Surxandaryo viloyati maktabgacha


Mavzu: Maktabgacha ta`lim, uzluksiz ta`lim tuzilishining boshlang`ich turi.Xorijiy mamlakatlarda maktabgacha ta’lim tuzilishini o’rganish va tahlil qilish



Download 1,45 Mb.
bet19/93
Sana08.04.2022
Hajmi1,45 Mb.
#536981
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   93
Bog'liq
MAHBUBA UMKA

9.Mavzu: Maktabgacha ta`lim, uzluksiz ta`lim tuzilishining boshlang`ich turi.Xorijiy mamlakatlarda maktabgacha ta’lim tuzilishini o’rganish va tahlil qilish.
Reja:

  1. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari

  2. Xorijiy mamlakatlarda maktabgacha ta’lim tuzilishini o’rganish

0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgan dastlabki kunlaridayoq respublikada ta’limni tashkil etish sohasida tub islohotlarni amalga oshirish, uni yuksak darajada takomillashtirish va jahon ta’limi darajasiga ko‘tarish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Ana shu e’tiborning yorqin isboti ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari hamda ta’limning 0 ‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasidagi ustuvor yo‘nalish deb e’lon qilinganligi bilan belgilanadi.Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:


1. Ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik tavsifda ekanligi. Davlatimizda tashkil etilayotgan ta’lim va tarbiya jarayonida shaxs or-nomusi, qadr-qimmati, ma’naviy hamda ma’rifiy huquqlarini hurmat qilish, uning iqtidori va qobiliyatini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish, shuningdek, xohish-istagi va ehtiyojlarini inobatga olish masalalari nazarda tutiladi.
2. Ta’limning uzluksizligi va izchilligi ta’lim jarayonida didaktikxarakter kasb etib, o‘quvchilarga berilayotgan bilim va shakl- lantirilayotgan ko‘nikma va malakalarning uzluksiz, doimiy ravishda shakllanishini ta’minlaydi. Uzluksiz va izchillik ma’lumotlar, hodisalar va fan asoslarini o‘rganishning tartibga solinishini, avvalgi va keyingi materiallar o‘rtasida ketma-ketlikni ta’minlashni anglatadi. Har bir o‘quv fani muayyan mantiqiy izchillikda o‘qitilishi lozim. Mazkur prinsip shu holatni ifoda etishga xizmat qiladi.
3. Umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining majburiyligi. Mazkur prinsip 0 ‘zbekiston Respublikasidaumumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limini olishning respublika fuqarolari uchun shartligini ifodalaydi. Respublika hududida umumiy o‘rta, shuningdek, oVrta maxsus kasb-hunar ta’limi bepul bo‘lib, ularning faoliyatini tashkil etish respublikava mahalliy budjet mablag'lari hamda budjetdan tashqari mablag’lar hisobidan amalga oshiriladi. 0 ‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadilar.
4. 0 ‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi. Ushbu prinsip o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini o‘quvchining o‘z qiziqishi, ehtiyoji hamda layoqatiga mosini (muayyan mutaxassislikda ixtisoslashtirilgan akademik litsey yoki ma’lum kasb-hunar kollejida tahsil olishni) erkin tanlash huquqiga egaligini ifoda etadi.
5. Ta’lim tizimining dunyoviy tavsifda ekanligi. Ushbu prinsip respublika hududidagi mavjud ta’lim muassasalarida yoshlarga dunyoviy tavsifdagi ilmiy bilimlarni berishni nazarda tutadi. Ta’tim muassasalarida jangari, buzg‘unchilik, shuningdek, milliy nizolar hamda diniy adovatlarni keltirib; chiqarishga xizmat qiluvchi g‘oyalarning targ‘ib etilishi, ular yoshlar ongiga singdirilishi qonun yo‘li bilan taqiqlanadi. Yoshlarga diniy bilimlarni berish davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan (Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan) hamda diniy ta’lim-tarbiya berish huquqiga ega ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
6. Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi. Respublika fuqarolari istalgan ta’lim muassasalari (ta’lim muassasasi Nizomida ko‘zdatutilgan talablarga muvofiq)da 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999-yil 16-avgustda qabul qilingan «Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qarori, shuningdek, bu borada o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’limning davlat tizimi standartlari to‘g‘risidagi 0 ‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari tomonidan ishlab chiqarilgan DTS talablariga muvofiq ta’lim olish huquqiga egadirlar.
yaratishga qo‘yiladigan talablarga muvofiq yaratilgan hamda eng maqbul deb topilgan dasturni tanlab olish asosida ta’lim muassasalarida ta’limni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, mutaxassislik, kasb-hunar ta’limi xususiyatlaridan kelib chiqqanholda muayyan ta’lim muassasalari ma’lum mutaxassislik va kasb- hunar ta’limining o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda yaratilgan dasturlar asosida ta’lim jarayonini tashkil etishlari mumkin.
8. Bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish. Ta’limni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad yosh avlodga chuqur bilim berish, ulardagi rnavjud layoqat va iste’dodlarni rivojlantirishdan iboratdir. Bugungi kunda jamiyatimizda yoshlar orasidan bilimli, iqtidorli o‘quvchilar (talabalar)ni aniqlash va ularni qo'llab-quvvatlashga alohida e’tibor berilmoqda.
Amerikada maktabgacha ta’lim muassasalarining xususiylariham bor. Lekin Yaponiyadagidek rivojlangan emas. Amerikada xususiymaktabgacha ta’lim muassasalari endigina davlat tasarrufiga kiritilibborilmoqda.Iqtisodiy qudrati jihatidan Yaponiya jahonda Amerika Qo‘shmaShtatlaridan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Jahonning ko‘zga ko'ringanruhshunoslari va iqtisodchilari Yaponiya rivoj lanishidagi bu ulkan parvozni mamlakatda ta’lim tizimlari taraqqiyotiga berilgan yuqori darajadagi e’tibor samarasi, deya qayd etadilar. Yaponiyada ta’limning maktabgacha ta’lim muassasasida olib boriladigan bosqichiga 3-5 yoshli bolalarqabul qilinadi. Bolalar yosh xususiyatiga muvofiq ravishda 3,2,1 yillikta’lim kurslariga jalb qilinadilar. Yaponiyada maktabgacha ta’lim muassasalarining 59,9 foizi xususiydir. 40.1 foizi esa munitsipial(tuman) kengashlari tasarrufida, qolgan 0,3 foizi davlat tasarryfida.Fransiya ta’lim tizimining dastlabki bosqichini maktabgacha tarbiyatashkil etadi. Bu bosqichni '‘Onalar maktabi” deb ham yuritiladi. Bundanko‘zlangan asosiy maqsad bolalarning maktabdagi sharoitini uy sharoitibilan yaqinlashtirish, ularda oiladagidekiliq munosabatni shakllantirishdan iborat. Ularni mustaqil holda ham, maktablarning boshlang‘ichsinflari bazasida ham tashkil etilgan. Fransiya ta’limida bolalarninggo'daklik chog‘idanoq maktabda o‘qitish uchun tayyor holda olib kelishg‘oyat muhim masala hisoblanadi. Bu bosqichda tarbiyalanuvchilarquyidagicha tabaqalashtirilgan:
> Kichik guruh 2 yoshdan 4 yoshgacha
> 0 ‘rta guruh 4 yoshdan 5 yoshgacha
^ Katta guruh 5 yoshdan 6 yoshgacha
5-6 yoshlilar maktabga tayyorlov guruhi bo’lib ,ularni maktabgatayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud.
Maktabgacha ta’lim tizimi Germaniya ta’lim tizimida muhim bosqichhisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bu mamlakat maktabgachata’lim tizimi barcha Germaniya elatiga kiruvchi xalqlar uchun hamumumiydir. Ta’kidlash kerakki, garchi maktabgacha ta iim muassasalarita’limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat ta’lim tizimi tarkibiga kiritilmagan. Germaniya maktabgacha ta’lim muassasalarida odatdabolalar tushgacha tarbiyalanadilar

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish