Ma’lumki bugungi kunda aholi soninig jadal oshib borishi orqasidan dunyoning ko’plab mamlakatlariga oziq – ovqat inqirozi havf solmoqda. Shunday sharoitda aholini sifatli, arzon va ekologik toza mahsulotlar bilan ta’minlash davr masalasiga aylanib bormoqda.
Biznes rejani amalga oshirish uchun muhit
Iste’mol savatchasining yoqori nuqtalaridan o’rin egallagan go’sht mahsulotini sun`iy ishlab chiqarish orqali ham yuqoridagi muammoni bartaraf etish qatorida boshqa bir qator ekologik va iqtisodiy yechimlarga ham erishish mumkin.
An`anaviy go’sht yetishtirish va iste`mol qilishning zararli tomonlari
Atmosferaga yuqori miqdorda issiqxona gazlarining chiqarilishi
Tonnalab suv va yem sarflanishi
Yetishtirishda foydalanadigan antibiotik va stimulyartorlar
Uzoq muddatda tayyor bo’lishi
Yuqori darajadagi xolesterin va boshqa zararli yog’lar
Biznes rejani amalga oshirish uchun muhit
Ma`lumotlarga qaraganda atmosferaga chiqarilayotgan issiqxona gazlarining 20% qismi aynan chorva mollari ulushiga to’g’ri keladi.
Shuningdek atiga 1 dona gamburger kotleti go’shti uchun bir inson ikki hafta dush qabul qilishi uchun yetarli miqdorda suv va yana shuncha vaqt sarflanadi
Taqqoslash uchun so’nggi texnologiyalar yordamida 90% ga kamroq suv va bir necha daqiqalar yetarlidir
Mahsulotning tayyorlanishi va tarkibi
Sun'iy go'shtli kotletlar deyarli haqiqiy maydalangan mol go'shtiga o'xshaydi. Sun'iy go'shtning eng mashhur ishlab chiqaruvchisi Beyond Meat o'z mahsulotlarini guruch oqsili, no'xat oqsili izolati, hindiston yong'og'i va kolza yog'laridan ishlab chiqaradi. Hech qanday sun'iy ranglar va aromatizatorlar qo'shilmaydi - masalan, lavlagi sharbati rang uchun javobgardir. Sabzavotli go'sht yuqori kaloriyali, shuningdek foydalidir.
Mahsulotning tayyorlanishi va tarkibi
Kultivatsiyalangan(madaniy) go'sht – laboratoriya sharoitida sigir mushak tolalari asosida yetishtiriladi. Mushak hujayralari muvaffaqiyatli bo'linadigan va o'sadigan maxsus muhitda rivojlantiriladi. Tonna yem, antibiotiklar va zararli qo'shimchalar yo'q - mahsulot foydali va havfsiz. Ushbu usul har qanday go'sht turini, masalan, tovuq go’shtni tayyorlash imkonini beradi - barchasi manba materialiga bog'liq.
Mahsulotning tayyorlanishi va tarkibi
2021-yil yozida Isroilning “Redefine Meat” kompaniyasi 1 soatda 20 kg gacha sun’iy go’sht ishlab chiqarish kuchiga ega 3D printerni ommaga taqdim etdi. Shunchaki kerakli ingredientlar bir joyga solinadi, bir necha daqiqada esa bir martalik iste’molga yetarli go’sht tayyor bo’ladi. Bu esa ushbu uskuna orqali 1 kunda 1600 nafar odamning ehtiyojlari uchun yetarlicha mahsulot ishlab chiqarish mumkinligini anglatadi:
Hozirgi kunda jahon bozorida yuqoridagi kabi texnologiyalarning o’rtacha narxi 9000-22000 AQSH dollari atrofida baholanmoqda;
1 kg sun`iy go’sht uchun sarf qilinadigan xom ashyo xarajatlari o’rtacha 2 AQSH dollari;
1 kg sun`iy go’sht narxi 8-12 AQSH dollari ekanligi hamda 1 kunlik ishlab chiqarish kuchi 480 kg eganligi hisobga olinsa(1 kunda 2880$), soliqlar va boshqa turli harajatlar to’lovisiz, texnologiya o’zini o’zi 9 kun ichida oqlaydi.