Traxeotomiya 1- boskichi, teri va
mushaklar ajratilgan xolat
Traxeotomiya kilinib kekirdak
ochilgan
Rasm Traxeotomiya muolijasini bajarish bosqichlari
Bo‘yinning oq chizig‘i o‘rtadan butun teri uzunligida kesiladi. Bunda
qalqonsimon bez bo‘yinchasini shikastlanmaslik uchun, skalpel emas, balki
qaychi ishlatiladi,buning uchun kesilgan joyga tepadan pastga qaratib,
tarnovsimon zond kiritiladi va shu zond bo‘ylab bo‘yinning oq chizig‘i
kesiladi.
Mushaklar ikki yon tarafga surilgandan keyin, qalqonsimon bezning
bo‘yini aniq ko‘rinadi. Yuqorgi traxeotomiyani bajarish uchun qalqonsimon bez
bo‘yinchasi uchi tumtoq ilgak bilan pastka tortiladi. Kekirdak tog‘aylarini
ochilgandan so‘ng birinchi tog‘ay xalqasi qoldirib, keyingi tog‘aylar uzunasiga
kesiladi. Kekirdakni kesishdan avval yo‘g‘onroq igna bilan teshib ko‘riladi,agar
kekirdakga tushilgan bo‘lsa igna orqali nafas o‘tadi. Kekirdakga kiritilayotgan
nayni o‘tishini osonlashtirish uchun kesilgan tog‘aylarni qirg‘oqlari Trusso
kengaytirgichi bilan kengroq ochiladi. Nafas olish uchun naycha o‘rnatilgandan
so‘ng,bo‘yin terisiga yuqori xamda pastki qirg‘oqlariga 1-2 tadan ipakli chok
qo‘yiladi. Bolalarda xiqildoq ancha yuqori joylashganligini xisobga olib, ularda
ko‘pincha pastki trexeotomiya qilinadi.
Kekirdakni ochishdan oldin atrof to‘qimalardan qon oqishini to‘xtatish
lozim. Kekirdak ochilgandan so‘ng yo‘tal refleksini bartaraf etish uchun
kekirdakning shillik pardasiga 5% li kokain yoki 10% li dikain eritmasi
tomiziladi. Yuqori traxeotomiyada kekirdakning ikkinchi va uchinchi xalqalari,
o‘rta traxeotomiyada esa uchinchi va to‘rtinchi xalqalari, pastkisida esa –
to‘rtinchi va beshinchi xalqalari kesiladi. Yuqori traxeotomiyada ikkinchi
xalqani kesishda, tovush osti bo‘shlig‘ining shilliq pardasini shikastlashdan
extiyot bo‘lish kerak, shu soxa to‘qimalari shikastlanishi, traxeotomiya naychasi
uzoq vaqt qolib ketishi to‘g‘ri keladi,buning natijasida esa bu joylarda
granulyatsiyalar o‘sishiga olib keladi, keyinchalik bu granulyatsiyalar o‘rnida
chandiqlar xosil bo‘lib, xiqildoq yorig‘ini surunkali torayishiga sabab bo‘ladi.
Oqibat-natijada bemor uzoq vaqt bu naycha bilan yurishga majbur bo‘ladi.
Xiqildoq qisilishida nafas olish va chiqarishda xiqildoq, kekirdak
muntazam ravishda tepaga-pastga surilib turadi,shuning uchun uning devorini
to‘g‘ri va kerakli joyidan kesish maqsadida yordamchi vrach uzuksimon tog‘ay
yoyiga bir tishli ilgak sanchib, kekirdak ochilgunicha uni tepaga ko‘tarib turadi.
Kekirdak xalqachalari o‘tkir skalpel bilan kesiladi,bunda orqa devorini
shikastlantirmaslik uchun skalpel qorinchasining uchidan 0,5 sm qoldirilib,
qolgan qismiga dokali pilik o‘raladi. Ikkita xalqa kesilib kengaytiriladi va
kesilgan joyga mos xajimda tegishli traxeotomik naycha qo‘yiladi. Agar
jaroxatning (kerkirdak teshigining) kattaligi qo‘yiladigan naychani xajmiga mos
kelmasa, nafas olishda va yo‘talganda teri osti to‘qimasiga xavo kirib, emfizema
paydo bo‘ladi va keyinchalik emfizema bo‘yin, yuz, ko‘krak soxasiga xam
tarqalib,xatto ko‘ks oralig‘i a’zolarini ezib xarakatini chegaralab qo‘yishi
mumkin.
Zudlik bilan traxeotomiya qilinib nafas tiklangandan keyin, barcha
davolash muolijalari xiqildoqning o‘tkir qisilishiga olib keladigan sabablarni
bartaraf etishga qaratilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |