Bolalik va o‘smirlik davrida eshitishning turg‘un pasayishining oldini oluvchi asosiy sabablar
Jadval 3
Sabab
|
Muammoni hal etish yo‘li
|
O‘rta quloq otiti
Infeksion kasalliklar (meningit, qizamiq, parotit)
Bosh va umurtqaning bo‘yin sohasi jarohatlari
Ototoksik ta’sirga ega bo‘lgan preparatlar
|
Respirator kasalliklarni to‘g‘ri davolash, yashash sharoitini yaxshilash, gigiena qoidalariga rioya qilish,
Vaksinatsiya
Individual himoya vositalari
Preparatlarni qabul qilmaslik yoki dozani to‘g‘ri belgalagan holda qabul qilish
|
Eshituvchi ona va kar bola muloqotini o‘rganishda kuzatish metodini qo‘llashga doir Amerika psixologlarining tadqiqotini keltirish mumkin. Ular 13 oy mobaynida turli sharoitda ona va bola o‘zaro munosabatini video registratsiya yordamida kuzatganlar. Registratsiya turli holatlarda va kunlarda olib borilgan. Olimlarni quyidagi ko‘rsatkichlar qiziqtirgan: kimning tashabbusi bo‘yicha muloqotga kirishildi, nutqiy muloqot doirasi va xususiyatlari qay tarzda amalga oshdi (gap turi so‘rov, undov, buyruq, his-hayajon). Olimlar ba’zi sharoitlardagi muloqotda ona tashabbuskor bo‘lganini (kitob o‘qish, kesma alifbo bilan ishlash), bola tashabbuskor bo‘lgan holatlarini ham (o‘yinchoq o‘ynash) kuzatganlar. Turli sharoitlarda muloqot vaqt va sifat jihatdan farq qilgan holatlari namoyon bo‘ldi.8
Psixologik eksperiment ham psixologiyada ahamiyatga molik metodlardan biri bo‘lib, surdopsixologiyada u muhim o‘rin tutadi. Bu metod tekshiruvchining ijodiy yondashuvini ko‘zda tutadi va inson xulqidagi o‘zgarishlarni qayd etadi. Eksperimental tadqiqot bir nechta bosqichlardan tashkil etadi:
maqsadni belgilash, bu tadqiqot gipotezasini ko‘zda tutadi;
rejalashtirish;
tadqiqotni o‘tkazish;
statistik gipotezalarni tekshirishni ko‘zlovchi natijalar tahlili;
xulosa chiqarish eshitishda nuqsoni bor bolalar bilan psixologik tadqiqotlarni o‘tkazishda muhim holatlarni hisobga olish darkor Tadqiqot jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bola berilgan topshiriqni tushunganligini nazorat qilish talab etiladi. 9
Bu jarayonni yengillashtirish uchun imo-ishora nutqidan foydalanish yaxshi samara beradi. Shuningdek, bu metodni qo‘llashda ko‘rgazmali namoyish etish, so‘zlashuv metodlaridan birgalikda foydalanish kar bolani unga berilgan topshiriqni to‘liq tushunishga sabab bo‘ladi. Kar bola birinchi topshiriqni tushunib, bajarib bo‘lgach, ikkinchi topshiriqqa o‘tishi mumkin. Tadqiqotchi tadqiqotni o‘tkazish jarayonida kar bolaning xulqiga ta’sir o‘tkazadi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlashda bu imkoniyatni hisobga olish darkor, ya’ni tekshiriluvchilar guruhini tanlashga katta e’tibor berish zarur. Bolaning ta’lim-tarbiya sharoiti, eshitishni buzilish vaqti va darajasi eshitishni buzilish sababi, unda mavjud nutq shakllari (og‘zaki, yozma, daktil, imo-ishora), o‘zlashtirish darajasi, oila tipi hisobga olinadi. Sog‘lom va eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni qiyosiy o‘rganish uchun yosh tamoyiliga ko‘ra tanlab olinadi, tekshiriluvchilar bir yoshda bo‘lishi kerak. Bu ularning ruhiy rivojlanishini qiyosiy o‘rganishga yordam beradi.
Kar o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini o‘rganishda psixologik eksperimentning barcha turlaridan foydalaniladi. Bu laborator eksperiment va tabiiy eksperiment turlarini o‘ziga jamlaydi. Loborator ekspermentda o‘rganilayotgan xodisa qat’iy nazorat qilinadi. Tabiiy ekspremental kuzatishning ijobiy qirralari va eksperiment qirralari jipslashadi va namoyon bo‘ladi. Xozirgi kunda surdopsixologiyada ta’limiy eksperiment ham eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘rganishda ijobiy samara bermoqda. Bu metod yordamida tekshiriluvchining nafaqat bilimi, malakasi, balki uni shakllanish holati ham o‘rganiladi. Shuningdek, kombinatsiyalangan nuqsonlarni (eshitishning buzilishi, ruhiy rivojlanishi orqada qolgan va aqli zaiflik) o‘rganish va aniqlashda ham samara beradi. Ta’limiy eksperiment maxsus psixologiyada keng qo‘llaniladi. T.V.Rozanova va L.I.Tigranova ushbu metodni qo‘llagan holda eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan sog‘lom bolalarning ruhiy xususiyatlarini tekshirganlar. Yordamchi topshiriqlar vositasida faoliyat natijalari tahlili muhim o‘rin tutadi. Ruhiy rivojlanish bosqichida bolalar faoliyati natijalari tahlili muhim o‘rin tutadi. Surdopsixologiya fani surdopedagogika fani bilan o‘zviy bog‘liqdir. Ma’lumki, surdopedagogika eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim-tarbiyasi masalalari bilan shug‘ullanadi. Lekin eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalashda samarali usullarni tanlash va qo‘llash uchun surdopedagog eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar psixologiyasini bilishi darkor. Chunki eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar nuqsonning mavjudligiga ko‘ra ta’lim-tarbiya jarayonida individual yondashishni talab etadi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini muloqot quroli sifatida shakllantirish va ularga bilim asoslarini berish jarayonida samarali natijalarga erishish uchun surdopsixologiya fanining nazariy asoslarini, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning o‘ziga xos rivojlanish xususiyatlarini chuqur bilish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |