Support zn uz Sayt-satellit bilan ishlash bo'yicha yo'riqnoma Sayt satellit yaratish



Download 5,27 Mb.
Sana11.02.2017
Hajmi5,27 Mb.
#2333
Support.zn.uz
Sayt-satellit bilan ishlash bo'yicha yo'riqnoma

1. Sayt satellit yaratish

Sayt-satellit yaratish uchun ZiyoNET portaliga kirib, u yerdan ID.UZ orqali avtorizatsiyadan o’tishingiz lozim. Agar sizda ID.UZ da akkaunt mavjud bo’lsa, ushbu havola orqali o’z akkauntingizni yaratishingiz mumkin. Avtorizatsiyadan o’tganingizdan so’ng, portalning quyi qismiga tushib “Imkoniyatlar” bo’limidagi “Saytlarni yaratish” havolasiga o’ting. Shundan so’ng, sayt-satellit haqida ma’lumotlari ekranda paydo bo’ladi, saytlar bilan ishlashni boshlashdan avval, sayt-satellitlarni yaratish qonun-qoidalari bilan tanishib chiqishingiz kerak bo’ladi. Qonun-qoidalarga rozilik bildirganingizdan so’ng zaruriy maydonlarni to’ldirishingiz kerak. Ya'ni:

  • Sayt nomi (sarlavhasi)

  • Sayt domeni – inglizcha harflar bilan zn.uz dan oldingi blog nomi (misol uchun: soft.zn.uz). Sayt domeni eng kamida 4 ta beligdan iborat bo'lishi lozim.

  • Sayt tavsifi – blogingiz nima haqida bo’lishini kiriting

Bulardan tashqari, majburiy bo’lmagan “Bo’lim” qatori ham mavjud, u yerda sizning blogingizning tematikasiga to’g’ri keluvchi ro’yhatdagi bo’limlardan birini tanlashingiz mumkin.  Barcha maydonlarni to’g’ri to’ldirilganidan keyin, “Sayt yaratish” tugmasini bosamiz, shundan so’ng, sizning talabnomangiz moderatorga jo'natiladi. Moderator tasdiqlaganidan so’ng, sizning elektron pochtangizga (ID.UZ da ko’rsatilgan) xabar yuboriladi. Quyidagi suratda moderator Marat Baxtiyorovning qanday ishlayotgani ko'rinib turibdi. U maxsus boshqaruv paneli orqali buyurtmalarni to'g'ri to'ldirilganligini tekshirib, talabnomalarni tasdiqlamoqda. Odatda talabnomalar kelib tushgan kunning o'zidayoq ko'rib chiqiladi. Kamdan-kam hollarda keyingi kuni ko'rib chiqiladi.Talabnomangiz moderator tomonidan tasdiqlanganidan so'ng, siz blog egasiga aylanasiz va blogingiz manzili orqali unga kirishingiz mumkin bo'ladi. Blog bilan ishlash uchun boshqaruv paneliga kirish lozim. Boshqaruv paneliga kirishni ikki usul orqali amalga oshirish mumkin. 1. blogingiz.zn.uz/wp-admin/ manzili orqali 2. Blogingizda joylashgan "Log in" yoki "Войти" , ya'ni kirish havolasi orqali.01Panel boshqaruvga kirishni amalga oshirish uchun, ID.UZ dagi loginni kiritish lozim.02 ID.UZ dagi parolingizni tasdiqlaganingizdan so'ng, boshqaruv paneliga kirishingiz mumkin bo'ladi.03

2. Birinchi yozuvni chop etish. Sahifa yaratish.

Birinchi yozuv chop etishning bir qancha usullari mavjud. Ular quyidagi suratlarda ko'rsatilgan.0807Ikkala usulda ham bir oyna ochiladi. U yerga yozuv sarlavhasi va matn kiritiladi.

  • 09Save Draft - qoralamani saqlash

  • Preview - oldindan ko'rish

  • Publish - chop etish

  • Add Media - yozuvga media fayl joylashtirish

  • View post - yozuvni ko'rish

  • Edit - yozuv havolasini tahrirlash

  • Move to Trash - yozuvni o'chirish

Chop etilgan yozuvni ko'rish uchun "View post" tugmasi orqali yoki blogingizning bosh manzili orqali ko'rishingiz mumkin (misol uchun: soft.zn.uz).

Sahifa yaratish

Sahifa yaratishning ham ikki usuli mavjud. Ular quyidagi suratlarda ko'rsatilgan.create-page1create-page2Ikkila usulda ham bir oyna ochiladi. Sahifa yaratish xuddi yozuv yaratish tartibiga o'xshash holatda yaratiladi.create-page3

Yaratilgan sahifani "View page" havolasi orqali yoki sahifaga berilgan URL havola (http://soft.zn.uz/mypage/) orqali ko'rishimiz mumkin.

3. Blog uchun shablon tanlash

O'z blogingiz ko'rinishini o'zgartirmoqchi bo'lsangiz, panel boshqaruvdan "Appearance" > "Themes" bo'limiga o'tib, o'zingizga yoqqan shablonni tanlab uni aktivlashtirishingiz mumkin. Ayni vaqtda sayt-satellitda turli xil ko'rinishdagi 43 ta shablon mavjud.1011-1

 4. Blogning yuqori qismidagi suratni o'zgartirish



Blogning yuqori qismidagi surat ko'proq boshlang'ich shablon Twenty Тen'ga tegishli. Twenty Тen - shabloni ko'plab qulayliklarga ega bo'lgan shablonlardan biri hisoblanadi. Blogning yuqori qismidagi suratni o'zgartirish uchun, panel boshqaruvdan "Appearance" > "Header" bo'limiga o'tish lozim.12add-new-image

  • Hide image - blogning yuqori qismida joylashgan suratni olib tashlash

  • Add new image - yangi surat qo'shish

  • Randomize suggested headers - yuklangan barcha suratlarni avtomatik tarzda o'zgarib turishi.

  • Insert from URL - mavjud bo'lgan URL manzil orqali suratni joylashtirish.

Blogning yuqori qismiga surat joylash uchun, kompyuterimizda mavjud bo'lgan 940 × 198 o'lchamli yoki boshqa o'lchamga ega bo'lgan suratni tanlaymiz. Suratni qanday qilib yuklash quyida ko'rsatilgan.upd_fileMaksimal fayl hajmi 21 MB dan oshmasligi lozim. Ta'kidlash joizki, WordPress platformaning o'zida ham blogning yuqori qismi uchun tayyor suratlar mavjud. Surat yuklanganidan so'ng, "Save & Publish" tugmasi orqali o'zgartirishni saqlaymiz.header1

5. Surat va video joylashtirish

Blogingizga o'z kompyuteringizda yoki internetda mavjud bo'lgan suratlarni joylashingiz mumkin. Buning uchun "Add media" tugmasidan foydalanish kifoya.

add-media

Shundan so'ng, paydo bo'lgan oynadan "Upload Files" bo'limiga o'tamiz va kompyuterimizda mavjud bo'lgan media faylni tanlaymiz.upd_filesBir necha soniyalar ichida fayl yuklanadi. Endi uni yozuvga yoki sahifa joylashtirish uchun "Insert into Post" tugmasidan foydalanamiz.ins_into_p

  • Alignment - suratni qaysi tomonga joylashtirilishini tanlash

  • Link To - suratga qo'yiladigan havola

  • Size - joylanayotgan surat o'lchami

Agarda siz internet mavjud bo'lgan suratni yozuvga joylashtirmoqchi bo'lsangiz, "Insert form URL" bo'limiga o'ting va mavjud suratning URL havolasini kiritib, "Insert into to post" tugmasi orqali yozuvga joylashingiz mumkin.url

Video joylashtirish

Sayt-satellit blogingizga Mover, MyTube, uTube va boshqa videohostinglarda mavjud bo'lgan videoroliklarni joylashingiz mumkin.

"uTube" videohostingdagi videoroliklarni blogga joylash

http://soft.zn.uz/files/2015/03/video.jpgutube

 "MyTube" videohostingidagi videoroliklarni blogga joylash



Birinchi navbatda videorolik havolasidagi ID raqamni aniqlab olamiz. Misol uchun: http://mytube.uz/tracks/385308.htm. Bu yerda ID raqam 385308 bo'ladi. Xuddi shu raqamni paydo bo'lgan maydonga kiritish hamda o'zgartirishni saqlash lozim.mytube

 "Mover" videohostingidagi videoroliklarni blogga joylash



Misol uchun: http://mover.uz/watch/bwFaK5Rjwsa2632/. Bu yerda ID: bwFaK5Rjwsa2632 bo'ladi. Xuddi shu ID ni paydo bo'lgan maydonga kiritamiz va o'zgarishni saqlaymiz.moverMa'lumot o'rnida, o'zgarishni saqlash "Update" yoki "Publish" tugmasi orqali amalga oshiriladi.

  • Update - chop etilgan yozuvga kiritilgan o'zgartirishni saqlash, ya'ni yangilash

  • Publish- hali chop etilmagan (qoralama) yozuvni saytga chop etish

19

 6. Anons va to'liq matn



Odatda blogda maqolalarning anonsi yoki boshlang'ich matni paydo bo'ladi.  Agar "Continue reading →" (davomini o'qish) nomli havolaga o'tadigan bo'lsak,  maqolaning to'liq ko'rinishi, fikr bildirish imkoniyati bilan birgalikda ochiladi. Kichik matnlarni to'liq anons ko'rinishida, davomisiz chop etish ham mumkin. Quyida qanday qilib maqolani anons ko'rinishiga keltirish ko'rsatilgan.tagMatnli (HTML) tahrirlovchiga o'tilgan holatda u yerda "more" tegi paydo bo'ladi.moreEndi ushbu anonsni blogda ko'rish uchun maqolani chop etamiz (Publish) yoki uni yangilaymiz (Update). Natijani esa quyida ko'rishingiz mumkin. 20-1 

7. Maqolani belgilangan vaqtda chop etishni rejalashtirish

WordPress platformasida maqolani keyinroq chop etishni rejalashtirish imkoniyati mavjud. Misol uchun: 27-mart kuni tayyorlangan maqolani 30-mart kuni soat 13:00 da yoki boshqa kuni, boshqa vaqtda saytga avtomatik tarzda chop etish.public

  • Publish immediately - hoziroq chop etish

  • Edit - o'zgartirish, tahrirlash

publishU yerda ko'rsatilgan sanani istalgan sanaga o'zgartirish mumkin. Maqolani chop etilishini rejalashtirish uchun rejadagi sanasini, kunini, vaqtini ko'rsatish lozim. Shundan so'ng, maqola siz belgilagan sanada avtomatik tarzda blogingizga chop etiladi.

8. Ruknlarni hamda bosh menyuni yaratish

Rukn yaratish uchun panel boshqaruv orqali "Posts" > "Categories" bo'limiga o'tishingiz lozim. U yerda mavjud bo'lgan rukn nomini hamda xohishingizga qarab uning URL havoladagi nomlanishini va boshqalarni to'ldirishingiz mumkin.categories

  • Name - ruknning nomlanishi

  • Slug - ruknning URL havoladagi nomlanishi (Misol uchun: soft.zn.uz/category/software/. Bu yerda "Slug" - "software" so'zidir, "Dasturlar" esa ruknning nomlanishi)

  • Parent - bir ruknning ikkinchi ruknga tegishli ekanligini (Misol uchun: "Texnologiyalar" rukni "Maqolalar" rukni tegishli)

  • Description - rukn tasnifi (rukn sahifasiga o'tilganda ruknga yozilgan tavsifni ko'rish mumkin bo'ladi).

  • Add new Category - yangi kategoriyani joylashtirish

Endilikda maqolalarni chop etayotganimizda, maqolaga tegishli bo'lgan ruknni tanlashimiz mumkin bo'ladi.categories2

 Blogning bosh menyusini yaratish



Blogingiz uchun menyuni yaratish uchun panel boshqaruv orqali "Apperance" > "Menus" bo'limiga o'ting. menuMenyuni yaratganimizdan so'ng, "Primary Navigation"ni belgilab, uni saqlab qo'yamiz.menu2menu3 Endi esa yaratgan ruknimizni menyuga joylab, yana bir bor o'zgartirishni saqlaymiz. Shundan so'ng, blogingizdagi bosh menyuda o'zingiz yaratgan ruknni ko'rishingiz mumkin bo'ladi. Tuzilgan menyuga blogdagi sahifalarni, biror bir havolani, ruknlarni yoki biror bir formatlarni (galereya va boshqalar) joylashtirishimiz mumkin.

9.WWW.UZ hisoblagichini o'rnatish

WWW.UZ hisoblagichini blogga o'rnatish uchun, birinchi navbatda blogingiz WWW.UZ katalogiga joylashingiz lozim. Blogingiz WWW.UZ katalogiga joylanganidan so'ng, o'z blogingiz manzilini qidiruv maydoniga kiriting.14Qidiruv natijasidagi blogingizga kiring. Brauzer qatorida paydo bo'lgan ID raqamdan nusxa oling.

15

Keyin esa, "WWW.UZ Counter Plugin" plaginini aktivlashtiring.13Boshqaruv paneli orqali "Appearance" > "Widgets" bo'limiga o'ting. U yerdan "WWW.UZ Counter" vidjetini istalgan vidjetlar qatoriga joylang, WWW.UZ dagi blogingiz ID raqamini kiriting va "Save" tugmasi orqali vidjetni saqlab qo'ying. Hisoblagichni o'zingizga yoqqan ranglar bilan bezashingiz mumkin.16Shundan so'ng, blogingizda hisoblagichni ko'rishingiz mumkin bo'ladi. Agarda siz yuqoridagi yo'rinomadan o'z savolingizga javob topa olmagan bo'lsangiz, o'z savolingizgi sayt-satellit forumiga yo'llang.

Yo'riqnomani tayyorlashda ZiyoNETUZINFOCOM markazining korporativ blogi ma'lumotlaridan foydalanildi.
Download 5,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish