasavvur qilishi va bu maqsadga erishish o‘quvchilar uchun ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olishi zarur. Gyote
ta’kidlaganidek: «Ishonch bilan gapir, ana shunda so‘z ham, tinglovchilarni mahliyo qilish ham o‘z-o‘zidan kelaveradi».
3. Pedagogik ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchi faoliyatini boshqarish shuning uchun ham murakkabki, pedagog maqsadi doimo o‘quvchi kelajagi tomon yo‘naltirilgan bo‘ladi. Buni anglagan holda, mohir pedagoglar o‘z faoliyatining mantiqini o‘quvchilar ehtiyojlariga muvofiq holda loyihalaydilar. Hamkorlik pedagogikasining tub mohiyati ham ana shundan iborat.
Nazorat savollari:
Do'stlaringiz bilan baham: |