Surxandaryo viloyati maktabgacha


Mavzu:O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi



Download 1,45 Mb.
bet15/93
Sana08.04.2022
Hajmi1,45 Mb.
#536981
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93
Bog'liq
MAHBUBA UMKA

7.Mavzu:O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi.
Reja:
1. Uzluksiz ta'lim turlari.
2. Maktabgacha ta'lim -
uzluksiz ta'lim tizimining boshlang'ich bosqichi

Uzluksiz ta'lim - yuksak malakali kadrlar tayyorlashning
asosini tashkil etib, ta'limning barcha turlarini, davlat ta'lim
standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning
faoliyat ko'rsatish mazmun-mohiyatini ifoda etadi.
Uzluksiz ta'limning faoliyat ko'rsatish tamoyillari quyidagilardan iborat:
- ta'limning ustuvorligi - uning rivojlanishining birinchi
darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta'lim va yuksak intellektning nufuzi;
- ta'limning demokratlashuvi - ta'lim va tarbiya uslublarini
tanlashda o'quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta'limni
boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga o'tilishi;
- ta'limning insonparvarlashuvi - inson qobiliyatlarining
aniqlanishi va rivojlanishuvi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta'minlanishi, inson, jamiyat va atrofmuhit o'zaro munosabatlarining uyg'unlashuvi;
- ta'limning ijtimoiylashuvi - ta'lim oluvchilarda estetik boy
dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;
- ta'limning milliy yo'naltirilganligi - ta'limning milliy
tarlx, xalq an'analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg'unligi,
O'zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta'limni milliy taraqqiyotning o'ta muhim omili sifatida e'tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash;
- ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga
yo'naltirilganligi;
- iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta'limning eng yuqori
darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun zarur sharoit yaratish.
Uzluksiz ta'lim turlari. Maktabgacha ta'lim -
uzluksiz ta'lim tizimining boshlang'ich bosqichi
Maktabgacha ta'lim bola sog'lom, har tomonlama kamol
topib shakllanishini ta'minlaydi, unda o'qishga intilish hissini
uyg'otadi, uni muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta'lim bola 6-7 yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim maqsadi va vazifalarini ro'yobga
chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Maktabgacha ta'limni rivojiantirish uchun quyidagilarni
amalga oshirish lozim bo'ladi:
- Malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;
- Maktabgacha ta'limni samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish;
- Bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta'minlash;
- Zamonaviy o'quv-uslubiy qo'llanmalar, texnik vositalar,
o'yinchoqlar va o'yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;
- Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniytarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma'naviyaxloqiy jihatdan tarbiyalash uchun lozim-sharoitlar yaratish;
- Maktabgacha ta'lim muassasalarining har xil turlari
uchun muqobil dasturlarni tanlab olish, barcha masalalar
bo'yicha malakali maslahat ko'rsatish imkoniyatini yaratish;
- Maktabgacha ta'lim va sog'lomlashtirish muassasalari
tarmog'ini qo'llab-quvvatlash va rivojiantirish texnologiyalarini ishlab chiqish.
Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshdan qabul
qilinadilar. Boshlang'ich ta'limning asosiy vazifasi va ish mazmuni umumiy o'rta ta'lim olish uchun zarur bo'lgan savodxonlik, bilim, ko'nikma va malaka asoslarini shakllantirishdan iboratdir.
Umumiy o'rta ta'lim boshlang'ich ta’lim negizida tashkil
etilib, u o'quvchilarga bilimning zarur hajmini beradi (umumiy
o'rta ta'lim DTS da belgilangan), ularda mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba-ko'nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo'naltirishga va ta'limning
navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish