Ko`rgazmalarning saqlanishi
Ko`rgazmali qurollarni saqlashda proektsion ko`rgazmali slaydlar, elektron darsliklar va o`quv qo`llanmalar, o`quv-laboratoriya xonasining salqin joyida saqlanadi.
Yoz vaqtida (ta’tilda) ularni namligi o`zgarmas holda bir m’eyorda turuvchi metall qutilarda saqlananishi maqsadga muvofiq.
Mavjud jihozlardan samarali foydalanish va ularni saqlash holatini ta’lim muassasasining pedagogik kengashida o`quv yilida kamida bir marta atroflicha muhokama qilishi shart.
Kimyo xonasidagi o`qituvchi, laborant va o`quvchilar stollari, stulari, shkaflar va boshqa turdagi jihozlarni qirilishi, chizilishi kabi holatlari va uning tozaligi uchun o`qituvchi, o`quvchining ota-onasi, o`quvchi hamda ta’lim muassasining rahbariyati shaxsan javobgar hisoblanadi.
O`qitishning ko`rgazmali og’zaki bayon etish metodlari o`qituvchining nutqi bilan o`quv jarayonida ko`rgazmalilikning turli vositalaridan foydalanib dars o`tishni ko`zda tutadi. O`qitish metodlari didaktik vositalariga ma’lum talablar qo`yadi. Masalan, namoyish qilinadigan amaliy ishlar moddalarning xossalarini va kimyoviy reaktsiyaning tashqi alomatini o`rganishga katta yordam beradi.
Mavzu bo`yicha kompleks jihozlashni amalga oshirish didaktik birlikning ko`rinishini ifoda etadi. Uning mohiyati shundan iboratki, o`qitishning turli masalalarini hal qilish uchun bir darsning o`zida ko`p vazifalarni bajaruvchi va bir-birini to`ldiruvchi turli ko`rgazmali vositalar ishlatiladi. Masalan, namoyish qilinadigan asbob juda kichik bo`lsa va uzoqdan yomon ko`rinsa, o`qituvchi asboboning qurilmasini doskaga chizib ko`rsatishi yoki magnit applikatsiyasi yordamida tayyorlangan chizmani ko`rsatish mumkin. Murakkab jarayonlarni tushuntirishda jarayonlarning dinamik modelini mulьtiplikatsiya qilib, kompьyuter yordamida katta ekranda namoyish qilib ko`rsatiladi.
Demonstratsion eksperimentdan tashqarii o`qituvchi ixtiyorida ko`rgazmalilikning juda ko`p vositalari bo`lib, ulardan foydalaninsh darsning samaradorigi va sifatini oshiradi. Ularga sinf doskasi, maketlar, magnit vositalari, elektron qo`llanmalari, mavzuga tegishli turli xil plakatlar va boshqalar kiradi. Ular kimyoviy eksperiment bilan birgalikda yoki alohida o`qituvchining izohi, tushuntirishi bilan qo`llanishi mumkin.
Kimyo xonasining asosiy jadval va ko`rgazmalarining joylanish holati.
O`quv-laboratoriya xonasida doimiy ravishda kimyoviy elementlarning davriy sistemasi, kimyoviy moddalarning eruvchanlik jadvali va metallarning faollik qatori jadvallari;
O`quv-laboratoriya xonasining doskaga qarama-qarshi tomonidagi devorga Mustaqil O`zbekistonimiz taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etayotgan kimyoviy ishlab chiqarishni aks etuvchi ulkan zavodlar (3-5 ta) rasmlari hamda ularning faoliyatini qisqacha tarifi berilgan holda ilinishi tavsiya etiladi.
Umumta`lim maktablari kimyo laboranti quyidagi daftarlarni yuritishi lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: |